Reja: Innovatsiyalarning



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə61/74
tarix14.04.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#97709
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   74
маруза24,09,2022 (1)

Chuqur islohotlar fazasi(1996-2006 yillar). Besh yillik milliy byudjet rejasi va boshqa qator qarorlar fan va texnologiya sohasidi chuqur tizimli islohotlar fazasini boshlab berdi. Xitoyning asosiy strategiyasi “milliy iqtisodiyotni fan va ta’lim orqali yoshartirish” bo‘ldi. 1996 yilda hukumat “fan va texnologiyada bo‘ladigan ixtirolar va yangiliklar” to‘g‘risida qonun qabul qildi. Bu yangi siyosat uchta asosiy maqsadi:

    • innovatsiyalarni yaratuvchi kuchni tadqiqot institutlaridan sanoat tarmoqlariga ko‘chirish;

    • sanoat tarmoqlarining ilmiy ishlanmalarga investitsiyalarni sanoat tarmoqlarining innovatsion quvvatini kuchaytirish;

    • ilmiy yangiliklarni tijoratlashtirishni yaxshilash;

Shu davrda milliy innovatsion infratuzilmada to‘rtta muhim o‘zgarish yuz berdi. Jahon talablariga mos keluvchi Xitoy universitetlarin shakllantirish maqsadida “211 loyiha” dasturining davomi bo‘lgan “985 tashabbus” dasturi ishga tushirildi. Hukumat, shu bilan birga, Xitoy fanlar akademiyasida davlat institutlarida tadqiqot sifatini oshirish maqsadida “Bilim innovatsiya tashabbusi” dasturini ishlab chiqildi. Bundan tashqari davlat ilmiy tadqiqotlarni yanada qo‘llab quvvatlash maqsadida 973 dasturi va Yangzi daryosi olimlar dasturlarini ishlab chiqdi va shu orqali o‘qituvchi professorlarning ish haqini oshirish imkoniyati yaratildi.
Uzoq muddatli rejalashtirish fazasi(2006-2014 yillar). 2006 yilda Xitoy markaziy boshqaruv apparati 2006-2020 yillarga mo‘ljallangan “o‘rta va uzoq muddatli milliy rivojlanish rejasi” ni qabul qildi. 2006 yilgi Milliy Rejada fan va texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar, mustaqil innovatsiyalarni yaratish, muhim texnologik sohalarini tez rivojlantirish, asosiy infratuzilmani barpo etish kabilar qayd etib o‘tilgan. Bu rejada
barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish, innovatsiyalarni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish, innovatsion faoliyat quvvatini oshirishlarga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Shu davrda davlat endi olib borayotgan siyosati samaradorligini baholash va joriy etilishini boshqarishga katta e’tibor qaratdi. Oldin ishlab chiqilan qonunlar va qarorlarning joriy etilishida anchagina kamchiliklar bo‘lib, ularni yagona tushunarli tarzda tizimlashtirishni talab etardi. 2011 yilda Xitoy hukumati qobiliyatli yoshlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida “1000 ta iqtidorni ishga olish” dasturini ishga tushirdi. 2016 yilda bu dastur orqali 2000ga yaqin o‘z sohalarida yetakchi bo‘lgan olimlar Xitoyga qaytib keldi. 2012 yilda Xitoy o‘z oldiga 2020 yilgacha “eng innovatsion millat” bo‘lish maqsadini qo‘ydi. 2012 yilning oxirida o‘tkazilgan Kommunistik partiyaning 18 - majlisida milliy iqtisodiy rivojlanishda innovatsiyalar omili strategik ahamiyatga ega deb belgilandi.
Xitoyning fan va texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan oxirgi o‘ttiz yil davomida olib borgan siyosati innovatsion faoliyatni misli ko‘rilmagan darajada rivojlantirdi. 2002 yildan 2012 yilgacha Xitoyning YAIMi deyarli to‘rt barobar o‘sdi. Xitoy fan va texnologiyasi rivojlanishini ilmiy texnik ishlanmalarga yo‘naltirilgan investitsiyalar; innovatsiya natijalari-patentlar, mahsulotlar va ilmiy maqolalar; fan ta’limi hamda texnologik sohalarda iqtidorlarni yetishtirishda ko‘rishimiz mumkin. Fan va texnologiyaga yo‘naltirilgan investitsiyalar 2002 yilda YAIMning 1foiz dan 2012 yilda 2foizga o‘sdi. Sanoat tarmoqlarida ilmiy texnik ishlanmalarga kiritilgan investitsiyalar 2002 yilda jami investitsiyalarning 70foiz tashkil etgan bo‘lsa, 2012 yilda bu ko‘rsatkich 80foizga etdi. Xitoyda oxirgi yillarda patentlar bo‘yicha arizalar soni keskin ortdi. 2012 yildan beri Xitoy global innovatsiyalar indeksida mahalliy patentlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Xitoyda fan va texnologiyaning rivojlanishi ta’lim sohasi va malakali kadrlarni yetishtirish bilan birga bordi. Ta’lim sohasida o‘tkazilgan islohotlar ta’lim sifatini sezilarli oshirishga va universitetlarda o‘qiydigan talabalar sonini keskin oshishiga zamin
yaratdi. Masalan, universitet va institut bitiruvchilari 2002 yilda 1 mln 300 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2012 yilda bu raqam olti millionni tashkil etdi. Universitetlarda iqtidorli talabalar sonining ko‘payishi Xitoyning innovatsion tizimining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Shu bilan birga bu islohotlar iqtidorli yoshlarni yetishtrishda ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Masalan, “1000 ta iqtidor” dasturi xorijda bo‘lgan ko‘plab innovatsiyalarni yaratilishiga hissa qo‘shgan xitoylik iqtidorli olimlar va tadqiqotchilarni qaytarishga erishdi.
Innovatsion jarayon bosqichlarini o‘rganishning turli usullari mavjud. Masalan, R.Norman innovatsion jarayonni ikki qismdan tashabbus va ijrodan iborat deb hisoblagan. J.Xeydj va M.Eykenlar esa innovatsion jarayonni to‘rtga bo‘lib o‘rganishni tavsiya etgan, bular:

    • baholash;

    • tashabbus;

    • joriy etish;

    • rutinizatsiya(uzluksiz ishlab chiqarish).

Ba’zi olimlar innovatsion jarayonni tashkiliy kontekstda tahlil qilishadi. Masalan, J.Uilson uchta bosqichni ajratib ko‘rsatadi:[7.7]

    • konseptualizatsiya;

    • taklif kiritish;

    • qabul qilish va joriy etish.

Tomsonning fikricha innovatsion jarayonning boshlanishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi:

    • mavjud maqsadlar o‘rtasida uzilish;

    • haqiqiy vaziyat;

    • rivojlanish uchun qulay imkoniyat izlash.

Shu va boshqa qarashlar innovatsion jarayonni turli jihatlarini yoritib beradi. Innovatsiyalarning ko‘p qirraliligi bu tushunchaga yagona universal ta’rif berish imkonini bermaydi. Bundan tashqari vaqt o‘tishi innovatsiyalar tarkibi va xususiyatlar o‘zgarib boradi, bu esa ilmiy tadqiqotlarni yanada qiyinlashtiradi.

  1. Yüklə 1,17 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin