2. Yuqori riskli (venchurli) investitsiyalarni moliyalashtirish. Investitsiyalarni moliyalashtirish kelajakda aniq mahsadlarga erishishni nazarda tutishi bilan tavsiflanadi. Investitsiyalarni moliyalashtirish iqtisodiy samaraga erishish, ijtimoiy samara olish, tabiatni muhofaza qilish, ekologik vaziyatni yaxshilash, ishlab chiqarishni rivojlantirish yoki samaradorlikni oshirishga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Investitsiyani kiritish va moliyalashtirish qarorlari aniq hisob-kitoblar va tahlil hamda ekspertiza asosida amalga oshiriladi. Demak, investitsiyalarni moliyalashtirishdan avval ularni kelajakdagi maqsadlariga erishish imkoniyatlari naqadar erkinligi aniqlanadi.
Yuqori riskli (venture capital), yani venchurli moliyalashtirish natijalarini noaniqligi, mavhumligi, tahlikaligi, qaltisligi, xavf-xatarliligi yoki riskliligi bilan tavsiflanadi. Bir soz bilan ifodalaganda, investitsiyalarni moliyalashtirishni risklilik darajasi yuqori bolganligi bilan xarakterlanadi. Bunda qoldan keladigan investitsiyalarni kelajakda maqsadlariga erishish imkoniyatlari past bolishi, yoki umuman qoyilayotgan maqsadni qolga kiritilishi noaniq bolishi, yoki umuman kiritilayotgan kapital yoqotish imkoniyatlari yuqori ekanligi oldindan nomalum bolishi bilan aniqlanib turadi. Venchurli investitsiyalarni qimorga tikish, kazino, ruletka kabi oyinlarga mablag tikish bilan taqqoslash mumkin bolgan investitsiyalardir. Venchurli investitsiyalar ozlarining oqibatlarini nomalum ekanligi bilan ajralib turadi.
Venchurli moliyalashtirish bu moliyalashtirishning shunday turiki, bunday venchur kapitali egalari va kompaniya egalari yuqori riskli (xatarli) va yuqori daromadli loyihalarni realizatsiyasi boyicha hamkorlik qiladilar. Venchurli moliyalashtirishning obekti bolib sinalmagan goya venchur loyiha hisoblanadi. Shuningdek, venchur termini yangi texnologiyani barpo etish bilan bogliq loyihalarni joriy etish faoliyati sifatida ham talqin etiladi.
Venchur loyihalarini moliyalashtirishning asosiy afzalligi ortacha daromadlilik darajasining yuqoriligi bolib, mamlakat iqtisodiyoti boyicha koriladigan daromaddan 2-3 barobar kop miqdorni tashkil etadi.
Venchur loyihasini amalga oshirishda kamida uchta bosqichda kapitalga ehtiyoj seziladi:
dastlabki bosqich tashkiliy ishlar va korxonani tashkil etish tadbirlari, marketing izlanishlari, loyiha qidiruv va ilmiy tekshirsh ishlari kabi loyiha oldi tadbirlari uchun;
orta bosqich rivojlanish bosqichi bolib, mahsulot namunalarini ishlab chiqishdan normal ishlab chiqarish va istemol faoliyatiga otish uchun;
oxirgi bosqich muvaffaqiyatni mustahkamlash bosqichi bolib, korxona aktsiyalarini birjada erkin muomala uchun emissiya qilinishi roy beradi va ishlab chiqarish korsatkichlarini mustahkamlash uchun mablag talab qilinadi.
Venchur fondi oz kapitalini turli rivojlanish darajasidagi korxonalarga joylashtirishdan manfaatdor va kapital diversifikatsiyasi tarafdoridir. Venchur kompaniyada fondni nazorat qilish uchun moliyaviy menejr lavozimiga ishonilgan shaxs saylanadi. Venchur kompaniya fondga egalik qilmaydi, faqat boshqaradi.
Investitsiya risklari ozlarining aniqligi, noaniqligi, miqdor jihatdan hisob-kitob qilinishi, sifat jixatidan aniqlanishi hamda turli usullar bilan olchanishi bilan tavsiflanadilar. Risklarni aniqlashda hisoblashdan, olchashdan, miqdorligini belgilashdan maqsad ularni boshqarish yollarini ishlab chiqishdir. Investitsiya risklarini boshqarish maqsadida ularni tasirini kamaytirish, oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi va qollaniladi.
Venchurli investitsiyalar, ozlarining risklarini oldini olish yoki pasaytirish imkoniyatlari ehtimoli yuqori emasligi bilan farqlanadi. Jahon tajribasi tasdiqlashicha, venchurli moliyalashtirish iqtisodiyotni texnik jihatdan progressiv tarmoqlariga taalluqlidir. Riskli moliyalashtirishga mansub bolgan mablaglar ixtisoslashgan institutlar tomonidan jamlanadi va ozaro bir-biriga bogliq bolgan hamda tezda qoplanadigan loyihalarga qaratiladi. Odatda bunday investitsiyalar katta bolmagan, ishlab chiqarishni printsipial yangi turlarini ozlashtirilishi hisobiga foyda normasi ortachadan yuqori darajada taminlanishi kutilayotgan sohadagi firmaga beriladi. Bunda, odatda kapital qoyilmalar firma mijozini aktsiyalarini bir qismini xarid qilish yoli bilan amalga oshiriladi, yoki ssuda berish yoli orqali, shu jumladan firma-mijoz konversiya huquqi bilan beriladi. Risk yuqori bolgan kapital qolga kirituvchi firma rahbarligi ozining hatti-harakati ancha erkinligi bilan tavsiflanadilar.
Venchur kapital xususiy biznesni moliyalashni muqobil usuli sifatida XX asr 50 yillari ortalarida AQShda vujudga keldi, 70 yillarning oxirlarida esa Evropada paydo boldi. Venchurli moliyalashtirish kelib chiqishiga qadar, jahonda kichik va orta biznesni moliyalashtirishning quyidagi manbalari malum edi:
bank kapitali, yirik korporatsiyalar, kompaniyalar, badavlat shaxslar. Amerikaliklar va inglizlar ularni biznes angellari deb atashar edi. Oz ishini boshlovchi tadbirkor gard kam tamoyiliga tayangan holda faoliyatini yolga qoyar edi. Biznesni boshlab yuborish uchun mablagni oz qarindosh uruglaridan, dostlaridan, tanish bilishlaridan qarzga olib, yoki mulk va uy joyini garovga qoyib, faqat yutuqqa tayangan holda, oz kuchiga ishonch hosil qilib faoliyatga qol uradi.
Venchur kapitali paydo bolishiga qadar Evropada xususiy tadbirkorlar aktsioner kapitalining moliyalashtirish manbalariga ega bolmaganlar. Faqat 80 yillarning ortalariga kelib evropalik mablag tikuvchilar ularga ananaviy bolib qolgan, oldindan miqdori aniq bolgan aktivlarga mablag safarbar etmasdan, aktsiyalarga investitsiyalash imkoniyatlari bilan qiziqa boshlashgan.
Venchurli investitsiyalarni moliyalashtirishni kopgina tushunchalari malum, lekin ularning barchasini manosi shunga borib taqaladiki, qanday qilib u oz funktsional vazifasini bajaradi. Ustav kapitali hammasini qolga kiritish yoki aktsiyalar paketinining bir qismini xarid qilish yoli bilan aniq biznesni osishiga pul mablaglarini tikishi venchurli investitsiyalarni moliyalashtirish mohiyatidan dalolat beradi. Bunda kapital tikuvchining malumoti cheklanadi va kapital kirituvchi faqat investitsiya manbasini taminlovchisi hisoblanadi.
Venchurlik investitsiyalarni moliyalashtirish tushunchasi venchur kapitali, venchur biznesi tushunchalari bilan bevosita aloqadordir. Odatda ishlab chiqarish, texnologik, axborot va tashkiliy xarakterga ega bolgan yangi ishlanmalarni joriy etish bilan bogliq bolgan mualliflar faoliyati venchurli investitsiya munosabatlarini tashkil etadi.
Venchurli moliyalashtirish mexanizmini kelib chiqishi kelajagi bor goyalar, yangi fan sigimi yuqori bolgan ishlanmalarni tadbiq etish loyihalari bilan boglanadi.
Tadbirkor oz faoliyatini yolga qoyish uchun goyaga, yani kelajagi bor loyihaga, moliyaviy mablagga ega bolishi kerak. Moliyaviy mablagga ega bolgan taqdirda ham, tadbirkor oz goyasining naqadar amalga oshishini tasavvur qila olishi kerak, uning oqibatlari qanday bolishini, ishonchliligini bilishi zarur. Fan va texnika yutuqlari natijalari yangi texnika-texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishi bilan bogliq goyalar va loyihalar yuqori darajali risklar bilan bogliq boladi. Bunday risklar jumlasiga texnologik risklar, yangi texnologiya va yangi mahsulotlarni ishlatish oqibatlari bilan bogliq iqtisodiy risklar, tadbirkorlikni takroriy risklari kiradi. Venchur biznesida qanchalik risklar darajasi yuqori bolsa, shunchalik venchur kapitali qiymati yuqori boladi.
Fan-texnika taraqqiyotining intensivligi qanchalik yuqori bolsa, uning oqibatlarini ishlab chiqarishga tadbiq etishdan voz kechilsa, shunchalik iqtisodiyot va jamiyat moliyaviy jihatdan zarar koradi. Buning sababi raqobatbardoshlik yoqotiladi, ishlab chiqarish qisqaradi, fuqarolar byudjet daromadlari kamayadi, ishsizlik osadi va boshqa salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar kelib chiqadi. Shuning uchun ham mantiqan tashkiliy-boshqaruv qarorlar shunga qaratiladiki, yuqori riskli loyihalarni amalga oshirish orqali kozlangan maqsadlarga erishishi uchun venchurli moliyalashtirish mexanizmlarini ishga solish.
Venchur kapitali venchur strukturalarida yani venchur fondlari, korporatsiyalari orqali tashkil etiladi. Venchurli moliyalashtirish mexanizmli tadbirkorlik, innovatsion tuzulmalarini moliyalashtirishda qol keladi. Ozbekiston iqtisodiyotida ilmiy-izlanish ishlanmalari nou-xaularni, innovatsion loyihalarni moliyalashtirish venchur kapitali venchur tuzilmalari, yani venchur foydalari, korporatsiyalari, assotsiatsiyalarining venchurli moliyalashtirish mexanizmi orqali amalga oshirilishi iqtisodiyotimizni texnik, texnologik jihatdan muntazam yangilanib borishini taminlab turadi.