PEDAGOGIKANING IJTIMOIY FAN SIFATIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI ORNI Erkinova Diyora
1. Tarbiyaviy funktsiya; 2. Ijtimoiy-huquqiy funktsiya; 3. Ijtimoiy-soglomlashtirishfunktsiyasi. Tarbiyaviy funktsiya bolani atrof-muhitga qoshilishi, ijtimoiylashuvi jarayonini, uning talim-tarbiya jarayoniga moslashuvini taqozo qiladi. Ijtimoiy-huquqiy funktsiya davlatning bolalar haqidagamxorlshi, ularni huquqiy muhofazalanishini anglatadi. Ijtimoiy-soglomlashtirish funktsiyasi bu nogiron bolalar, yani jismoniy yoki ruhiy nuqsonga ega bolalar bilan tarbiyaviy va talim ishlarini olib borish bolib, bunda pedagog asosiy ijtimoiy vazifa bajaruvchi hisoblanadi. Yuqorida qayd etilganlardan esa ijtimoiy pedagogikaning amaliy vazifalari yuzaga chiqadi. Bundan ijtimoiy pedagog va xodim oz faoliyatini nimaga mutanosib shakllantirishi, nimaga yonaltirishi lozimligi aniqlanadi. Ozbekistonda ijtimoiy pedagogikani tiklash va uni yangi bosqichga kotarish uchun xorijiy mamlakatlar tajribasini organish, shu sohadagi ilmiy bilimlar va milliy tadbirlarni rivojlantirish, bu jarayon davomida yuzaga keladigan muammo va qiyinchiliklarni tahlil qilish ham katta rol oynaydi. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarning rivojlanish tarixi juda yaqin. Eng avvalo, ularni odamlarga alohida gamxorlik va etibor talab etadigan madaniy-tarixiy anana birlashtirib turadi. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarda «rahm-shavqat», «xayriya», «yordam» kabi tushunchalar juda kop ishlatiladi. Ammo ularning aniq ifodalangan oziga xos jihatlari ham bor, mamlakatimizning dastlabki rivojlanish bosqichida ular rasman tan olingan institut sifatida namoyon boldi, masalan, ijtimoiy ishlar aholini ijtimoiy himoyalash sohas ida rivoj topdi, ijtimoiy pedagogika esa, yuqorida takidlanganidek, talim tizimida va yoshlar ishlari boyicha qomita muassasalarida rivojlandi.
Jamiyat tarbiyasi bu ijtimoiy tarbiya deganidir. Ijtimoiy tarbiya muammolari bilan esa ijtimoiy pedagogika shugullanadi. Ijtimoiy pedagogika bu pedagogik fanlarning muhim yonalishlaridan biri, uning tadqiqot obekti shaxs bolib, u aniq manzilga ega. Yani ijtimoiy pedagogikaning obekti jamiyatdagi barcha shaxslar emas, balki ijtimoiy hayotda adashgan, odob-axloq, meyorlaridan ogishgan, ijtimoiy pedagogik yordamga muhtoj shaxslar, shuningdek, jamiyat azolarining ongini tarbiyalashdan iborat. Ijtimoiy pedagogikaning predmeti bolaning ijtimoiylashuvi jarayonidir. Ijtimoiy pedagogika bu shaxslarning ijtimoiylashuvi hamda ularga ijtimoiy talim va ijtimoiy tarbiya berish qonuniyatlarini organuvchi pedagogika fanining tarmogidir. Shaxsning ijtimoiylashuvi bu malum jamiyatga mos bilimlar, qadriyatlar, meyorlar, xatti-harakatlar tizimidan iborat ijtimoiy hayotga kirib borish jarayonidir. Ijtimoiy pedagogikaning jamiyat taraqqiyotida tutgan orni va roli, jamiyatda ijtimoiylashuv jarayonining globallashuvi Shaxs ijtimoiy munosabatlar iarayonida shakllanadi. Chunki ta'lim jarayonida bolalarga jamiyatda birga yashash bilan bog'liq bo'lgan holat va hodisalar o'rgatiladi. Bu jarayonda o'quvchi jamiyatga «kirishadi» va u bilan o'zaro munosabatda bo'ladi. Ular ma'lum ijtimoiy tajriba (bilim, qadriyat, axloqiy qoida, ko'rsatma) orttiradilar, ya'ni, ijtimoiylashadilar.munosabatlar iarayonida Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jarayon. Chunki har qanday jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallar, axloqiy me'yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o'rganib mazkur jamiyatda yashash, uning a'zosi bo'lish imkoniyatiga ega bo'ladi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq ta'sir etadi. Bu ta'sir ta'lim vositasida amalga oshadi. Ikkinchi tomondan, shaxsning shakllanishiga turli g'oyalar, ijtimoiy muhit ta'sir ko'rsatadi. Odamlar ijtimoiy me'yorlar va axloqiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar va uni o'rganadilar. Ijtimoiylashuv jarayoni ichki qarama-qarshiliklarga ega. Ijtimoiylashgan inson jamiyat talablariga mos kelishi, unga «kirishib» ketishi, jamiyat rivojlanishidagi salbiy jihatlarga, shaxsning individual rivojlanishiga to'sqinlik qiluvchi hayotiy holatlarga qarshi turishi kerak. Lekin hayotda ba'zan aksi ham bo'ladi: to'liq ijtimoiylashgan, jamiyatga kirishib ketadigan, ammo muhitda ba'zi salbiy holatlarga qarshi kurashishda faollik ko'rsatmaydigan odamlar ham mavjud. Bu holat ko'p jihatdan butun jamiyat, tarbiya muassasalari, o'qituvchilar hamda ota-onalarga ham taalluqli. Tarbiyada qarama-qarshilik insonparvarlik g'oyasi yordamidagina bartaraf etilishi mumkin. Zero, O'zbekiston Respublikasining DTS va oquv meyoriy hujjatlarida ham ta'kidlab o'tilganidek, uzluksiz ta'limni tashkil etish, rivojlantirish hamda ta'limning ijtimoiylashuviga erishish dolzarb masaladir. Ta'lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni shakllantirish, ularda yuksak ma'naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish kabilar muhim ijtimoiy talablar hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogikaning muammolaridan yana biri bu ijtimoiylashuv va mazkur jarayonning globallashuvi hisoblanadi. Mazkur holatni tushuntirish uchun dastlab globallashuv hamda ijtimoiylashuv tushunchalarining mazmun-mohiyatini bilishimiz lozim. Globallashuv (globalizatsiya) - lotincha globe sozidan olingan bolib, aynan uni yerning dumaloqlashuvi, kurralashuvi deb tarjima qilish mumkin. Yer sharining, Yer kurrasining fan-texnika yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi xuddi bir butun sharga, kurraga aylanishini tushuntirish uchun ishlatiladi. Globallashuv tushunchasi lugaviy ma'nosi nuqtai nazaridan fransuz tilida umumiylashuv, lotin tilida esa globus - Yer shari ma'nolarini bildiradi. Demak, globalizm tushunchasi ana shu ikki ma'noda ham bevosita insoniyat hayoti va taqdiri bilan bogliq bolgan katta muammolarni, sayyoraviy, - dunyoviy muammolarni, global taraqqiyot istiqbollarini oziga qamrab oladi. Globallashuv atamasi birinchi bor 1960 yil Giddins tomonidan foydalanilgan. Bu atama XX asrning 90-yillarigicha deyarli foydalanilmagan yilga kelib amerikalik sotsiolog R. Robertson «globallashuv» atamasiga tushuncha bergan. Globalizatsiya atamasi birinchi bolib iqtisodchi olimlar tomonidan 1981 yildan beri qollanilib kelingan. Ammo bu sozning toliq manosi, konsepsiyasi 1990 yilning yarmida amerikalik olim CHarlz Taz Rassel tomonidan toliq ochib berilgan. Globallashuv atamasi dastlab amerikalik olim T.Levitt tomonidan 1983 yili «Garvard biznes rev`yu» jurnalida chop qilgan maqolasida qo`llangan. T.Levitt yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonlarini globallashuv deb atagan. Mazkur ta`rifda globallashuv jarayonining iqtisodiy tamonlariga e`tibor berilgan. O`z davrida frantsuz faylasufi Rene Dekart - tushunchalar ma`nosini aniqlashtiring va bu insoniyatning yarmini adashishdan saqlaydi - deb yozgan edi. Ayni shu ma`noda dastlab biz globallashuv tushunchasining istilohiy ma`nosini izohlashga harakat qilamiz. Bu sozga quyidagicha tarif berish mumkin: Globallashuv – Jahon xojaligi rivojlanishining obektiv jarayoni bolib, juda kop ijobiy xususiyatlarga egadir: bular asosan turli mamlakatlar xojaligining ozaro aloqasi, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, ilm – fan texnika texnologiya yutuqlari almashuvini tezlashishni hamda davlatlarni ilmiy texnikaviy taraqqiyotiga komaklashuv bilan tasdiqlanadi. Globallashuv butunjahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiya (bir biriga yaqinlashuv) jarayonidir. Asosiy xususiyatlari xalqaro mehnat taqsimoti, kapital, ishchi kuchi va ishlab chiqarish resurlarining erkin harakati, qonunchilik, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlarning madaniyatining qoshilish va yaqinlashuvidir. Bu obektiv jarayon bolib jamiyatning barcha sohalarini qamrab oluvchi tizimli xususiyatga ega.standartlashtirish Globallashuv - turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma'naviyati, odamlari ortasidagi ozaro ta'sir va bog`liqlikning kuchayishidir. Globallashuvga bеrilgan ta'riflar juda kop. Frantsuz tadqiqotchisi B.Bandi ta'rifida globallashuv jarayonining 3 olchovli ekaniga urg`u bеriladi: