Bozor tuzilmalarini tasniflashda quyidagi tamoyillardan foydalaniladi:
1. Tarmoqdagi firmalar soni (bitta, bir qancha, ko’p). Bu tamoyil nafaqat faoliyat ko’rsatayotgan firmlar soni balki, ular o’rtasidagi bog’liqlik, raqobat munosabati qanday ekanligini ko’rsatib beradi. Agarda tarmoqda firmalar soni ko’p bo’lsa, unda firmalar ishlab chiqarayotgan mahsulot bir-biriga nisbatan ko’p bo’lmaydi, firmalarning xech biri ustunlikni o’z qo’liga ololmaydi va boshqa raqobatchilar uchun xavf solmaydi.
Agarda firmalar bozorga nisbatan yirik va raqobatchilar uchun jiddiy xavf solayotgan bo’lsa, unda ishlab chiqaruvchilar kam hisoblanadi. Eng kami bu monopoliya bo’ladi, ya‘ni bitta firma.