Tayanch iboralari
Davlat innovatsion siyosati, Innovatsion mexanizm, qo‘shma innovatsion loyiha, Innovatsiyalarning tashkiliy mexanizmi, qonunlar, qarorlar, nizomlar, innovatsion ishlanmalar, potensial iste’molchi.
Nazorat savollari
Davlat innovatsion siyosati qanday bosqichlarni o‘z ichiga oladi?
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlashning asosiy yo‘nalishlarini sanab o‘ting.
Innovatsion faoliyatda davlat tomonidan xalqaro aloqalar tartibga solinadimi?
Davlat tomonidan innovatsion jarayonni tartibga solishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri usullarini tavsiflang.
Davlat tomonidan innovatsion jarayonlarga ta’sir etishning bilvosita usullari nimalar bilan tavsiflanadi?
Innovatsion jarayonni boshqarish tizimini tavsiflang.
Innovatsion jarayonni huquqiy tartibga solish nimani bildiradi?
Mavzu:O‘zbekistonning Innovatsion rivojlanish strategiyasi.
Reja
O'zbekiston Respublikasi innovatsion siyosatining shakllanishi va uning asosiy yo‘nalishlari.
O'zbekiston Respublikasi Innovatsion sohada davlat tomonidan tartibga solish usullari.
O'zbekiston Respublikasi Innovatsion faoliyat rivojlanishining huquqiy asoslari.
Bilim, innovatsiya va g'oyalarning ommalashuvi turmush sifatining yaxshilanishiga xizmat qiladi. Sog'likni saqlash sohasidagi yangicha yondashuvlar hayotning davomiyligi va turli kasalliklardan saqlanish darajasini oshirsa, axborot texnologiyalari yoki gadjetlar sohasidagi ilmiy yutuqlar hayotimizni engillashtiradi. Demak, mamlakat taraqqiyotida ilmga asoslangan yangicha texnologiyalarning o'rni katta.
Joriy yilning 6 iyul` sanasida Prezidentimiz “2022-2026 yillarda O'zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi farmoni hamda ushbu hujjatda belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash, bu uchun zarur huquqiy, moddiy bazani yaratishga qaratilgan “2022-2026 yillarda O'zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida” gi qarorni imzoladi.
Mazkur hujjatlar innovatsion rivojlanish sohasida davlat organlari va tashkilotlarining say'-harakatlarini birlashtirishga qaratilgan strategik hujjatdir. Uning zamirida mamlakatimizning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligi va innovatsion jihatdan taraqqiy etganini belgilovchi asosiy omil sifatida inson kapitalini rivojlantirish, qolaversa, 2026 yilga kelib mamlakatimiz Global innovatsion indeks reytingi bo'yicha jahonning 56 ta ilg'or mamlakati qatoriga kirishiga erishishdan iborat.
So'nggi yillarda milliy innovatsion tizimni rivojlantirishga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilmoqda. Ilmiy tadqiqotlar uchun inson kapitalini, ilm-fan, innovatsiyalar va texnologiyalar transferini rivojlantirish asosiy yo'nalish sifatida belgilanib, innovatsion faoliyatni moliyalashtirish tizimi yanada takomillashgani fikrimiz isboti. Bundanda yuksak natijalarga erishishi uchun esa, iqtisodiyotning real sektorida ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, ilm-fan, ta'lim va sanoat o'rtasidagi hamkorlikni kengaytirish zarur. Davlatimiz rahbarining Farmoni shu kabi muhim masalalarni qamrab olgan.
Startap — ilgari mavjud bo'lmagan biznes loyiha. Har qanday startap g'oyasi yangilikka — yangi mahsulot, yangi texnologiyalar va ilgari amaliyotga tatbiq etilmagan faoliyatga asoslanadi. Ilg'or xorij tajribalariga tayanib aytish mumkinki, startap ekotizimi o'zgarishlarga tez moslashadigan, ilg'or texnologiyalarga asoslangan ishbilarmonlik muhitida rivojlanadi.
Innovatsion infratuzilma sub'ektlari tarmog'ini shakllantirish orqali startap tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash hamda yirik hajmli ishlab chiqarishni tashkil etish Strategiyaning asosiy yo'nalishlaridan biri etib belgilangan. Aytish joiz, so'nggi yillarda mamlakatimizda innovatsion infratuzilma mustahkamlanib, 11 ta iinovatsion markaz, 8 ta texnopark hamda inkubatsiya va akselartsiya markazlari, innovatsion loyihalarni sinovdan o'tkazish bo'yicha tajriba maydonchasi, chekka huddular uchun “DMS” teletibbiyot innovatsion klinikalari yaratildi.
Texnopark — hududiy, ilmiy, texnologik va innovatsion loyihalarni amaliyotga tatbiq etuvchi texnologik baza hisoblanadi. Hozirda texnoparklar zamonaviy ilm-fan shaharlari — yangi texnologiyalarni joriy etish uchun nafaqat platforma, balki, noyob me'moriy loyihalar amalga oshiriladigan makon hamdir. Hujjatda belgilangan vazifalar mana shunday maskanlar sonini oshirish barobarida yosh izlanuvchilar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi. endilikda innovatsion faoliyat sub'ektlari soni 613 tadan 2 250 tagacha, innovatsion infratuzilma sub'ektlari soni esa 3 baravarga oshadi. Innovatsion tadbirkorlik natijasida yaratiladigan yangi ish o'rinlari sonini 4 baravarga oshirilishi natijasida ham bandlik ta'minlanadi, ham yangi turdagi mahsulotlar soni va sifati ortadi.
Shuningdek, farmon orqali kichik tadbirkorlikning innovatsion faolligini oshirib, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy jadal o'sishini ta'minlash, innovatsion texnologiyalar yaratishning g'oyadan yakuniy iste'molchigacha bo'lgan kompleks tizimini ta'minlash orqali innovatsiyalarga bo'lgan talabni rag'batlantirishga ham alohida e'tibor qaratilmoqda.
Mamlakatimiz miqyosida yaratilgan innovatsion ekotizimni yanada kengaytirish, xususan, ilmiy faoliyat va startap-tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash, mehnat unumdorligini oshirish, yangi ish o'rinlarini yaratish zarurligini darvrning o'zi talab qilmoqda. Bu iqtisodiyotning ustuvor vazifasidir.
Milliy innovatsion ekotizimni rivojlantirishning yana bir dolzarb vazifasi — jahon tajribasini hisobga olgan holda mamlakatimizda klaster tizimini yanada rivojlantirishdan iborat. Bugun respublikamiz hududlarini rivojlantirish, mahalliy imkoniyatlar va tabiiy zaxiralardan keng foydalanish hisobiga amalga oshirilmoqda. Mavjud tabiiy zaxiralarning tugash xavfi ortib borishi esa mamlakat yalpi ichki mahsulotida ilmiy sig'imli (innovatsion) mahsulotlar ulushini oshirish uchun jahonning etakchi davlatlari ilg'or amaliyotiga tayangan holda sanoat klasterlarini yanada rivojlantirishni taqozo etadi. Tadbirkorlikda innovatsion faollikni oshirish bo'yicha belgilangan vazifalar ijrosi mana shunday katta maqsadlarning amalga oshishida muhim omil bo'ladi.
Bugungi kun uchun ilm-fanni rivojlantirish davlat ahamiyatiga molik eng muhim strategik vazifa sanaladi. Innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishda “tarmoq — hudud — ilmiy/oliy ta'lim tashkilot” zanjirining yaxlit tizimini joriy etish ham Farmonda ko'rsatib berilgan. Hududiy tarmoq tashkilotlari innovatsiyalarga bo'lgan ehtiyojlar portfelini ishlab chiqib, Innovatsion rivojlanish vazirligining hududiy boshqarmalariga taqdim etadi. Mazkur tashkilotlar esa o'z navbatida tarmoq muammolarining ilmiy echimini ta'minlash bo'yicha ijrochi ilmiy/oliy ta'lim tashkilotini, ya'ni innovatsion “spin-off” kompaniyasini tanlov asosida aniqlaydi va “1+1” printsipi asosida tarmoq tashkilotlari bilan birga ishlab chiqilgan loyihalarni moliyalashtiradi. Mahsulot bozorda muvaffaqiyatli o'zlashtirilsa, sanoatda seriyalab ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida investitsiya portfeli ishlab chiqiladi. Bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan jarayonda g'oya katta foyda keltiradigan mahsulotga aylanadi.
Hujjatda belgilangan yana bir muhim jihat — innovatsion hududga aylantirilgan tumanlarda hokimning innovatsion rivojlanish masalalari bo'yicha o'rinbosari lavozimi joriy qilinishi. Bunday yondashuv yangi loyihalarning amaliyotga tatbiq qilinish jarayonini engillashtiradi.
elektron kooperatsiya portali orqali amalga oshiriladigan innovatsion mahsulot va xizmatlarni to'g'ridan-to'g'ri xarid qilishga oid shartnomalarning reestrini yuritish, hamda investitsion loyihalarda innovatsiyalarni joriy qilish, hududlarda o'zlashtiriladigan investitsiya loyihalarini texnologik echimlar bilan to'ldirish, shu yo'nalishlarga investitsiya olib kelinishida ko'maklashish ham galdagi muhim vazifamiz sanaladi.
Aytish joiz, oxirgi 4 yilda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish bo'yicha maxsus institutlar soni 28 taga etkazildi. 2018 yildan boshlab har yili o'tkazilayotgan Xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligi — “Innoweek.uz” xorijiy innovatsion va ilmiy markazlar, investitsion fondlar, texnologik agentliklar, texnoparklar va biznes-inkubatorlarni bir maqsad yo'lida jamlovchi innovatsion texnologiyalar platformasiga aylanmoqda.
Jahon iqtisodiyotining bugungi globallashuvi sharoitida yuqori marralarga erishish uchun salmoqli moddiy, moliyaviy, mehnat resurslari va iqtisodiy-siyosiy omillar darkor. Mamlakatimizda kechayotgan iqtisodiy islohotlar va iqtisodiy siyosatni kuzatar ekanmiz yurtimizda mana shunday omillarning barchasi mavjud ekaniga guvoh bo'lamiz. Demak, ko'zlangan maqsadga erishish uchun katta imkoniyat mavjud. Mana shu qulayliklardan o'rinli foydalanib, bor ilmiy salohiyatimzni ishga solib, yangi turdagi raqobatbardosh mahsulotlar yaratib, yurtimiz bozorlarini to'ldirish barobarida “O'zbekistonda ishlab chiqarilgan” belgisi ostida jahon bozorlariga ham olib chiqish katta maqsadimizdir. Uni amalga oshirish uchun dadil qadamlar tashlaymiz. Imkoniyatlar bizga mana shunday kuch beradi.
Илғор хорижий тажриба, жаҳон фанининг замонавий ютуқлари, инновацион ғоялар, ишланмалар ва технологиялар асосида иқтисодиётнинг барча тармоқлари ва ижтимоий соҳани жадал инновацион ривожлантиришни таъминлаш мақсадида, шунингдек, 2017 — 2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегиясида белгиланган вазифаларга, Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 29 ноябрдаги №ПФ-5264 сон “Ўзбекистон Республикаси инновацион ривожланиш вазирлигини ташкил этиш тўғрисида”ги Фармони ҳамда 2017 йил 30 ноябрдаги №ПҚ-3416 сон Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикаси Инновацион ривожланиш вазирлиги фаолиятини ташкил этиш тўғрисида”ги Қарорига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Инновацион ривожланиш вазирлиги ташкил этилди.
Вазирлик
Ўзбекистон Республикасини инновацион ва илмий-техник ривожлантириш соҳасида жамият ва давлат ҳаётини ҳар томонлама ривожлантиришга, мамлакатнинг интеллектуал ва технологик салоҳиятини оширишга қаратилган ягона давлат сиёсатини амалга оширади;
инновацион фаолиятни унинг самарадорлиги индикаторлари асосида баҳолайди, илғор технологияларни биринчи даражада жорий этиш талаб қилинадиган тегишли тармоқ ва соҳаларни ривожлантиришнинг асосий йўналишларини белгилайди;
инновацион ғоялар, ишланмалар ва технологияларни жорий этиш масалалари бўйича давлат бошқаруви органлари, илмий-тадқиқот ва ахборот-таҳлил муассасалари ҳамда бошқа ташкилотларнинг фаолиятини мувофиқлаштиради;
илмий-тадқиқот, таълим ва бошқа муассасалар томонидан амалга ошириладиган давлат илмий-техникавий дастурлари ва лойиҳаларининг ягона буюртмачиси ҳисобланади;
Вазифалар
мамлакатни ривожлантиришнинг узоқ муддатли сценарийларини ҳисобга олган ҳолда инновацияларни ишлаб чиқиш ҳамда давлат ва жамият қурилишига жорий этиш, шунингдек, жамият ва давлат тараққиётини таъминловчи илмий тадқиқотлар ва илғор технологияларнинг устувор ва истиқболли йўналишларини ривожлантириш стратегиясини белгилаш;
тез ўзгарувчан жаҳон конъюнктурасини ҳисобга олган ҳолда иқтисодиётнинг жадал ривожланишини таъминлаш бўйича стратегик ва олдиндан режалаштириш;
аҳоли ҳаёт даражаси ва сифатини яхшилаш, унинг фаровонлигини оширишни таъминлаш бўйича давлат органлари ва ташкилотлари фаолиятини ҳар томонлама таҳлил қилиш ва прогноз қилиш, шунингдек, мамлакат ижтимоий-иқтисодий салоҳиятининг барқарор ўсиши учун зарур шарт-шароитларни таъминлай оладиган фан ва инновацияларни ривожлантиришнинг замонавий инфратузилмасини шакллантириш;
қишлоқ хўжалигини модернизация қилиш ва интенсив ривожлантиришга йўналтирилган инновацияларни жорий этиш;
ижтимоий ривожланишга, шу жумладан таълим ва соғлиқни сақлаш тизимига инновацияларни жорий этиш;
атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва табиатдан фойдаланиш тизимига инновацияларни жорий этиш;
давлат илмий-техник ва инновацион сиёсатининг устувор йўналишларини белгилаш ҳамда грант асосида фундаментал, амалий ва инновацион тадқиқотларнинг давлат илмий-техникавий дастурларини тасдиқлаш;
мамлакатни ривожлантиришнинг узоқ муддатли сценарийларини ҳисобга олган ҳолда ноу-хауларни ишлаб чиқиш, инновацион фаолият ва рақобатбардош илмий-техника маҳсулотлари бозорини кенгайтиришга йўналтирилган замонавий технологияларни жорий этиш;
инновацион ғоялар, ишланмалар ва технологияларни жорий этиш бўйича халқаро ҳамкорликни ривожлантириш ҳамда норматив-ҳуқуқий базани такомиллаштириш.
Tadbirkorlik faoliyatida Innovatsion loyihalar samaradorligini baholash
Innovatsion tadbirkorlik fanining maqsadi va mohiyati.
Innovatsion tadbirkorlikni tashkil etish.
Innovatsion tadbirkorlikning rivojlanish bosqichlari.
Innovatsion tadbirkorlik faoliyatini boshqarish.
Innovatsion tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish.
Innovatsion tadbirkorlik faoliyatida markeing tizimi.
Tadbirkorlik faoliyatida Innovatsion loyihalar samaradorligini baholash.
Innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishda davlatning roli.
Innovatsion tadbirkorlik: rivojlanish muammolari va xorijiy tajriba.
Intellektual kapital, intellektual mulkni shakllantirish va boshqarish.
Innovatsiyalarning samaradorligi
Davlatning innovatsion siyosati.
O‘zbekistonning Innovatsion rivojlanish strategiyasi.
Dostları ilə paylaş: |