4. Xojalik yurituvchi subektlarning innovatsiya faoliyati zaruriyati va ularda innovatsiya strategiyasini shakllantirish Ozbekistonda mulkchilikning turli shakllari rivojlanishiga yol ochilishi bilan tadbirkorlikni rivojlantirishning haqiqiy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari yaratildi:
xususiy mulkchilikning iqtisodiyotda alohida mavqega ega bolishi va mulk shakllari teng huquqliligining taminlanishi;
tadbirkorlik va tanlash erkinligi;
foyda va daromad olishga intilish;
raqobat va raqobatchilik muhiti;
narx erkinligi;
davlatning iqtisodiyotga, xususan tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvining cheklanganligi;
Tadbirkorlik faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari quyidagi sifatlarini belgilab beradi:
mustaqil xojalik yuritish, mahsulot ishlab chiqarish, xizmat korsatish, narx belgilash va tasarruf qilish erkinligi;
ishlab chiqarish vositalari, ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadga bolgan mulkchilik huquqlarining taminlanishi;
erkin tadbirkorlikni taminlaydigan muayyan umumiy qonunchilik, soliq imtiyozlari, tadbirkorlikni rivojlantirishda jamiyat manfaatdorligining mavjudligi;
etarli moliyaviy mablag, moddiy texnika resurslari, yuqori malakaga ega bolish, iqtisodiy xavf-xatarga qol ura bilish va hokazolar.
Mulkchilik shakllaridan qatiy nazar barcha xojalik yurituvchi subektlar teng huquqli bolib, raqobat muhitida oz faoliyatini olib borish imkoniyatlariga ega bolishadi. Erkin raqobat muhitini yaratilishi va uni tobora kuchayib borishi xojalik yuritish subektlari zimmasiga ularning mulkchilik shaklidan qatiy nazar, doimiy tarzda rivojlanishni, yangilanishni, raqobatbardosh bolishni yuklaydi. Bunday sharoitda oddiy xojalik yuritish naf keltirmaydi, raqobatbardoshlikni taminlamaydi, bankrotlikka olib keladi. Shuning uchun ham erkin raqobat muhitida faoliyat yuritish xojalik yurituvchilar zimmasiga anchagina masuliyat vazifalarini belgilab, ularni taminlab borishni yuklaydi. Raqobatbardoshlikka erishish va uni doimiy ravishda taminlash xojalik yurituvchi subekt zimmasiga mulkiy shaklidan qatiy nazar, tadbirkor bolishni, rivojlanish yolini tanlab olishni, iqtisodni belgilab olish vazifalarini yuklaydi. Xojalik yurituvchi subektlarning bunday sharoitdagi asosiy vazifasi raqobatbardoshlikni taminlagan holda oz maqsadiga erishishdir. Raqobatbardosh mahsulot (xizmatlar) ishlab chiqarish va ayni paytda yuqori daromadga erishish xojalik yurituvchi subektdan izlanuvchi ijodkor bolishni, yangiliklarni doimiy joriy etishni, yaratuvchan bolishni, yangi ishni amalga oshiruvchi, fan va texnika yutuqlari natijasidan oqilona foydalanuvchi, yangi texnologiyalarni joriy etuvchi xojalik yuritishni yangi tashkiliy jihatlarini targib etuvchi, boshqaruvni takomillashtiruvchi, bozorni tadqiq etuvchi bolishni, tovarlarni yangi turlarini ishlab chiqaruvchi, resurs tejash usullaridan foydalanuvchi, raqobat muhitiga moslashuvchi, novator bolishni, barcha innovatsiyalarini oz faoliyatiga kiritib boruvchi bolishni, uddaburonlik va hokazolarni talab etadi. Shunday ekan, har qanday xojalik yurituvchi subekt birinchi navbatda tadbirkor sifatida innovatsiya faoliyatini yuritishi zarur. xojalik yurituvchi subekt oz faoliyatini oddiy yol bilan olib borar ekan, u erta yoki kech raqobat muhitida engiladi, kozlagan maqsadiga erisha olmaydi, rivojlana olmaydi, oxir oqibatda engiladi, bankrotlikka uchraydi. Shuning uchun ham har bir xojalik yurituvchi subekt oz faoliyatini innovatsiyalar asosida amalga oshirishi zarur. Albatta innovatsiyalar keng qamrovlidir. Xojalik yurituvchi subekt oz faoliyatini tanlov asosida tashkil etar ekan, u innovatsiyalar qamrovini ham aniqlab olishi, novatorlik yoli bilan rivojlanib borishni belgilab olishi zarurdir.
Innovatsiya strategiyasi korxonaning tashkiliy, ishlab chiqarish, texnologik, boshqaruv va boshqa tuzilmaviy salohiyatidan kelib chiqib shakllantiriladi. Innovatsiya strategiyasi ozining qamrovi, muddatlari, sohalari, yonalishlari bilan farqlanadi. Innovatsiya strategiyasi korxonaning oz imkoniyatlari hamda iqtisodiyotning bozor infratuzilmaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib shakllantiriladi. Kop hollarda innovatsiya strategiyasi iqtisodiyotdagi umumiy muhit bilan, erkin raqobat muhiti holati bilan, soha va tarmoqlardagi holat, ishlab chiqarish, texnologik, tadbirkorlik salohiyatlari va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib shakllantiriladi. Korxona faoliyati tanlov asosida tashkil etilishi uni u yoki bu innovatsiya strategiyalarini ishlab chiqishga undaydi. Innovatsiya strategiyasini shakllantirish yuqorida qayd etilganidek innovatsiya loyihasi sifatida shakllantiriladi. Innovatsion loyihalar portfeli kopgina hollarda ular tarkibidan tanlovni tashkil etish imkoniyatini beradi. Innovatsion loyihalar muayyan muddatlarga tuzilib ozlarining turli jihatlari bilan farqlanadi. Ularga xos bolgan umumiy jihatlar shundan iboratki, barcha innovatsion loyihalar ozlarining hayotiy tsikl va fazalariga egadir. Innovatsion loyihalar texnik-iqtisodiy jihatdan asoslanadi, ularni amalga oshirish imkoniyatlari baholanadi, manbali tahlil qilinadi, aniq maqsadlari samaralari hisoblanadi. Innovatsion loyihalar bolajak natijalari samarali taqqoslanadi, hayotiy tsikl jarayonidagi fazalaridagi risklar olchanadi, ularni boshqarish yoli bilan pasaytirish tadbirlari ishlab chiqiladi.
Innovatsiya strategiyasi korxona, xojalik yuritish subektlari uchun aniq yonalishlar boyicha rivojlanib borish, erkin raqobat muhitida oz mavqesini mustahkamlab borish, moliyaviy holatni barqarorligini taminlash, yuqori daromadlar olish va boshqa imkoniyatlarni kengaytirib borishni taminlaydi.
Innovatsiya strategiyasi innovatsiya loyiha sifatida shakllantirilib, uning biznes-rejasi ishlab chiqiladi va istiqboli belgilanadi.
Innovatsiya strategiyasini mukamalligi avvalom bor xojalik yurituvchi subekt yoki korxona salohiyatiga, bilimlar darajasiga, ijodiy yondoshuvga, yaratuvchanlikka, istiqbolni tasavvur qila olishga, axborotga ega bolishga, ornatilgan xalqaro aloqalarni rivojlantirishga, zamonaviy texnologiyalarni bilishga va qator boshqa omillarga bogliqdir. Korxona tadbirkorlik faoliyati salohiyati uning innovatsiya strategiyasini aniqlovchisi sifatida xizmat qiladi. Innovatsiya sirategiyasini shakllantirishda yana asosiy omillardan biri erkin bozor holatidan kelib chiqib, uni istiqbolini belgilash va faoliyat tanlovini aniq amalga oshirishdir.
Asosiy adabiyotlar
1.Vaxobov A.V., Xojibakiev Sh.X., Mominov N.G. Xorijiy investitsiyalar. Oquv qollanma.- T.: Moliya, 2010.-328 b.
2.Вахабов А.В., Разыкова Г.Х., Хажибакиев Ш.Х. Иностранные инвестиции и модернизация национальной экономики. Монография. Т.: Молия, 2011.-300 с.
3.Bekmurodov A.Sh., Karrieva Ya.K., Ne’matov I.U., Nabiev D.H., Kattaev N.T. Xorijiy investitsiyalar. O’quv qo’llanma. T.:Iqtisodiyot, 2010.-166 b.
4.Mamatov B., Xujamkulov D., Nurbekov O. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. Darslik. T.: Iqtisod-Moliya, 2014. 608 b.
5.Kayumov R.I., Xojimatov R.X. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish: Darslik. - T.: TDIU, 2010. - 496 b.
6.Karlibaeva R. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish: Oquv qollanma. - T.: Cholpon, 2011.-124 b.
7.Raimjonova M.A. Ozbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi holati va istiqbollari. T.: “Extremum-press”, 2013.-176 b.
8.Toshov O. Investitsion faoliyatni moliyalashtirishni takomillashtirish. T.: “Akademnashr”, 2012.-165 b.
9.Хазанович Э.С. Иностранные инвестиции: Учебное пособие/ Э.С.Хазанович.2-е изд., стер.-М.:КНОРУС, 2011.-312с.
10Xashimov A.A., Madjidov Sh.A., Muminova N.M. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. Darslik. - T.: Sharq matbaa nashriyot uyi, 2014.-208 b.
11.Шевчук Д.А. Организация и финансирование инвестиций. -Ростов на Дону.: Феникс, 2006.-272 с.
12.Сергеев И.В., Веретенникова И.И. Организация и финансирование инвестиций. Учебное пособие. – М.: Финансы и статистика, 2001. – 272 с.
1 А.В.Бусыгин. Предпринимательства. – М.: Дело, 2001. 176с.