Korxonalar faoliyatiga investitsiyalarni jalb etish ko‘lamini va samaradorligini oshirish yo‘llari.
3. Innovatsiya faoliyati tadbirkorlik taraqqiyotini yuksaltirish omili sifatida Jahon sivilizatsiyasi tarixi tasdiqlashicha, iqtisodiyotni rivojlantirishning bosh kuchi bo’lib tadbirkorlik xizmat qiladi. Tadbirkor har qanday imkoniyatni boy bermasdan, o’z manfaatida o’zi uchun iloji boricha maksimal yutuq maqsadida, hech qanday talofatlardan qo’rqmay tashabbusni qo’lga oluvchi, kuchli va harakatchan insondir. A. Smitni ko’zga ko’rinmas qo’l qoidasiga binoan, tadbirkor har qanday imkoniyatni nafaqat o’zi uchun balki jamiyat kelajagi uchun ishlatuvchidir. Tadbirkor bo’lish, demak, yangi ishni amalga oshirish qarorini qabul qilishdir.
Tadbirkorlik, iste’molchilarni turli tovar va xizmatlar bilan ta’minlash yo’li bilan, daromadni oshirishga qaratilgan turli faoliyatdir. Tadbirkorlik faoliyati doimiy ravishda o’z mulkiy mas’ulligidan, o’z qo’rquv va tavakkalligidan kelib chiqib yuritiladigan faoliyat hisoblanadi. Haqiqiy tadbirkor faqat o’z g’oyasiga ega bo’lgan insonlardir, olimlarni fikriga ko’ra, dunyodagi insonlarni faqat 15-20 foizigina tadbirkordek fikr yuritish va harakat qilish qobiliyatiga egadirlar. Amerikaliklar tadbirkorlarning millatini “oltin foyda” deb atashadi. Nobel’ mukofoti laureati, taniqli iqtisodchi Fridrix Fan Xayekni fikricha, tadbirkorlikning mohiyati yangi iqtisodiy imkoniyatlarni izlashdir, uni axtarib topishdadir.
Tadbirkorlik oddiygina faoliyat emas, u yaratuvchanlikka mos va xos faoliyatdir. Tadbirkorlikni yuritish va yuksaltirish uchun tadbirkor ijodiy xislatga ega bo’lishi kerak. Tadbirkor o’z ishini boshlar ekan, uni u aniq bir jarayon sifatida tasavvur qila olishi va bilishi zarur.
Tadbirkorlikka xos bo’lgan xislatlar bular: tashabbuskorlik; yaratuvchanlik; ijodkorlik; yangilikka intiluvchanlik; o’zining g’oyasiga ega bo’lmoqlik; tavakkalchilik va qaltislikni o’z bo’yniga olmoqlik; novatorlik, eskini buzib, ijodiy ravishda yangilikni kiritmoqlik, ya’ni doimiy rivojlanmoqlik; faoliyat oqibatlarini ko’ra bilmoqlik; o’z majburiyatlarini bajarmoqlik; o’z qaroridan qaytmaslik; uddaburonlik va doimiy intiluvchanlik, yaratuvchanlik.
Qayd etilgan xislatlarga ega bo’lganlargina tadbirkorlikni aniq jarayon sifatida tasavvur qila oladilar, buzish qobiliyatiga ega bo’la oladilar, yangilikni yaratish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Tadbirkorlik taraqqiyoti novatorlikdadir, ya’ni eskini ijodiy yondashuv asosida buzib, yangisini ijod etishdadir. Taniqli nemis iqtisodchisi D.A.Shumpeterni fikriga ko’ra, texnologiya taraqqiyoti iqtisodiy yuksalishni boshqaradi, novatorlik ya’ni doimiy ijodiy yondashuv va yaratuvchanlik rivojlanishni ta’minlaydi. D.A.Shumpeterni fikriga ko’ra, inovatorlikni amalga oshiruvchisi bo’lib tadbirkor xizmat qiladi, moliyaviy mablag’lar esa uni ta’minotini tashkil etadi. Demak, tadbirkorlik o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra ijodkorlik, yaratuvchanlik, yangilikni tadbiq etmoqlik, tashabbuskorlik negizida tadbirkorlik, uddaburonlik, intiluvchanlik va doimiy rivojlanmoqlikni anglatadi. Ushbu jihatdan tadbirkorlik faoliyati innovatsiya faoliyatidan boshqa narsa emasdir. Haqiqiy tadbirkorlik negizida novatorlik, yangilikni kiritish, hayotga tadbiq etish yo’li bilan rivojlanishni ta’minlash yotadi. Tadbirkorlik taraqqiyoti intiluvchanlikda, novatorlikda, yangiliklarni tadbiq etmoqlikda, tavakkal qilmoqlikda, qaltislika qo’l urmoqlikda va o’z qarorlaridan qaytmaslikda hamda ma’suliyatni seza bilmoqlikdadir. Bularni jami innovatsiya faoliyatiga ham xos bo’lgan belgilar bo’lib, tadbirkorlik taraqqiyotini yuksaltirish omili sifatida xizmat qiladi.
Tadbirkorlikni innovatsion faoliyatsiz his qilib bo’lmaydi, ushbu jihatdan tadbirkorlik faoliyati oddiy biznesdan farq qiladi. Tadbirkorlik taraqqiyoti novatorlikdan, erkin bozor talablarini bilmoqlikda, ularni istiqbolini his etmoqlikda, ularga mos tovar va xizmatlarni etkazmoqlikda va shu yo’l bilan o’z maqsadlariga erishmoqlikdadir. Faqat innovatsiyalarga tayangan holda tadbirkorlikni yuritish tadbirkorlik faoliyati maqsadiga xos bo’lgan yutuqlarni va yuqori daromadni ta’minlaydi. Bunda tadbirkorlik faoliyati erkin raqobat muhitida sinmaydi, u faol rivojlanadi, taraqqiyotga erishadi, yuksaladi.
Innovatsion tadbirkorlik uch asosiy turga bo’linadi:
Mahsulot innovatsiyasi - korxona mahsulotini sotish darajasi imkoniyatini yangilash jarayonini namoyon etadi.
Texnologiya innovatsiyasi - ishlab chiqarish imkoniyati (potentsial) yangilash jarayonidir
Ijtimoiy innovatsiyalar korxonaning gumanitar doirasini reja asosida yaxshilash jarayonini namoyon etadi.
O’zbekiston iqtisodiyotida faqat innovatsion tadbirkorlik raqobatga bardosh bera oladi, rivojlana oladi, taraqqiyotga erisha oladi, chunki uni innovatsiyalar yuksaltira oladi. Novatorlik asosida innovatsiya faoliyatiga tayanib tadbirkorlikni tashkil etish, oddiy biznesni yuritishdan farqli ravishda rivojlanishni ta’minlaydi. Doimiy izlanishga, yangilikni kiritishga, raqobatbardoshlikni yo’lga qo’yishga, muntazam modernizatsiyalarni ta’minlashga, fan va texnika yutuqlari natijalarini joriy etib borishga qaratilgan tadbirkorlik albatta o’z taraqqiyotiga erishadi va yuksalib boradi, chunki u bunda bozor talablarini qondira oladi, natijalarga erisha oladi.