Innovatsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari
Reja:
1. Innovatsiya tushunchasi va ularga qaratilgan investitsiyalar 2. Yuqori riskli (venchurli) investitsiyalarni moliyalashtirish 3.Innovatsiya faoliyati tadbirkorlik taraqqiyotini yuksaltirish omili sifatida 4. Xojalik yurituvchi subektlarning innovatsiya faoliyati zaruriyati va ularda innovatsiya strategiyasini shakllantirish
1. Innovatsiya tushunchasi va ularga qaratilgan investitsiyalar Innovatsiya tushunchasi (ingl. Innovation-kiritilingan yangilik, ixtiro) yangilikka investitsiya kiritish manosida ishlatiladi. Innovatsiya tushunchasi iqtisodiyotga XX asr boshlarida kirib kelgan. Avstraliyalik iqtisodchi olim Y.Shumpeter birinchi marotaba innovatsiyalarga oid masalalarni korib chiqqan va innovatsion jarayonga toliq tarif bergan. Iqtisodiy adabiyotlarda innovatsiya tushunchasiga kopchilik mualliflar tomonidan turlicha yondoshuvlar keltirilgan. Kopchilik mualliflar yangilik kiritishni iqtisodiy tadbiq etish jihatidan nazarda tutadi, yani yangi resurslarni tashkil etish yoki mavjud bolganlarini noananaviy holda yangicha ishlatilishini nazarda tutadilar
A.Busiginning fikriga kora, innovatsiya bu asosiy kapital yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotni ilm fan, texnika va texnologiyalar yordamida yangilashdir.1 R.Fatxutdinovning fikriga kora, innovatsiya yangilikni tadbiq etishning yakuniy natijasi bolib, obekt boshqaruvini ozgartirish ijtimoiy, iqtisodiy,ilmiy, texnikaviy, ekologik va boshqa korinishdagi samaradorlikdir.2 Yuqoridagi tariflardan xulosa qilib, innovatsiya bu yuqori iqtisodiy va ijtimoiy samara olish maqsadida ishlab chiqarish jarayoniga ilgor ilm-fan yutuqlarini joriy etish yoli bilan yangi tovarlar yaratish yoki ishlab chiqarilayotgan tovarlar sifatini oshirishdir.
Innovatsiya har bir sohada bolishi mumkin. Masalan, fanda, uning bir yonalishida yirik yangiliklarga erishish, kashfiyotlar yaratish, izlanishlarda, ilm sohasida yangi ilm va bilimlarni ochish, texnika va texnologiyalarni yangi avlodini yaratish, ishlab chiqarish sohalarida, xizmat korsatishda yangi usullarni kiritish va boshqalar shular jumlasidandir. Iqtisodiyotda esa fan, texnika, texnologiyalar sohalarida erishilgan eng songgi yutuqlarni qollashni bildirishi mumkin.
Innovatsion faoliyat qaysi sohada bolmasin, kashfiyotlar, elon qilingan yangiliklar, texnika va texnologiya yutuqlari va texnologik jarayonlarni yangilash, mahsulot bilan taminlash va boshqa yonalishlardagi barcha yangiliklarni tizimli ravishda uzluksiz joriy etib borishni taminlash jarayonidir. Jahon gloaballashuvi jarayonida kuchli raqobat har sohada yangilikka undaydi. Fandagi texnika-texnologiya sohalaridagi eng songgi yutuqlar, kashfiyotlar, yangiliklar, ratsionalizatorlik takliflarni ishlab chiqish va xizmat korsatish sohalariga shiddat bilan kiritilib boriladi va marketing, boshqaruv, ishlab chiqarish, xizmat korsatish sohalarida yangi yondashuv, yangi texnologiya, texnikalarni qollashni talab qiladi va texnologiyalarni yangi avlodini qollash asosida mablag kiritilishi investitsiyadan dalolat beradi. Yangilik kiritilishi asosida mavjud texnika va texnologiyalarni almashtirilishi ham investtsiyani anglatishi mumkin. Fan va texnika taraqqiyoti natijalari asosida yangi texnika, texnologiyalarni qolga kiritilishi ham investitsiya manosida ishlanadi. Investitsiyani aniqlovchi omil bolib yangilik yaratilishi, ratsionalizatorlik takliflar yirik tashkilotlar va shunga tegishli ilgari elon qilinmagan yirik ishlanmalar xizmat qiladi.
Kichik raqobat muhitida ishlab chiqarish va xizmat korsatish sohalarida investitsiya ishlab chiqarishni yangi texnika va texnologiyani qollash asosida tashkil etishni, xizmat korsatish sohasida yangi, avval qollanilmagan xizmat turlarini nazarda tutadi. Innovatsiya tushunchasi yangi maxsus turlarni mavjud ishlab chiqariladigan mahsulotni almashtiruvchi, uning ornini bosuvchi yangi mahsulotni ishlab chiqarishni ham anglatadi. Kuchli raqobat muhitida yangi texnika va texnologiyalarni qollash asosida yangi mahsulotni, yangi bozorga olib chiqishni ham bildiradi. Investitsiya kashfiyotlar asosida fan va texnika sohasida yangi bilimlarni qollashga kiritilishini, yangi ilgor texnika va texnologiyalarni yaratilishini, ularni ishlab chiqarish va xizmat korsatish sohalarida qollanilishini, ular asosida yangi tovar va xizmatlarni yaratilishini va ular hisobiga raqobatni kuchaytirishni, yangi bozorni egallashni ham anglatadi.
Innovatsiya ananaviy va yangi ilm-fan sigimi yuqori bolgan tarmoq sohalarida iqtisodiy osishni va raqobatbardoshlikni doimiy ravishda taminlovchi zaruriy vosita sifatida namoyon boladi.
Innovatsiyaning asosiy xususiyatlari:
Ilmiy-texnik yangilik;
Amaliy qollanilishi;
Tijoriy amalga oshirilishi, yani bozorda malum darajada istemolchilar talabini qondira olishi.
Umuman olganda, innovatsion jarayon - bu yangilik goyadan to mahsulotgacha shakllanishi va bozorga tarqalishidir.
Innovatsion jarayon bosqichlari:
1-bosqich bu yangi goya va bilimlar;
2-bosqich bu yangilikni (novatsii) amaliy faoliyatga tadbiq etish, yani innovatsiya;
3-bosqich bu innovatsiyalar diffuziyasi. Yani innovatsion mahsulot, xizmat va texnologiyalarni yangi makon va sharoitlarda qollanilishi.
Shunday qilib, innovatsiya tushunchasi barcha sohalardagi (ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot va boshqa) ishlanmalar, yangiliklar va takomillashtirilgan vositalar sifatida, sarf-xarajatlar imkoniyatlarini taminlaydi yoki bolmasa ularni taminlash uchun sharoit yaratadi.
Innovatsiyalarni oxir-oqibat maqsadi tovar (mahsulot) raqobatbardoshligini kuchaytirish, uning bozorini kengaytirish, firma (korxona) faoliyati barqarorligini taminlash asosida foyda (daromad) hajmi va normasini kopaytirishdir.
Innovatsiyalar ozining predmeti va qollash sohalari boyicha quyidagilarga bolinadi:
-mahsulotli (yangi tovar yoki xizmatlar);
-bozorboplik (tovarni ishlatilishini yangi sohalarini tashkil etuvchi yoki xizmatlarni yangi bozorda tadbiq etish);
-innovatsiyalik jarayonlari (texnologiyalar, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish jarayonlari)
Innovatsiyalarni qayd etilgan mezonlar boyicha tiplarga ajratish firma (korxona) strategiyasini aniqlash, innovatsiya tiplaridan kelib chiqib tovar (xizmatlari) realizatsiya shakllari hamda iqtisodiy mexanizm boshqarish shakllarini ishlab chiqish imkoniyatlarini beradi. Har qanday yangilik, yani innovatsiya aniq loyihalarda oz ifodasini topadi, aniq maqsadlarga qaratiladi hamda chuqur hisob-kitoblar, tahlil va ekspertiza asosida bolajak natijalari istiqboli aniqlanadi.
Innovatsiya har qanday sohada yangilikni qollash bolib, uzluksiz jarayonni bildiradi, tizimli faoliyatni, aniq strategiyani amalga oshirishdan dalolat beradi.
Yangilikka intilish, yaratuvchanlik, kashfiyotlar va ular asosida qolga kiritiladigan ishlanmalar har qanday sohada resurs talab etadi.
Har qanday iqtisodning bosh boginini ishlab chiqarish tashkil etishi munosabati bilan, uni muntazam ravishda yuksaltirish, yangilanishni, ilgor texnika va texnologiyalardan foydalanishni, progressiv boshqaruv usullarini qollashni, turli yonalishlarda samara keltiruvchi iqtisodiy-moliyaviy resurslarni, yani investitsiyalarni kiritishni talab etadi.
Makroiqtisodiy darajada innovatsiyalarga qaratilgan investitsiyalar ijtimoiy-iqtisodiy tizimni takomillashtirishga qaratiladi va iqtisodiy taraqqiyotni umumiy shart-sharoitlarini yaxshilab boradi hamda iqtisodiy mexanizmlarning takomillashtirilishini taminlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish mukammal omillarga ega bolishi talab etiladi va zaruriy iqtisodiy resurslar, yani investitsiyalarni talab etadi. Bunda innovatsiyalarga qaratilgan investitsiyalar ijtimoiy-iqtisodiy tizimning moddiy, ijtimoiy-iqtisodiy va goyaviy-siyosiy belgilarini takomillashtirilishiga safarbar etiladi. Bunday investitsiyalar resurslar, ishlab chiqariladigan mahsulotlar, xizmatlar, mulkchilik shakllari, iqtisodiy mexanizm, intilinayotgan goya va siyosatning ustuvorligini taminlanishiga qaratiladi.
Xulosa qilib aytganda, makroiqtisodiyot darajasida innovatsiyalarga qaratilgan investitsiyalar kuchli raqobat muhitida firma (korxona)larning raqobatbardoshligini taminlash bilan bogliq bolgan ularning mavqeini mustahkamlash bilan, samaradorligini yuksaltirish, foyda (daromadi) hajmi va meyorini oshirish bilan bogliq bolgan investitsiyalardir.
Ozbekiston iqtisodiyotida firma (korxona)lar hayotiyligini taminlash, ular rivojlanishi va daromaddorligini orttirish, fan va texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalangan holda, jahon talablari darajasidagi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishdir. Yangi, zamonaviy va ilgor texnika-texnologiyalarni qollagan holda sifatli, arzon tovar va xizmatlarni tashqi bozorlarga etkazish uchun qaratilgan investitsiyalar innovatsion investitsiyalardir. Erkin raqobat muhitida firma (korxona) innovatsiya strategiyasini yaxlitlikda taminlashga qaratilgan investitsiyalar:
ishlab chiqarish hayotiyligini saqlab qolish;
jamoa rivojlanish dasturini taminlash;
zamonaviy boshqarish usullarini qollash;
foydani maksimallashtirish;
jamoa faoliyatini takomillashtirish;
yangi sohalarga kirib borish;
manfaatlarga mos keladigan maqsadlarga erishish;
moliyaviy holatga risk vaziyat tasirini kamaytirish qobiliyatiga ega bolish kabi vazifalarni qamrab oladi va ularni taminlashga qaratiladi.
Songgi yillarda Ozbekistonda innovatsion loyihalarni tatbiq etishning tashkiliy-huquqiy va institutsional asoslarini rivojlantirish maqsadida bir qator qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. Shu jumladan, 2006 yil 7 avgustda PQ436 sonli «Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida»gi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori.
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi PQ-916 sonli «Innovatsion loyihalar va texnolgiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni ragbatlantirish borasidagi qoshimcha chora-tadbirlari togrisida»gi qarori. Ushbu qaror asosida Respublika innovatsion goya, texnologiya va loyihalar yarmarkasi amalga oshirilmoqda. Bu yarmarka Iqtisodiyot Vazirligi, Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish Qomitasi, Fanlar akademiyasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo Vazirligi tomonidan tashkil etilgan. Respublika innovatsion goya, texnologiya va loyihalar yarmarkasi mamlakatimiz korxonalariga ilmiy-innovatsion faoliyat natijalarini joriy etishga, ularning samaradorligini oshirishga tasir etuvchi mexanizm bolib xizmat qiladi.
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi PQ-916 son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi 2008 yil 15 oktyabrdagi № 228-sonli «Texnologiyalar transferi agentligi» davlat unitar korxonasi faoliyatini takomillashtirish to’g’risida» qaror qabul qildi. Agentlikning asosiy vazifalari innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va ularni ishlab chiqarishga joriy etish; innovatsion texnologiyalarni, shu jumladan, xorijiy innovatsion texnologiyalarni mustaqil ekspertizadan otkazish, moslashtirish va mamlakatimiz amaliyotiga joriy etish; ilmiy-texnik ishlanmalarni tijorat sotuvi obekti sifatida ishlab chiqarishga joriy etish loyihalarini tuzish va amalga oshirish; ilmiy-texnik ishlanmalar natijalarini tijoratlashtirish sohasida xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni amalga oshirish.
Respublikada innovatsion faoliyatni qollab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida 2002 yilda «Innovatsion ilmiy-texnikaviy faoliyatni moliyalashtirish Fondi» tashkil etilgan edi. Otgan davr ichida 1070 ta innovatsion loyihalar bu fonddan moliyaviy yordam oldilar.
2003-2014 yillar respublikada innovatsion faoliyatni innovatsion loyihalar dasturi asosida bajarilish yonalishlari agrosanoat majmui boyicha 14 tadan 138 taga, mashinasozlik va asbobsozlik boyicha 12 tadan 63 taga, sogliqni saqlash boyicha 8 tadan 113 taga, ekologiya boyicha 2 tadan 36 taga, farmakologiya boyicha 7 tadan 89 taga, axborot texnologiyasi boyicha 2 tadan 102 taga, geologiya va qayta ishlash tarmoqlari boyicha 3 tadan 68 taga, energetika boyicha 12 tadan 115 taga, kimyoviy texnologiya boyicha 12 tadan 91 taga va ijtimoiy yonalish boyicha 40 tadan 247 tagacha kopaydi.
Respublikada YaIM tahlil etilayotgan davrda 6 barobarga osgan bolsada, innovatsion tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun byudjetdan ajratilayotgan mablaglarning YaIM dagi hissasi 2007 yilda 0,006 foiz bolgan bolsa, 2014 yilga kelib 0,072 foizni tashkil etdi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda bu korsatkich YaIMni 10-14 foizini tashkil etadi. Innovatsion tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun unga ajratilayotgan mablaglar hissasini oshirish zarur.