Kenja- j bo’lim: bilaguzuk (carpus) 9-10 tasuyakchalardan tashkil topgan vauch qator bo’lib joylashgan
kenja bo’lim: qo’l kafti (metakarpus) bir qator 5 ta uzunchoq suyaklardan iborat.
kenja bo’lim :barmoq falangalari(phalanges digitorum);har birida bir nechtadan suyak bor va uzunasiga o’rnashgan .
bo’lim: son suyagi (femur)
bo’lim:bolder 2ta suyakdan – katta boldir suyagi (tibia) va kichik bolder suyagi(fibula) dan iborat.
bo’lim:tovon uchta kenja bo’limdan
– kenja bo’lim tovon oldi (tarsus) 910 ta suyakchadan tashkil topgan va uch qtor bo’libjoylashgan.
– kenja bo’lim oyoq kafti (metatarsus)
5 ta uzun suyakchadan iborat;
3 – kenja bo’lim barmoq falangalari
(phlanges digitorum); har birida bir nechtadan suyak bo’lib,uzunasiga o’rnashgan besh qatordan iborat.
Chanoq kamari juft yonbosh, quymich suyaklaridan va tog‘ay xolicha qolgan qov elementlaridan iborat. Bu uchchala element quymich kosasi atrofida o‘zaro qo‘shiladi.
Muskul sistemasi. Quruqlikka chiqishi munosabati bilan baliqlarning muskul sistemasidan kuchli farq qiladi. Qorin muskullurining bir qismi metamer tuzulishini saqlab qolgan. Og’iz bo’shlig’ining muskullari murakkablashadi.Bu muskullar oziqning og’iz bo’shlig’ida harakatini va o’pka ventilyatsiyasini taminlashda ishtirok etadi. Oyoqlarini xarakatga keltiruvchi kuchli muskullar xosil bo‘ladi. Gavdani xarakatga keltiruvchi muskullarning segmentatsiyasi yo‘qoladi. Tilni xarakatga keltiruvchi muskullar yaxshi rivojlangan.
Nerv sistemasi. Bosh miyasi ancha progressiv belgilari bilan xarakterlanadi.Amfibiyalarning asosan oldingi miya yarim sharlari yaxshi takomil etganligi yarimsharlarga aniq ajralganligi va miyachaning kam rivojlanganligi bilan baliqlar miyasidan farq qiladi. Oldingi miya yarim sharlari yon qorinchalarining tubidan tashqari yon devorlari bilan ustki devorlarida hammiya moddasi bor ya’ni ularda haqiqiy miya gumbazi shakllangan. Oraliq miyaning ustki tomonini miyaning bashqa bo’limlari salgina qoplab turadi.Uning ustki tomonida epifiz joylashgan.O’rta miyasi suyakli baliqlarning o’rta miyasidan biroz kichikroq. Miyachaning yaxshi taraqqiy etmay qolgani gavdaning bir muncha oddiy harakat qilishi bilan bog’liq. Orqa miya biroz yalpoqlashgan bo’lib hamma umurtqalilardagidek yelka va chanoq nerv chigallarini hosil qiladi. Barcha amfibialarning simpatik nerv sistemasi yaxshi taraqqiy etgan hamda ikkita nerv ustunidan iborat. Oldingi miya yarim sharlari ancha katta va bir-biridan to‘liq ajralgan. Miya yarim sharlarining, tagi, yon tomonlari va qopqog‘i miya moddasidan tuzilgan. Bosh miyadan 10 juft bosh miya nervlari chiqadi.
.