Kurs ishi mavzu Grammatika tilning grammatik qurilishi haqidagi
Mavzuning o‘rganilish darajasi. Hozirgi o`zbek tilshunosligida uning barcha sohalari bo`yicha, ayniqsa, grammatika yuzasidan yirik va jiddiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Shunga qaramasdan, bu sohaning barcha muammolari tugal hal etilgan deb bo`lmaydi. O`zbek tili lug`at tarkibidagi boyish manbalari shu vaqtga qadar to`liq o`rganilgan emas. S.I.Ojegovning6e’tirof etishicha, leksika tilning boshqa sathlariga qaraganda murakkab va ko`p qirralidir. Uning vazifasi, bir tomondan, jamiyat nafas olayotgan borliqni barcha murakkabliklari bilan in’ikos etish bo`lsa, ikkinchi tomondan, leksik, semantik, uslubiy-sinonimik so`z yasash va shuning kabi bir qator hodisalarning murakkab lisoniy munosabatlarini ifoda etishdan iboratdir1. Bir tildan boshqa tilga so`z o`zlashishi va o‘sha tilning boyishi tillarning aralashuvi sifatida yuqori baholanadi. Mashhur tilshunos L.V.Shcherba bunday jarayonni tilshunoslikning muhim muammolari sirasiga kiritadi7.
Qozon tilshunoslik maktabining namoyandalaridan biri V.A.Bogoroditskiy o`z tilini o`rganishda boshqa tilning ta’sirini hisobga olish zarurligi va uning ahamiyatini qayd qiladi8.
Tillarning o`zaro ta’siri, bir tildan boshqa tilga grammtik birliklarning o`zlashishi masalalari N.V.Yushmanov tadqiqotlarida ham e’tiborli o`rinda bo`lgan. O`zbek tilidagi o`zlashma neologizmlarning tadqiqiga bag`ishlangan an’anaviy yo`sindagi ishlar mavjud emas. Lekin o`zbek tilidagi o`zlashma neologizmlar sistem tadbirlar asosida o`rganilmagan. Sababi shuki, lug`aviy materialni sistem o`rganish fonetika, morfologiya yoki sintaksis materiallarini sistem o`rganishga qaraganda qiyinroq kechadi4 So`ngi yillarda nazariy grammatikaning bir qator yangi sohalari atroflicha o`rganildi. Chunki grammatika hozirgi kunda kompleks ilmiy va tashkiliy muammolarni hal qilish orqali amalga oshirilishi tabiiy. Bu o`rinda grammatikaning keyingi yillarda tez rivoj topayotgan “O`quv grammatika” - “Unterrichtsbezogene Lexikographie” yo`nalishi yutuqlari diqqatga sazovordir. Bu sohada rus tilshunoslari A.A.Navikov, P.N. Denisov, V.V. Morkovkinlarning ilmiy va amaliy ishlarini alohida takidlash lozim.9