Reja: Innovatsiyalarning


O'z-o'zini nazorat qilish uchun savollar



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə56/74
tarix14.04.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#97709
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   74
маруза24,09,2022 (1)

O'z-o'zini nazorat qilish uchun savollar:
1. Innovatsion siyosatga ta’rif bering va xorijiy davlatlarda tavsif bering
2. Rivojlangan sanoat mamlakatlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning qaysi mintaqaviy dasturlarini ajratib ko'rsatish mumkin
3. Mintaqaviy innovatsion siyosatning xususiyatlari
Kirish. 2
1. Davlat innovatsion siyosatining shakllanishi. 3
2. Innovatsion siyosatning asosiy yo'nalishlari. 5
3. Mintaqaviy innovatsion siyosat: maqsadlar va rivojlanish ustuvorliklari. o'n
Xulosa. o'n to'qqiz
Umumiy iqtisodiy inqiroz sharoitida mintaqada innovatsion faoliyatni faollashtirish faqat mintaqaviy va munitsipal darajalar rivojlanishiga asoslanadi samarali dastur mintaqaviy innovatsion siyosat
Mavzu : Innovatsion tadbirkorlik: rivojlanish muammolari va xorijiy tajriba.
Reja

      1. Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy mamlakatlar tajribalarni o‘rganish zaruriyati.

      2. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda innovatsion faoliyatni tashkil etiishi

      3. Faol innovatsion-investitsion siyosat va bu borada xorijiy davlatlar saboqlari

      4. Fan-innovatsiya-investitsiya-ishlab chiqarish zanjiri va bu jarayonning xorijiy davlatlar tajribasi hamda uning respublikamizda foydalanish mumkin bo‘lgan jihatlari

      5. Xorijda innovatsion faoliyatni moliyalashtirilishi


        1. Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy mamlakatlar tajribalarni o‘rganish zaruriyati.


O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini yanada rivojlantirish uchun innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishning xorijiy tajribasini o‘rganish muhim hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanishning innovatsion modeli davlatning bevosita aralashuvi orqali yaratiladi. Innovatsion model ishlab chiqarishda ilmiy texnik bilimlar va yangi texnologiyalarning keng qo‘llanilish holatini nazarda tutadi. Rivojlangan mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotning 70 foiz qo‘shimcha o‘sishi yangi bilimlar, joriy etiladigan texnologiyalar, kadrlar tayyorlash va ishlab chiqarishni tashkil etish hisobiga ro‘y beradi.Zamonaviy iqtisodiyotda samaradorlikni oshirish yo‘llari ko‘p bo‘lib, ulardan biri bu venchur tadbirkorlik hisoblanadi. Venchur tadbirkorlik har xil sanoat turlarida uchraydi, shu jumladan xizmat ko‘rsatish sohasida ham. Ammo venchur investitsiyalarning katta qismi odatda tavakkalchiligi yuqori bo‘lgan yuqori texnologiyalar sanoatiga yo‘naltiriladi. Shunga qaramay AQSH(oxirgi 20 yilda eng katta venchur kapital bozori) statistik ma’lumotlariga ko‘ra venchur investitsiyalar yuqori daromadli hisoblanadi. Ularning o‘rtacha daromadliligi 19 foizni tashkil etadi. Mamlakatlar miqyosida venchur kapital salmog‘ini
qarab chiqqanda, AQSH va Kanada birgalikda jahonning 60foiz venchur kapitalini, Evropa 25 foiz, Osiyo 9 foiz, Afrika 2 foiz, Lotin Amerika va MDH davlatlari 1foizni jalb qiladi. Shu bilan birga venchur kapitalining hajmi va tuzilishi mamlakatda innovatsion iqtisodiyot shakllanishiga kuchli ta’sir o‘tkazadi. Masalan, Amerikada venchur kapitali ellik yil davomida rivojlanib keldi. 1950 yillarda paydo bo‘lib, 1970-80 yillarda odatiy xo‘jalik shakliga aylandi. Amerika innovatsion modeliga xos xususiyat bu davlat tomonidan qo‘llab quvvatlanadigan kichik venchur korxonalarini rivojlantirish hisoblanadi. Ilmiy texnik tadqiqotlarning olib borilishi va sotilishi davlat tomonidan faol qo‘llab quvvatlanadi. Amerikada xususiy korxonalarning innovatsiyalarni yaratishdan olingan daromadi uchun soliq yuki past hamda bu korxonalar uchun qo‘shimcha imtiyozlar mavjud.
Yaponiya fan va texnologiyalarning rivojlanishi bo‘yicha AQSH dan keyin jahonda ikkinchi o‘rinni egallaydi. Yaponiyada ham 1980 yillarning o‘rtalaridan tarkibida venchur kapitali bo‘lgan kichik innovatsion korxonalar iqtisodiy rivojlanishning innovatsion modelini shakllantirish asosi sifatida e’tirof etila boshlandi. Bu turdagi korxonalar hozirda Yaponiya yalpi ichki mahsulotining 52 foizni yetkazib beradi. Venchur biznesini moliyalashtirishda Yaponiyada xususiy kapital bilan birgalikda davlat ham faol qatnashadi. Ba’zida yuqori texnologiyali sanoatda innovatsiyalar diffuziyasiga erishish uchun davlat tomonidan yangi korporatsiyalar tashkil etiladi. Yirik shaharlarda birjadan tashqari qimmatli qog‘ozlar bozorining mavjudligi yapon venchur biznesining tez rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Yapon siyosatining maqsadlaridan biri bu kichik, lekin bozor talabiga egiluvchan innovatsion korxonalarni yaratish hisoblanadi. Bu korxonalarda yangi texnologiyalarni va yangi mahsulotlarning yaratilishi tor ixtisoslik orqali amalga oshiriladi. Oxirgi yillarda Yaponiya ilmiy texnik ishlanmalarga investitsiyalar bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallab turibdi. Innovatsiyalarga investitsiyalarni asosan yirik moliya-sanoat guruhlari va xususiy sektor amalga oshiradi.
Lekin AQSH, Yaponiya va Buyuk Britaniyadan farqli ravishda ko‘pgina Evropa davlatlarida iqtisodiy rivojlanishning innovatsion modeli boshqacha ko‘rinishda, shu jumladan, venchur kapitali ham. Masalan, Fransiya va Germaniyada innovatsiyalar yaratish bo‘yicha ko‘pchilik tadqiqotlarni yirik korxonalargina o‘z zimmasiga oladi. Ular innovatsion jarayonlarning barcha texnik bosqichlarini o‘zlari nazorat qiladi. Avvaliga, Germaniyada yuqori texnologiyalarni rivojlantirish AQSH tajribasiga asoslanib yirik texnologik dasturlar orqali amalga oshirilardi. Bunda AQSH, Fransiya, Yaponiya va Buyuk Britaniyaning inkubatorlar va ilmiy texnologik parklar yaratish bo‘yicha tajribasi qo‘llanilgan. 1980 yillardan boshlab Germaniyada asta sekin kichik shaharlarda innovatsion jamg‘armalar tashkila etila boshlandi va innovatsion faoliyat yirik korxonalardan kichik va o‘rta korxonalarga ko‘cha boshladi. Bu turdagi kichik innovatsion jamg‘armalar davlat ko‘magi va qiziqish bildirgan xususiy sektor yordamida tuzilgan.
Misli ko‘rilmagan darajada iqtisodiy o‘sish Janubiy Koreyada kuzatilmoqda. 1976 yildan 2006 yilgacha Koreyada o‘rtacha YaIMning o‘sishi 9 foizni tashkil etdi. Qisqa muddatda Janubiy Koreya qoloq davlatdan yuqori texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi markazga aylandi. Janubiy Koreyaning bunday yutuqqa erishishida ilmiy texnik salohiyatning kuchayishi asosiy omil sifatida e’tirof etiladi.
Turli xil davlatlarning tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, venchur biznesi innovatsion rivojlanish modelini va uning investitsion ta’minoti keskin o‘zgartirib yuborishi, natijada, invetitsion resurslarning narxi tushishi mumkin. Masalan, hozirgi rivojlangan davlatlar Yaponiya, AQSH hamda Germaniya og‘ir davrlarda ham iqtisodiy rivojlanish uchun muhim bo‘lgan ilmiy ishlanmalarga investitsiyalarni ko‘paytirib borgan.


        1. Yüklə 1,17 Mb.

          Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin