Reja. I. Kirish II. Asosiy qism


Ishlab chiqarilayotgan mahsulot xususiyati (bir turdagi, differensiallashgan, yagona)



Yüklə 136 Kb.
səhifə16/19
tarix28.11.2023
ölçüsü136 Kb.
#169554
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
ISTEMOLCHI TANLOVINI

2. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot xususiyati (bir turdagi, differensiallashgan, yagona).
Mahsulotning sifati uni iste‘molchi qanday qabul qilishiga qarab aniqlanadi. Agarda iste‘molchi qandaydir bir firma savdo belgisiga xohish-istak bildirmay, barcha tovarlarni absolyut o’rinni bosuvchi tovarlar deb, qabul qilsa, bu tovarlar bir turdagi tovarlar bo’ladi. Agarda tovar firma savdo belgisiga, o’ziga xos dizayni, qadoqlash usuli, reklamasi va tayyorlanish sifatiga ega bo’lsa, bu tovar differensiallashgan tovar bo’ladi. Agarda tovarning hech qanday o’rnini bosuvchisi bo’lmasa, u iste‘molchilar ko’z o’ngida yagona, unikal tovar bo’lib gavdalanadi va bu tovar shu nomni oladi.
3. Firmalarning bozordagi narxlarga ta‟sir eta olish darajasi. Bu ko’rsatkich firmaning bozordagi narxlarga nisbatan o’rtacha xarajatlarini oshib ketishi bilan aniqlanadi.
Firmaning olgan natijasi qanchalik yuqori bo’lsa, u shunchalik yuqori darajada bozordagi narxlarga ta‘sir eta oladi, natijada qo’shimcha daromad olishi mumkin.
4. Yangi firmalar uchun bozorga kirib borish imkoniyati va biznesdan chiqib ketish xarajatlari. Bularni ikki guruhga ajratilgan tarmoqdagi to’siqlar orqali aniqlash mumkin.
1) Sun‘iy to’siqlar (institusional). Faoliyat turi bo’yicha cheklangan firmalar uchun patent va lisenziyalar berish.
2) Tabiiy to’siqlar. Ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish uchun kerak bo’ladigan investision xarajatlar, bozordagi mahsulotlarning yuqori
darajada diversifikatsiyalashganligi, iste‘molchilarning mavjud firma savdo belgisiga bo’lgan ishonchi, mahsulotlarni taqsimlash kanallariga bo’lgan yo’llar.
Masalan, O’zbekistondagi aloqa kompaniyalari. Yirik to’rtta aloqa kompaniyasi deyarli yuz foiz aloqani ta‘minlab beradi. Ularga raqobtchi bo’lish uchun juda katta to’siqlar mavjud.
Real bozorlar, odatda, nomukammal raqobat muhitida bo’ladi va ularni oligopoliyaga yoki monopolistik raqobatga kiritish mumkin. Bu vaziyatga qaramasdan, bozor tuzimalalarini tadqiq qilish mukammal raqobat modelini tahlil qilishdan boshlanadi.
Birinchidan, bu model, raqobat sharoitlariga (ya‘ni, firmalar tarmoqqa erkin kirib chiqa oladigan, asosan, bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchilar bozori) yaqin bozolarni tadqiq qilish imkonini beradi.
Ikkinchidan, mukammal raqobat bozori misolida xar bir firma oldida turgan asosiy masala, ya‘ni, o’z daromadini maksimallashtirish uchun qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqarish kerak, firmaning iqtisodiy muvozanat sharoiti qanday degan muammolari hal qilinadi.
Va nihoyat, uchinchidan, mukammal raqobat modeli real tarmoqlar samaradorligini va ularning monopollashuv darajasini baholash imkonini beradi.

Yüklə 136 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin