Ma’mun universiteti” ntm “Iqtisodiyot va gumanitar fanlar” fakulteti “Iqtisodiyot” kafedrasi


Innovatsion iqtisodiyotda menejment strategiyalari. Innovatsion marketing faoliyatini takomillashtirish



Yüklə 134,6 Kb.
səhifə6/7
tarix07.01.2024
ölçüsü134,6 Kb.
#209959
1   2   3   4   5   6   7
Atabayev Maxmud-az-Zamaxshariy (2)

5. Innovatsion iqtisodiyotda menejment strategiyalari. Innovatsion marketing faoliyatini takomillashtirish

Innovatsion faoliyatning nazariy asoslari iqtisodchi olimlar tomonidan atroflicha tadqiq etilgan. Xususan, Avstriyalik olim Y.Shumpeter innovatsion o’zgarishlarni besh yo’nalishga bo’lgan bo’lib, yangi texnika va texnologik jarayonlar yoki ishlab chiqarishni yangi bozor asosida ta‘minlash, yangi xususiyatlarga ega bo’lgan mahsulot turlarini yaratish, yangi xomashyolardan foydalanish, ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish va yangi innovatsion tovarlar bilan ta‘minlash, yangi iste‘mol bozorlarini ochish.


Demak, ichki investitsion faoliyat innovatsion faoliyatga nisbatan mazmunan keng tushuncha hisoblanadi. Innovatsion faoliyatga sarflangan mablag’lar jami kapital investitsiyaning yangi g’oya, ishlanmalar, jarayonlar, mahsulot, xizmat turlarini yaratish, o’zlashtirish va joriyetishgataalluqli bo’lganqismidir. Shunday qilib, innovatsion faoliyat makon va zamonda yuz bergan va berayotgan, o’zining moddiy va nomoddiy ko’rinishdagi hamda pulda baholanadigan mulk shaklidagi pirovard mahsuliga egabo’lgan, bunga erishish uchun ma‘lum sarf- xarajatlarni talab qiladiganxo’jalik faoliyatining bir turi hisoblanadi. Aynan shu mazmunda korxonalarning innovatsion faoliyati ularda yuritilayotgan buxgalteriya hisobi hamda o’tkaziladigan audit predmetini tashkil qiluvchi ob‘ektlardan biri hisoblanadi.
Innovatsion faoliyat yakunlangan ilmiy-tadqiqot va loyihalar natijalari yoki boshqa ilmiy-texnik yutuqlarni (fan-texnika yutuqlarini) yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotga: bozorda sotiladigan, amaliy faoliyatda foydalaniladigan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonga, shuningdek, shu bilan bog’liq qo’shimcha ilmiy-tadqiqot va loyihalarga joriy qilishga yo’naltirilgan jarayon ekan, unga quyidagi faoliyat turlarini kiritish mumkin:
amaliyotda qo’llash uchun mo’ljallangan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik

  • jarayon yaratish bo’yicha ilmiy-tadqiqotchilik, tajriba-konstruktorlik yoki texnologik ishlar bajarish;

  • yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot chiqarish, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon joriy qilish uchun ishlab chiqarishni tayyorlash va texnologik qaytajihozlash;

  • yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonni sinab ko’rishni amalga oshirish;

  • xarajatlar o’zini oqlashiga qadar yangi yoki takomillashtirilgai texnologik jarayon qo’llash, yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotchiqarish;

  • yangi mahsulotni bozor tomon harakatlantirish bo’yicha faoliyat; innovatsion infratuzilma yaratish va rivojlantirish;

  • innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

  • sanoat mulki ob‘ektlari yoki maxfiy ilmiy-texnik axborotlarga egalik huquqini boshqalarga berish yoki xaridqilish;

  • yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon yaratish va amaliyotda qo’llash bo’yicha ekspertiza, maslahat, axborot, yuridik va boshqa xizmatlar ko’rsatish;

  • innovatsion faoliyatni moliyalashtirishni tashkil qilishdan iboratdir. Innovatsion faoliyat sub‘ektlari quyidagilardan iborat:

  • innovatsion faoliyat bilan shug’ullanadigan yuridik va jismoniy shaxslar;

  • innovatsiyalarni amalga oshiruvchi turli mulkchilik shaklidagi innovatsion korxonalar;

  • innovatsion faoliyat jarayonida amalga oshiriladigan intellektual mulk egalari bo’lib, korxonalar loyihalari, qurilmalar, sanoat namunalari, texnologik jarayonlar, ―nou-xau‖, kashfiyot va ixtirolar mualliflari, dizaynerlar;

  • innovatsiyalar amalga oshirishga kapital kirituvchi investorlar bo’lib, banklar, fondlar, koorporatsiyalar, lizing firmalar;

  • innovatsion jarayonga xizmat ko’rsatadigan va uning infratuzilmasini ta‘minlaydigan vositachilar esa konsalting va injiniring firmalari, texnologik inkubatorlar, texnoparklar, texnopolislar, axborot markazlari;

  • innovatsion faoliyatni boshqarish, muvofiqlashtirish va tartibga solishda ishtirok etadigan davlat organlari va mahalliyo’zini-o’zi boshqarish organlari;

  • sub‘ektlar o’rtasida ular borasida iqtisodiy va huquqiy munosabatlar vujudga keladigan innovatsion faoliyat mahsulotlari (natijalari) quyidagilar hisoblanadi:

  • muayyan innovatsiyalarni o’zlashtirish natijalari va texnologiyalarni belgilab beradigan innovatsion loyihalar (biznes-rejada o’z aksini topadigan oraliq natija);

  • yakuniy mahsulotni sotishda ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik samarani ta‘minlaydigan texnologik jarayonlarni ishlab chiqarishda o’zlashtirish;

  • fan-texnika yutuqlarining natijasi hisoblangan tamomila yangi va yaxshilangan mahsulotlar (tovar va xizmatlar).

Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida innovatsiya va ilmiy texnika sohasidagi siyosatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo’lib, ishlab chiqarish samaradorligi va raqobatbardoshlikni oshirishga ta‘sir etuvchi, innovatsiya va ilmiy-texnika taraqqiyotini rag’batlantirishning huquqiy, iqtisodiy va moliyaviy sharoitlarini yuzaga chiqarish. Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish va sanoat korxonalarini texnologik jihatdan qayta qurollantirishning asosiy vositasi davlatning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish hisoblanadi.
Mazkur dasturning maqsadi quyidagi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi: natijalari o’rta muddatli sharoitlarda raqobatbardosh mahsulotlar

  • ishlab chiqarishga imkon beruvchi, ilmiy va texnologik innovatsiyalarni davlat tomonidan tashkillashtirish va moliyaviy qo’llab-quvvatlash;

  • ilmiy-texnika tadqiqotlari, amaliy-texnik tadqiqotlar, texnologiyalar raqobatbardosh mahsulotni sanoat ishlab chiqarishsiklining uzluksizligini ta‘minlash;

  • dastur doirasida ishlab chiqilgan va o’zlashtiriladigan, progressiv, resurslarni tejaydigan innovatsion texnologiyalar bo’yicha investitsion loyihalarni amalga oshirishga hamkorlik qilish;

  • ilmiy innovatsiya va sanoat sohalarida yangi ish o’rinlarini yaratish.

Davlatning fan-texnika taraqqiyotini tartibga solish tizimi quyidagi elementlarni o’z ichiga olishi zarur:

  • davlat siyosatining aniq belgilangan maqsadlarini ishlab chiqish; belgilangan maqsadlarni amalga oshiradigan boshqaruv organlari va

  • ularning funksiyalarini shakllantirish;

  • boshqaruv funksiyalarini to’liq amalga oshirishda tartibga solish ob‘ekti va axborot beradigan axborot tizimini shakllantirish;

  • davlat boshqaruv organlarining qo’llab-quvvatlash va tartibga solish instrumentlari davlatning fan-texnika taraqqiyotini tartibga solishning asosiy instrumentlariga nafaqat uning elementlari taalluqli bo’ladi balki davlatning ilmiy imtiyozlar tizimiga muvofiq, ilmiy-tadqiqotlar va ishlanmalar sohasi o’rtasida byudjet va byudjetdan tashqari resurslarni taqsimlash orqali ilmiy texnika yangiliklarini davlat tomonidan to’g’ridan- to’g’ri qo’llabquvvatlash;

  • innovatsion jarayonlarning sub‘ektlariga turli xil imtiyozlarni taqdim etish;

  • iqtisodiyotda innovatsion muhitni shakllantirish va ilmiy-texnik

  • axborotlar milliy xizmatini, patentlash va litsenziyalash, standartlashtirish, sertifikatsiyalash, statistika, xorijiy tajribani o’rganuvchi tahliliy markazlar, ilmiy-texnik rivojlanish, prognozlashtiruvchi kadrlarni tayyorlash kabilarni o’z ichiga oluvchi tadqiqotlar va ishlanmalar ta‘minoti infratuzilmasi hamda ular asosidaqaror qabul qiluvchi shaxslarni ustuvor ilmiy, milliy tizimlar bilan ta‘minlashdan iborat.

Innovatsion faoliyatning muvaffaqiyati ko’proq darajada uni tashkil qilish shakllari va moliyaviy qo’llab-quvvatlash usullari bilan belgilanadi. Yangi ilmiy ishlanmalar va texnologiyalar davlat milliy kuchining asosiy tashkil qiluvchilari bo’lganlari sari rivojlangan davlatlar innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirishning turli-tuman imkoniyatlarini topadilar. Bunda innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning turli-tuman usullari va innovatsiyalarni vositali qo’llab-quvvatlash bo’yicha tadbirlarni kengaytirish.
Rivojlangan mamlakatlar innovatsion faoliyat uchun moliyaviy resurslarni davlatning xususiy manbalardan to’playdilar. G’arbiy Evropaning ko’pgina mamlakatlari uchun moliyaviy resurslarni ITTKI uchun davlat va xususiy kapital o’rtasida teng taqsimlanishi xosdir.Ma‘lumki, ilmiy salohiyat birinchi navbatda fanlarning fundamenti tadqiqotlarni rivojlantirishga investitsiyalarning hajmi, patentlar va litsenziyalarning soni, jahon ilmiy adabiyotiga ulush va boshqalar bilan belgilanadi. Etakchi sanoati rivojlangan mamlakatlarda ITIga xarajatlar YAIM ning 3% yaqinini tashkil qiladilar. Moliyalashtirish tizimi orqali innovatsion faoliyatni rivojlantirish mumkin. Innovatsion faoliyatda korxonalar, sanoat kompaniyalari, moliya sanoat guruhlari, kichik innovatsion biznes, investitsion va innovatsion fondlar, mahalliy boshqaruv jarayonlarida ishtirok etadilar.
Bugungi kunda mamlakatimizdagi korxonalar faoliyatida innovatsion marketing usullaridan foydalanishda yangi tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqarishga va ularni bozorga kiritishga, korxonaning bozordagi brendini yanada kuchaytirishga, reklama faoliyati samaradorligini oshirish, ichki va tashqi bozorlarda tovarlar raqobatbardoshligi va sifatini yanada oshirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda .
Marketing innovatsiyalari deganda yangi yoki sezilarli yaxshilangan marketing uslublarini joriy etish tushuniladi. Bular o’z ichiga quyidagilarni oladi:
mahsulotlarning dizayni va qadoqlanishida jiddiy o’zgartirishlar; mahsulotlarni sotish va taqdimoti bo’yicha ularni bozorlarga tanitish
va olg’a siljitish bo’yicha yangi uslublardan foydalanish; yangi narx strategiyalarini shakllantirishni oladi.
Bu o’zgartirishlar mahsulot iste‘molchilarining ehtiyojlarini to’laroq qondirishga, sotish hajmini ko’paytirish maqsadida mahsulotlar va xizmatlar iste‘molchilarining tarkibini kengaytirishga yo’naltirilgan bo’ladi. Mahsulot dizaynidagi o’zgartirishlar yangi marketing konsepsiyasining bir qismi bo’lib, ular mahsulotning shakli va tashqi ko’rinishidagi o’zgartirishlarni o’z ichiga oladi. Bular mahsulotning funksional va foydalanish xususiyalariga ta‘sir ko’rsatmaydi. SHuningdek, bunday o’zgartirishlarga qadoqlanishi tashqi ko’rinishini ta‘riflab beruvchi iste‘mol mahsulotlari, ichimliklar, yuvish vositalari kabi mahsulotlarning qadog’idagi o’zgartirishlar ham kiradi.
Mahsulotlarni sotish va taqdimoti bo’yicha yangi uslublardan foydalanish sotishni kengaytirish bilan bog’liqdir. Bunga logistika (xomashyo, tarkibiy qismlar va tayyor mahsulotlarni tashish va omborxonalarda saqlashni boshqarish) uslublari kirmaydi. Mahsulot (xizmat)larni bozorga tanitish va olib chiqishning yangi uslublaridan foydalanish korxonaning mahsulot va xizmatlarini olib chiqish uchun yangi konsepsiyalardan foydalanishni anglatadi. Yangi texnologiyalarning rivojlanishi va ularning asosida tamomila yangi tovar va xizmatlar turlarini sotish tezligi shunga olib kelmoqdaki, bozordagi vaziyat va iste‘molchilarning ehtiyojlari tobora o’zgarmoqda. Iste‘molchi nimani, qaerdan qanday ko’rinishda va qanday narxda sotib olishni istashini aytmoqda. Marketing konsepsiyasini tushunishga yangicha yondashuv ya‘ni maqsadli guruhlar strategik bozor segmentidan potensial mijozlar bilan yaqinroq ishlashga asoslanmoqda. Bozor tadqiqotlari yordamida bir xil iste‘molchilar guruhlarini ajratib, stategik segmentlarni aniqlangan holda korxona sezilarli miqdorda mablag’lar talab qiladi hamda mavjud potensial mijozlar bilan kelgusi aloqalarda ko’proq unumdorlikka erishadi. Tanlab olingan bozor sektorlari bilan faol kommunikatsiyalar iste‘molochilarning katta qismi e‘tiborini jalb etishga imkon beradi va ularning aksariyati kompaniya mijozlariga aylanadi. Mana shu sababdan XXI asrning boshlaridan boshlab turli tarmoqlarda bozor etakchilarining ko’pchiligi reklama, to’g’ridan to’g’ri sotuvlar, ichki firma munosabatlari uchun javob beradigan bo’limlarni birlashgan kommunikatsiya xizmatlariga birlashtirish ro’y beradi. Integratsiyalashgan marketing kommunikatsiyalardan foydalanuvchi kompaniyalar soni o’smoqda.
O’zbekiston Respublikasida o’tkazilgan Respublika ―Innovatsion g’oyalar, ishlamalar va texnologiyalar‖, ―Sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjalar yarmarkasi‖da taqdim etilgan ilmiy-tekshirish ishlamalari va texnologiyalari, qo’shma korxonalarda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni sifat ko’rsatkichlari xalqaro ISO standart talablariga mosligi va O’zbekistonda lokalizatsiya filingan import o’rnini bosuvchi va eksportga yo’naltirilgan ko’plab tovarlar ishlab chiqarilmoqda.
Hozirgi davrda respublikamiz kundalik hayot va uning dinamikasi o’zgarib bormoqda, bu esa iqtisodni yangilashda marketing tadqiqotlarini natijalarini tahlil qilib, yaqin kelajakka va uzoq davrga nisbatan innovatsion strategiyani tanlash, rejalash va amalga oshirishni bu esa O’zbekiston Respublikasining dunyo hamjamiyatida obro’sini oshirishda va iqtisodiyotini yuksaltirishda katta ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy o’sishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi ilmiy-texnik innovatsiyalar hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarida innovatsion jarayon markaziy rol o’ynaydi.Innovatsiyalar esa texnik taraqqiyot sur‘ati yuqori bo’lgan tarmoqlarda asosiy raqobat quroli hisoblanadi. Texnik taraqqiyot va iqtisodiy rivojlanishni qo’llab-quvvatlovchi institutlarga alohida e‘tibor qaratgan. XX asrning birinchi yarmi iqtisodchisi Yozef Shumpeter (1883- 1950) innovatsiyalarni olg’a suruvchi va unda normal darajadan katta bo’lgan daromadning asosiy manbasi bo’luvchi raqobat mexanizmini ko’rsatib bergan.
Martekingning uchta asosiy aspekti sanoatning rivojlanishiga katta ta‘sir ko’rsatadi. Birinchisi innovatsion musobaqadir. Firmalar musobaqasida birinchi bo’lib innovatsiyaga erishgan firma marteking sohasida ham etakchi hisoblanadi. Ikkinchisi, yirik firmalar bozorda innovatsiyalarni izlash bilan bog’liq ishlarni doim takomillashtirishga harakat qilishlaridir. Uchinchisi, Kristensen (1997) bozor talabi asosiy innovatsiyalarga bo’lgan talabni aniqlashtiruvchi omil ekanligini ta‘kidlab o’tgan.
Innovatsion faoliyat yo’nalishlari eng avvalo ishlab chiqarishni takomillashtirish vazifalari va imkoniyatlari bilan emas balki iste‘molchilarning yangi mahsulot tavsifnomalari borasida nimalarni afzal ko’rishini o’rganish natijalari bilan belgilanishi lozim. Yangi mahsulot ishlab chiqarishni o’zlashtirishda ushbu mahsulotni tajriba joylarida so’ngra esa bozorda tekshirib ko’rishga ko’proq e‘tibor qaratish kerak. Yangi mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar o’rtasida o’tkazilgan so’rovlar yangi mahsulot muvaffaqiyatinning quyidagi omillari aniqlab berdi.


Xulosa

Korxona faoliyati tanlov asosida tashkil etilishi uni u yoki bu innovatsiya strategiyalarini ishlab chiqishga undaydi. Innovatsiya strategiyasini shakllantirish yuqorida qayd etilganidek innovatsiya loyihasi sifatida shakllantiriladi. Innovatsion loyihalar portfeli ko’pgina hollarda ular tarkibidan tanlovni tashkil etish imkoniyatini beradi. Innovatsion loyihalar muayyan muddatlarga tuzilib o’zlarining turli jihatlari bilan farqlanadi. Ularga xos bo’lgan umumiy jihatlar shundan iboratki, barcha innovatsion loyihalar o’zlarining hayotiy tsikl va fazalariga egadir. Innovatsion loyihalar texnik-iqtisodiy jihatdan asoslanadi, ularni amalga oshirish imkoniyatlari baholanadi, manbali tahlil qilinadi, aniq maqsadlari samaralari hisoblanadi. Innovatsion loyihalar bo’lajak natijalari samarali taqqoslanadi, hayotiy tsikl jarayonidagi fazalaridagi risklar o’lchanadi, ularni boshqarish yo’li bilan pasaytirish tadbirlari ishlab chiqiladi.


Innovatsiya strategiyasi korxona, xo’jalik yuritish sub’ektlari uchun aniq yo’nalishlar bo’yicha rivojlanib borish, erkin raqobat muhitida o’z mavqesini mustahkamlab borish, moliyaviy holatni barqarorligini ta’minlash, yuqori daromadlar olish va boshqa imkoniyatlarni kengaytirib borishni ta’minlaydi.
Innovatsiya strategiyasi innovatsiya loyiha sifatida shakllantirilib, uning biznes-rejasi ishlab chiqiladi va istiqboli belgilanadi.
Innovatsiya strategiyasini mukamalligi avvalom bor xo’jalik yurituvchi sub’ekt yoki korxona salohiyatiga, bilimlar darajasiga, ijodiy yondoshuvga, yaratuvchanlikka, istiqbolni tasavvur qila olishga, axborotga ega bo’lishga, o’rnatilgan xalqaro aloqalarni rivojlantirishga, zamonaviy texnologiyalarni bilishga va qator boshqa omillarga bog’liqdir. Korxona tadbirkorlik faoliyati salohiyati uning innovatsiya strategiyasini aniqlovchisi sifatida xizmat qiladi. Innovatsiya sirategiyasini shakllantirishda yana asosiy omillardan biri erkin bozor holatidan kelib chiqib, uni istiqbolini belgilash va faoliyat tanlovini aniq amalga oshirishdir.

Yüklə 134,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin