Reja ilm sari yo`l Taqriz matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari



Yüklə 31,65 Kb.
səhifə2/3
tarix25.04.2023
ölçüsü31,65 Kb.
#102494
1   2   3
Ilm sari yo\'l

Gramatik mavzu: Taqriz matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari.
Taqriz (arab. — ijobiy baho) — adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiyommabop asar taxlili. T.da asarning bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda koʻtarilgan muammolar, asarning gʻoyaviybadiiy xususiyatlari, muallif ijotsida,
adabiyotda tutgan oʻrni xaqida maʼlumot boʻladi; asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. T. asosan keng kitobxonlar ommasi uchun moʻljallanadi, ularni yangi asarlardan ogoh qiladi, zarurini tanlab olishga koʻmaklashadi. Ichki T. ham boʻladi. Masalan nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiyommabop asar ichki T.ga beriladi, birok, bu T. matbuotda eʼlon qilinmaydi.
Rus tanqidchiligi tarixida T.ning rivojida V.G. Belinskiyning roli katta. U T.ni haqiqiy sanʼat darajasiga koʻtardi. T. badiiy asar haqida shunchaki maʼlumot beruvchi janr darajasidan adabiy hayotning muhim masalalarini koʻtaruvchi, kitobxonni hayot va adabiyot haqida oʻylashga oʻrgatuvchi, uning estetik didini tarbiyalashga yordam beruvchi janrga aylanadi. T. xarakteriga koʻra xilmaxil boʻladi. Mac, kengaytirilgan annotatsiya tipidagi T.da asar haqida bibliografik maʼlumot beriladi. Tanqidiy yoki publitsistik maketa T. larida konkret asar munosabati bilan biron muhim masala haqida fikr yuritiladi. Esse (adabiy oʻylar) xarakteridagi T.da taqrizchi oʻz fikrtuygʻularini, asarni oʻqish jarayonida hosil boʻlgan taassurotlarini lirik tarzda ifodalaydi. Nihoyat, muallif oʻz asariga ham T. yozishi mumkin (avtotaqriz). Bunda muallifning asarga qarashlari bayon qilinadi yoki u biron munosabat bilan munozaraga kirishadi.
Oʻzbek adabiyotida T. 20-a. boshlarida vaqtli matbuot bilan teng rivojlana boshlagan. Endilikda T. oʻzbek adabiy tanqidchiligining eng muhim janrlaridan boʻlib qoldi. Oybek, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, Gʻafur Gʻulom kabi yozuvchilar, O.Hoshimov, S.Husayn, Olim Sharafiddinov, V.Zohidov, I.Sultonov, H.Yoqubov, M. Qoʻshjonov, Ozod Sharafiddinov, U.Normatov, N. Xudoyberganov, I.Haqqulov va boshqa olimlar oʻzbek adabiy hayotida chuqur iz qoldirgan T.lar yaratdilar.
Adabiy jarayonda paydo bo‘lgan yangi asarni birinchi bo‘lib baholaydigan hozirjavob taqriz janrida ilmiy-estetik tahlil ixcham, siqiq shaklda, ommaga tushunarli tarzda o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun taqriz birgina asar tahlili orqali adabiy jarayondagi yangi tamoyillarni baholay oladigan xususiyatga ega. Taqriz muayyan asarning tahlili orqali ijodkorning hayot haqiqatini to‘g‘ri yorita olganligi, kitobxonga badiiy asarning qanday bo‘lishi haqida tasavvur bera oladi.
Bugungi adabiy jarayonda ham taqrizchilik ma’lum darajada rivojlanib bormoqda. Ammo u qay darajada taraqqiy etmoqda, bu sohada qanday yutuq va nuqsonlarga yo‘l qo‘yilmoqda degan savollar tug‘ilishi, tabiiy. Shu jihatdan, 2006–2009 yillar oralig‘ida “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida bosilgan ayrim taqrizlarni ko‘zdan kechirdik. Mustaqillikning dastlabki davrlarida taqrizlar ko‘pincha “Kitobingizni o‘qidim”, “Doimiy hamroh”, “Nigoh”, “Va’da” ruknlari, ba’zan esa to‘g‘ridan to‘g‘ri “Taqriz” rukni ostida bosilar edi. Keyingi yillarni kuzatganda, “Nigoh” va “Va’da” ruknlari kam ko‘rinadi. “Doimiy hamroh” ruknida esa taqrizdan ko‘ra, yangi kitob haqida ma’lumotnomalar berilmoqda.
“Kitobingizni o‘qidim” ruknida bosilayotgan taqrizlar rang-barangligi bilan e’tiborni tortadi. “Tuyg‘ular musavviri” deb nomlangan taqriz (2008, №41) shoir Tursun Alining “Oy yaprog‘i” to‘plamiga bag‘ishlangan. U o‘quvchi diqqatini tortadigan so‘zlar bilan boshlanadi: “Sokin kuz oqshomida oyning ko‘kdan ming bir hayoda anhorga inganini va suv betida iymanibgina yuzaganini
ko‘rganmisiz?”. Taqrizchi Sh. Subhon modern she’rlari bilan o‘zbek she’riyatida o‘z o‘rniga ega shoirning she’rlaridagi o‘ziga xoslikni ochib bera olgan, tahlillardan o‘quvchi qoniqadi. Shu bilan birga, to‘plamning kamchiliklari ham ko‘rsatilgan. Ijodkor keyingi
she’rlarida bu nuqsonlarni takrorlamaslikka harakat qiladi, deb o‘ylaymiz. Haqiqatan ham samimiy dil izhorlaridan iborat taqriz o‘quvchini “dilkashu dardkash shoir bilan suhbat”ga chorlay oladi. Uni o‘qigan o‘quvchi shoir she’rlariga xolislik bilan berilgan bahodan shunday xulosa chiqaradi.
A. Ko‘chimovning “Ko‘zlarimning qarog‘idasan” she’riy to‘plamiga adabiyotshunos Q. Qahramonov taqriz yozgan (2006, №49).”Sermavj tuyg‘ular” deb atalgan taqrizda shoir she’rlaridan eng saralari tahlilga tortilgan. Shuning uchun shoirning bu to‘plami o‘quvchida qiziqish uyg‘ota oladi, ammo to‘plamning kamchiliklari haqida fikr yuritilmagan.
Taqrizning vazifasi, u yoki bu janrdagi badiiy asarning tahlili orqali uning adabiy jarayon va yozuvchi ijodidagi o‘rnini aniqlash, yutuq va kamchiligini ko‘rsatish, fikrini isbotlash va baholashdan iborat. Yangi asarni birinchi bo‘lib baholaydigan taqrizda ilmiy-estetik tahlil ixcham, siqiq shaklda, ommaga tushunarli tarzda o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun taqriz ayrim tanqidchilar aytayotganidek, faqat “kutib oluvchi janr” emas. Balki u bir asar tahlili orqali adabiy jarayondagi yangi tamoyillarni ko‘rsatadigan, uning yozuvchi ijodida tutgan o‘rnini tezlik bilan baholay oladigan estetik xususiyatga ega. S. Sayyidning “So‘z yo‘li” ikki jildli saylanmasiga shoir Mahmud Toirning (2009, №14) “Yog‘du ichra gullagan so‘z” deb nomlangan taqrizida buni ko‘rish mumkin. Taqrizchi, eng avvalo, she’rdan olgan taassurotlarini ifodali tarzda bayon etadi. Taqriz sarlavhani izohlash bilan boshlanadi: “Yog‘du ichra gullagan so‘z – she’r bo‘ladi. Bunday she’rning mazasi dardingga malham bo‘ladi… She’rdagi otash – so‘zdagi otash. Ochiq ko‘z bilan otashga o‘zini otgan odam – shoir bo‘ladi”. She’rdan ta’sirlangan bunday qalb izhorlarini o‘qigan kitobxon beixtiyor shoir she’rlariga qiziqib qolganini sezadi.
Taqrizda “Saylanma”ning mundarijasi haqida so‘z yuritilmaydi, balki S. Sayyid she’rlari o‘ziga xos sharhlanadi, tahlil etiladi, shu orqali baholanadi. Shoir uslubining o‘ziga xos tomonlari ochiladi. Masalan: “Sirojiddin siylagan so‘zlarning bittasi – ayvon…”. (Keyin ayvon so‘zi izohlanadi – Sh. A.) “Uyingizning ayvoni – umringizning ayvoni… Shoir bejizga “Onam ayvonidan keldingmi, bahor?” deya entikmaydi. Yoki ota uyining devorlarini
Yüklə 31,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin