Reja: Inklyuziv ta’lim haqida tushuncha. Inklyuziv ta’limning maqsad va vazifalari. Tayanch tushunchalar


Inklyuziv ta’limning maqsad va vazifalari



Yüklə 29,98 Kb.
səhifə2/3
tarix09.06.2023
ölçüsü29,98 Kb.
#127378
1   2   3
1-ma\'ruza (1)

Inklyuziv ta’limning maqsad va vazifalari.
Imkoniyati cheklangan bolalarning rivojlanishning ilk davrlaridanoq jamiyatga bosqichma-bosqich integrasiyalashuviga erishish uchun o‘ziga xos xususiyatlariga mos holda o‘qitish va tarbiyalash inklyuziv ta’limning asosiy mohiyati va mazmunini tashkil etadi.
Inklyuziv ta’lim – ta’lim tashkilotlari uchun barcha bolalarga ta’lim berish imkoniyatidir. Ushbu sharoitda alohida ehtiyojli bolalarni integrasiyalash va reabilitasiya qilish, har bir bolaning rivojlanish darajasini hisobga olgan holda ularga mos samarali inklyuziv ta’lim turini tanlash lozim. Inklyuziv ta’lim bolalarning turli ehtiyojlarini va qobiliyatlari, jumladan, ularni o‘rganish usullari va bosqichlaridagi farqlarni aniqlaydi va ularning ehtiyojlarini qondiradi. Bu individullashgan o‘qitish metodi va muvofiqlashtirilgan o‘quv reja asosida amalga oshiriladi. Inklyuziv ta’lim tayanadigan bir nechta muhim g‘oyalar mavjud bo‘lib, ular inklyuziv ta’limning sakkiz tamoyili hisoblanadi. Mazkur tamoyillar inklyuziv o‘quv jarayonini tashkil etishda ma’lum shart-sharoitlarga amal qilish zaruriyati bilan izohlanadi. Bular quyidagilar:

  • insonning qadr-qimmati, uning qobiliyati va yutug‘iga bog‘liq emas.

  • har bir inson o‘ylash va his qilish qobiliyatiga ega.

  • har bir kishi muloqot qilish va boshqalar tomonidan eshitilish huquqiga ega.

  • hamma insonlar bir-birlariga muhtojlar.

  • shaxsning to‘liq va haqiqiy ta’lim olishi faqat real hamkorlikda amalga oshadi.

  • hamma insonlar o‘z tengdoshlarining qo‘llab-quvvatlashi va do‘stona munosabatiga muhtoj.

  • barcha ta’lim oluvchilar uchun yutuq bu ularning nimanidir qila olishidadir.

  • xilma-xillik hayotning barcha tomonlarini kuchaytiradi.

Inklyuziv ta’limning maqsadi – har bir bolaga teng huquqlilik asosida bilim olish imkoniyatini yaratishdir.
Inklyuziv ta’lim orqali quyidagi vazifalar hal etiladi:
- alohida ehtiyojli bolalar ta’lim olishlari uchun zaruriy psixologik, pedagogik, korreksion sharoitlarni yaratish, ularning imkoniyatlariga mos ta’lim dasturlari va korreksion ishlarni amalga oshirish orqali ruhiy rivojlanishi, ijtimoiy moslashishlarini amalga oshirish;
- bolalarning ta’limdagi tenglik huquqini kafolatlash;
- jamiyat va oilaning faol ishtirokida bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etish, do‘stona munosabatlarni shakllantira olish, bolalarning ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy hayotga erta moslashtirish;
- alohida ehtiyojli bolalarni oilalardan ajratmagan holda ta’lim olish huquqini ro‘yobga chiqarish;
- jamiyatda alohida ehtiyojli bolalarga nisbatan do‘stona va mehr-muhabbatli munosabatni shakllantirish.
Inklyuziya - bu bolalar, ota-onalar va ta’lim tizimidagi mutaxassislarni o‘zaro hamkorlikka kiritishdir.
Alohida ehtiyojli bolalar inklyuziv ta’limining samarali tashkil etilishi natijasida:
• imkoniyati cheklangan farzandlari mavjud bo‘lgan oilalarning ma’naviy muammolariga barham beriladi va ajratish iskanjasidan qutulishga imkon yaratiladi;
• imkoniyati cheklangan bolalarning tengdoshlari, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari va jamoatchilik orasida kamsitilishining oldi olinadi, bolalar o‘rtasida tenghuquqlilik ta’minlanadi, do‘stona munosabatlar shakllanadi;
• maxsus ehtiyojli bolaning o‘z oilasi va jamiyat davrasida bo‘lishdek ulkan imkoniyat yaratiladi;
• jamiyatning yanada inklyuzivlashuviga olib keladi;
• barcha uchun ta’lim sifati yanada yaxshilanadi;
• imkoniyati cheklangan bolalar sog‘lom tengdoshlari orasida tabiiy sharoitlarda yashash va mehnat qilishga moslashadilar;
• imkoniyati cheklangan bolalarning ijtimoiy jamiyatga erta va samarali moslashishlari ta’minlanadi, ya’ni jamiyatda boshqalar ko‘magiga qaramlar soni kamayadi.
Alohida yordamga muhtoj bolalar inklyuziv ta’limi asosan alohida ehtiyojli bolalarning yashash joyiga yaqin bo‘lgan tashkilotlarda tashkil etiladi. Bunday tashkilotlar barcha bolalarning turli jismoniy ehtiyojlari, yakka xususiyatlari, ularning qobiliyatlari, o‘qitish usullari va ta’lim bosqichlaridagi farqlarni aniqlaydi hamda ularning imkoniyatlari, o‘zlashtirish darajalarini inobatga olgan holda, tabaqalashtirilgan ta’lim-tarbiya tizimini tashkil etadi.


Yüklə 29,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin