3. Innovatsiya faoliyati tadbirkorlik taraqqiyotini yuksaltirish omili sifatida Jahon sivilizatsiyasi tarixi tasdiqlashicha, iqtisodiyotni rivojlantirishning bosh kuchi bolib tadbirkorlik xizmat qiladi. Tadbirkor har qanday imkoniyatni boy bermasdan, oz manfaatida ozi uchun iloji boricha maksimal yutuq maqsadida, hech qanday talofatlardan qorqmay tashabbusni qolga oluvchi, kuchli va harakatchan insondir. A. Smitni kozga korinmas qol qoidasiga binoan, tadbirkor har qanday imkoniyatni nafaqat ozi uchun balki jamiyat kelajagi uchun ishlatuvchidir. Tadbirkor bolish, demak, yangi ishni amalga oshirish qarorini qabul qilishdir.
Tadbirkorlik, istemolchilarni turli tovar va xizmatlar bilan taminlash yoli bilan, daromadni oshirishga qaratilgan turli faoliyatdir. Tadbirkorlik faoliyati doimiy ravishda oz mulkiy masulligidan, oz qorquv va tavakkalligidan kelib chiqib yuritiladigan faoliyat hisoblanadi. Haqiqiy tadbirkor faqat oz goyasiga ega bolgan insonlardir, olimlarni fikriga kora, dunyodagi insonlarni faqat 15-20 foizigina tadbirkordek fikr yuritish va harakat qilish qobiliyatiga egadirlar. Amerikaliklar tadbirkorlarning millatini oltin foyda deb atashadi. Nobel mukofoti laureati, taniqli iqtisodchi Fridrix Fan Xayekni fikricha, tadbirkorlikning mohiyati yangi iqtisodiy imkoniyatlarni izlashdir, uni axtarib topishdadir.
Tadbirkorlik oddiygina faoliyat emas, u yaratuvchanlikka mos va xos faoliyatdir. Tadbirkorlikni yuritish va yuksaltirish uchun tadbirkor ijodiy xislatga ega bolishi kerak. Tadbirkor oz ishini boshlar ekan, uni u aniq bir jarayon sifatida tasavvur qila olishi va bilishi zarur.
Tadbirkorlikka xos bolgan xislatlar bular: tashabbuskorlik; yaratuvchanlik; ijodkorlik; yangilikka intiluvchanlik; ozining goyasiga ega bolmoqlik; tavakkalchilik va qaltislikni oz boyniga olmoqlik; novatorlik, eskini buzib, ijodiy ravishda yangilikni kiritmoqlik, yani doimiy rivojlanmoqlik; faoliyat oqibatlarini kora bilmoqlik; oz majburiyatlarini bajarmoqlik; oz qaroridan qaytmaslik; uddaburonlik va doimiy intiluvchanlik, yaratuvchanlik.
Qayd etilgan xislatlarga ega bolganlargina tadbirkorlikni aniq jarayon sifatida tasavvur qila oladilar, buzish qobiliyatiga ega bola oladilar, yangilikni yaratish imkoniyatiga ega boladilar.
Tadbirkorlik taraqqiyoti novatorlikdadir, yani eskini ijodiy yondashuv asosida buzib, yangisini ijod etishdadir. Taniqli nemis iqtisodchisi D.A.Shumpeterni fikriga kora, texnologiya taraqqiyoti iqtisodiy yuksalishni boshqaradi, novatorlik yani doimiy ijodiy yondashuv va yaratuvchanlik rivojlanishni taminlaydi. D.A.Shumpeterni fikriga kora, inovatorlikni amalga oshiruvchisi bolib tadbirkor xizmat qiladi, moliyaviy mablaglar esa uni taminotini tashkil etadi. Demak, tadbirkorlik oz mazmun-mohiyatiga kora ijodkorlik, yaratuvchanlik, yangilikni tadbiq etmoqlik, tashabbuskorlik negizida tadbirkorlik, uddaburonlik, intiluvchanlik va doimiy rivojlanmoqlikni anglatadi. Ushbu jihatdan tadbirkorlik faoliyati innovatsiya faoliyatidan boshqa narsa emasdir. Haqiqiy tadbirkorlik negizida novatorlik, yangilikni kiritish, hayotga tadbiq etish yoli bilan rivojlanishni taminlash yotadi. Tadbirkorlik taraqqiyoti intiluvchanlikda, novatorlikda, yangiliklarni tadbiq etmoqlikda, tavakkal qilmoqlikda, qaltislika qol urmoqlikda va oz qarorlaridan qaytmaslikda hamda masuliyatni seza bilmoqlikdadir. Bularni jami innovatsiya faoliyatiga ham xos bolgan belgilar bolib, tadbirkorlik taraqqiyotini yuksaltirish omili sifatida xizmat qiladi.
Tadbirkorlikni innovatsion faoliyatsiz his qilib bolmaydi, ushbu jihatdan tadbirkorlik faoliyati oddiy biznesdan farq qiladi. Tadbirkorlik taraqqiyoti novatorlikdan, erkin bozor talablarini bilmoqlikda, ularni istiqbolini his etmoqlikda, ularga mos tovar va xizmatlarni etkazmoqlikda va shu yol bilan oz maqsadlariga erishmoqlikdadir. Faqat innovatsiyalarga tayangan holda tadbirkorlikni yuritish tadbirkorlik faoliyati maqsadiga xos bolgan yutuqlarni va yuqori daromadni taminlaydi. Bunda tadbirkorlik faoliyati erkin raqobat muhitida sinmaydi, u faol rivojlanadi, taraqqiyotga erishadi, yuksaladi.
Innovatsion tadbirkorlik uch asosiy turga bolinadi:
mahsulot innovatsiyasi;
texnologiya (ishlab chiqarish) innovatsiyasi;
ijtimoiy innovatsiya.
Mahsulot innovatsiyasi - korxona mahsulotini sotish darajasi imkoniyatini yangilash jarayonini namoyon etadi.
Texnologiya innovatsiyasi - ishlab chiqarish imkoniyati (potentsial) yangilash jarayonidir
Ijtimoiy innovatsiyalar korxonaning gumanitar doirasini reja asosida yaxshilash jarayonini namoyon etadi.
Ozbekiston iqtisodiyotida faqat innovatsion tadbirkorlik raqobatga bardosh bera oladi, rivojlana oladi, taraqqiyotga erisha oladi, chunki uni innovatsiyalar yuksaltira oladi. Novatorlik asosida innovatsiya faoliyatiga tayanib tadbirkorlikni tashkil etish, oddiy biznesni yuritishdan farqli ravishda rivojlanishni taminlaydi. Doimiy izlanishga, yangilikni kiritishga, raqobatbardoshlikni yolga qoyishga, muntazam modernizatsiyalarni taminlashga, fan va texnika yutuqlari natijalarini joriy etib borishga qaratilgan tadbirkorlik albatta oz taraqqiyotiga erishadi va yuksalib boradi, chunki u bunda bozor talablarini qondira oladi, natijalarga erisha oladi.