Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 117,48 Kb.
səhifə16/17
tarix02.01.2022
ölçüsü117,48 Kb.
#37970
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Axborotlarni himoyalovchi dasturiy vositalar bilan ishlash

III. Xulosa

Hozirgi kunga kelib maxfiy va qimmatbaho axborotga ruxsatsiz kirishdan himoyalash eng muhim vazifalardan biri sanaladi. Kompyuter egalari va foydalanuvchilarning mulkiy huquqlarini himoyalash — bu ishlab chiqarilayotgan axborotni jiddiy iqtisodiy va boshqa moddiy hamda nomoddiy zararlar keltirishi mumkin bo`lgan turli kirishlar va o`g`irlashlardan himoyalashdir.

Axborot xavfsizligi deb ma'lumotlarni yo`qotish va o`zgartirishga yunaltirilgan tabiiy yoki sun'iy xossali, tasodifiy ta'sirlardan har qanday tashuvchilarda axborotning himoyalanganligiga aytiladi.

Hozirgi kunda kompyuter viruslari g`arazli maqsadlarda ishlatiluvchi turli xil dasturlarni olib kelib tatbiq etishda eng samarali vositalardan biri hisoblanadi. Kompyuter viruslarini dasturli viruslar deb atash to`g`riroq bo`ladi.

Hozirda biometrik tizimlar eng ishonchli himoya vositasi hisoblanadi va turli xil maxfiy ob'ektlarda, muhim tijorat axborotlarini himoyalashda samarali qo`llanilmoqda.

Shu munasabat bilan ushbu kurs ishi ham to`liqligicha axborot xavfsizligiga qaratilgan.

Shunisi quvonarliki, mazkur viruslarning ko‘pgina qismi mualliflari tomonidan tarqatilmagan, viruslar esa biroz vaqtdan so‘ng o‘z-o‘zidan saqlanayotgan disklari bilan nobud bo‘lgan yoki ularning mualliflari ularni hech qachon boshqa joylarga tarqatmaslik haqidagi xabarlari bilan antivirus (virusga qarshi kurashuvchi) kompaniyalariga jo‘natganlar. Virus yaratuvchilarning ikkkinchi guruhini dasturlashtirish san’atini to‘liq o‘zlashtirib ulgurmagan yoshlar (ko‘pincha talabalar) tashkil etadi. Virus yaratishlariga undovchi yagona sabab, bu o‘z xususiyatlaridan ko‘ngli to‘lmaganlik holati bo‘lib, uni kompyuter bezoriligi bilan to‘ldirishga intilishdir. Bunday «ustasi faranglar» qalamiga juda sodda va katta xatolarga yo‘l qo‘yib yaratilgan viruslar («talabalar» viruslari) mansubdir. Internet rivojlanishi va kompyuter viruslarini yaratishga-o‘rgatishga yo‘naltirilgan ko‘plab veb-saytlarning paydo bo‘lishi bilan shunday virus yaratuvchilarining hayoti ancha yengillashdi. Mana shunday veb-resurslarda tizimga kirish metodlari, antivirus dasturlarini ochish uslublari, virusni tarqatish bo‘yicha batafsil tavsiyalarni topish mumkin. Ko‘pincha bu yerda faqatgina biroz «mualliflik» o‘zgartirishlarini kiritish va tavsiya etiladigan usul bilan kompilyatsiya (qurama asar yozish) kerak bo‘ladigan tayyor dastlabki matnlarni topish mumkin.



Yüklə 117,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin