Reja: I. Kirish


Amfibiyalarning ichki tuzulishi



Yüklə 53,18 Kb.
səhifə6/14
tarix05.12.2023
ölçüsü53,18 Kb.
#173187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2. Amfibiyalarning tashqi tuzulishi-www.fayllar.org

2.3. Amfibiyalarning ichki tuzulishi. Hazm qilish sistemasi: Amfibiyalar turli umurtqasiz hayvonlar, yosh baliqlar, hatto itbaliqlar, suvda yashovchi qushlarning jo’jalari, suvga tushgan mayda kemiruvchilar bilan oziqlanadi.O’ljasini tutib olish nisbattan bir xil usulda. Oyoqsizlar hidlash va sezish orqali; dumlilar ko’rish va hidlash organlari orqali oziqa topadi.Oziqni ushlash jag’lar yordamida bajariladi. Dumsizlarda o’lja sekinyurib sakrash yoki poylash orqali amalga oshiriladi. Buning uchun o’ljanitiliga yopishtirib oladi yoki jag’lari bilan tutadi. Oziq avval serbar og’iz bo’shlig’iga tushadi va undan qizilo’ngachga o’tadi. Tishlari mayda konus shaklida bo’lib, jag’, oraliq, ustki jag’, tish, dimog’ va bazilarida hatto tanglay suyaklarida joylashadi. Qurbaqalarda tish bo’lmaydi. Og‘iz teshigi serbar og‘iz xalqum bo‘shlig‘igi ochiladi. Og‘iz-xalqum bo‘shlig‘iga xoanalar, xiqildoq yorig‘i, yevstaxiev nayining bir uchi va so‘lak bezlarini chiqarish yo‘llari ochiladi. Og‘iz xalqum bo‘shlig‘ining tagida til joylashadi. Tilning uchi og‘iz to‘riga qarab qayrilgan. Til shilimshiq modda ajratadi va u xasharotlarni ushlash uchun xizmat qiladi. Og‘iz xalqum bo‘shlig‘i torayib qizilo‘ngachga ochiladi. U oshqozonga o‘tadi. Ichak baliqlarning ichagiga nisbatan ancha uzun. Katta jigarning o‘t pufagi oshqozon osti bezining chiqarish yo‘llari ichakning oldingi qismiga ochiladi. Ichakning keyingi qismi to‘g‘ri ichak kloakaga ochiladi. Tanglayning oldingi qismida og’iz halqum bo’shlig’iga juft ichki burun teshiklari - xaonalar ochiladi . Og’iz – halqum bo’shlig’ining tepa qismida so’lak bezlari bor. So’lak bezlarining tarkibida parchalovchi fermentlar yo’q, bu bez og’iz bo’shlig’ini ho’llash va oziqninnyutishni osonlashtiradi. Oshqazon osti bezi oshqazon bilan o’n ikki barmoqli ichak orasida joylashgan, buning chiqarish yo’li o’tyo’llarini o’rab oladi va sekretlari qo’shiladi. Amfibiyalarning sutkalik oziq ratsioni gavda massasining 10 – 40 foizini tashkil qiladi.
Oziqning hazm bo’lishi uchun 8 – 12 soat talab qilinadi. Past temperaturada bular bir yilgacha och yura oladi.

9-rasm Urg‘ochi baqa ichki organlarining joylashuvi:


1- qizilo‘ngachi; 2- oshqozoni; 3- jigari; 4-oshkozon osti bezi; 5-ingichka ichagi;
6- yo‘g‘on ichagi; 7-kloakasi; 8- yuragi: 9- chap yurak bo‘lmasi; 10-o‘ng yurak bulmasi; 11-uyqu yoyi (o‘ng arteriya); 12- aorta ildizi (chap); 13- o‘pka-teri yoyi (o‘ng); 14- orqa kovak venasi; 15-qorin venasi; 16- o‘pkasi; 17- chap buyragi
(ostki uchi); 18-O‘ng tuxumdoni; 19-chap tuxumdon yo‘li; 20-21- siydik pufagi; 22-o‘t pufagi; 23- talog‘i; 24- oldingi kovak vena

Yüklə 53,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin