O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI “MA’MUN UNIVERSITETI” NTM “Iqtisodiyot va gumanitar fanlar” fakulteti “Iqtisodiyot” kafedrasi “Iqtisodiyot” fanidan 3-kurs 21-5-IQT guruh talabasi Azimboyeva Sevinchoy “O'zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati” mavzusidagi KURS ISHI
Ilmiy rahbar:___________________________
Xiva–2023 yil
MUNDARIJA Kirish…………………………………………………………………3 1. Innovatsiya tushunchasi va ularga qaratilgan investitsiyalar…….4 2. Yuqori riskli (venchurli) investitsiyalarni moliyalashtirish….……11 3.Innovatsiya faoliyati tadbirkorlik taraqqiyotini yuksaltirish omili sifatida…………………………………………….……………………………15 4. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning innovatsiya faoliyati zaruriyati va ularda innovatsiya strategiyasini shakllantirish……………………………..18 5. Innovatsion iqtisodiyotda menejment strategiyalari. Innovatsion marketing faoliyatini takomillashtirish………………………………………20 Xulosa……………………………………………………………………28 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………29
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Innovatsion faoliyat qaysi sohada bo’lmasin, kashfiyotlar, e’lon qilingan yangiliklar, texnika va texnologiya yutuqlari va texnologik jarayonlarni yangilash, mahsulot bilan ta’minlash va boshqa yo’nalishlardagi barcha yangiliklarni tizimli ravishda uzluksiz joriy etib borishni ta’minlash jarayonidir. Innovatsiyalarni davlat tomonidan qo`llab quvvatlash va moliyalashtirish tartibini ishlab chiqish zarurati kurs ishining dolzarbligin belgilaydi. Jahon gloaballashuvi jarayonida kuchli raqobat har sohada yangilikka undaydi. Fandagi texnika-texnologiya sohalaridagi eng so’nggi yutuqlar, kashfiyotlar, yangiliklar, ratsionalizatorlik takliflarni ishlab chiqish va xizmat ko’rsatish sohalariga shiddat bilan kiritilib boriladi va marketing, boshqaruv, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish sohalarida yangi yondashuv, yangi texnologiya, texnikalarni qo’llashni talab qiladi va texnologiyalarni yangi avlodini qo’llash asosida mablag’ kiritilishi investitsiyadan dalolat beradi. Yangilik kiritilishi asosida mavjud texnika va texnologiyalarni almashtirilishi ham investtsiyani anglatishi mumkin. Fan va texnika taraqqiyoti natijalari asosida yangi texnika, texnologiyalarni qo’lga kiritilishi ham investitsiya ma’nosida ishlanadi. Investitsiyani aniqlovchi omil bo’lib yangilik yaratilishi, ratsionalizatorlik takliflar yirik tashkilotlar va shunga tegishli ilgari e’lon qilinmagan yirik ishlanmalar xizmat qiladi.