Reja: Inson falsafiy muammo sifatida. 1 Falsafa tarixida insonning kelib chiqishi haqidagi ta’limotlar



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix24.10.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#160991
1   2
G’arb falsafasi

Falsafa tarixida inson: 
«
aqlli mavjudot
»; 
«
siyosiy hayvon
»; 
«
tabiat gultoji
»; 
«
hayotning boshi berk ko‘chasi
»; 
«
hayotning soxta qadami
»; 
«
mehnat qurollari yasovchi hayvon
»; 
«
o‘zlikni anglash qobiliyatiga ega mavjudot
»; 
«
ma'naviy va erkin mavjudot
» va hokazolar sifatida talqin qilingan.


Sharq falsafasida inson. 
 
Qadimgi Sharq, xususan Xitoy 
falsafiy tizimlari asosan 
sotsiotsentrik konsepsiyalardan 
iborat bo‘lib, ularda inson, 
odatda, jamiyat, sotsium bilan 
uzviy bog‘liq deb qaraladi.
Qadimgi hind falsafasiga 
dunyoning ichki dunyosini birinchi 
o‘ringa qo‘yish, ya'ni antropotsentrizm 
xosdir. Masalan, buddizmda nirvanaga 
erishish inson barcha niyatlarining 
pirovard maqsadi deb e'lon qilinadi.


Umuman olganda, barcha zamonlarda 
insonda umumiy asosni izlash bilan 
band bo‘lgan Sharq tafakkuriga hozir 
ham insonni va uning tashqi dunyo 
bilan aloqasini tushunishga nisbatan 
G‘arb falsafasidagidan o‘zgacha 
yondashuv xosdir.
XX asr boshida hind mutafakkiri S.Vivekananda shunday deb yozgan 
edi: «Inson tabiatni o‘ziga bo‘ysundirish uchun tug‘iladi va bu o‘rinlidir, 
ammo G‘arb «tabiat» deganda faqat moddiy, tashqi dunyoni tushunadi 


G‘arb falsafasida inson.
Sharq tafakkurida insonga nisbatan yuqorida qayd etilgan yondashuvlar 
bilan bir qatorda tabiat, kosmos muammolari ham qadimdan muayyan 
o‘rin egallab keladi. Bunda insonga ulkan dunyodagi bir zarra sifatida 
qaraladi.
Ammo dunyoga nisbatan kosmotsentrik 
yondashuv antik falsafa rivojlanishining ilk 
bosqichlariga ko‘proq xosdir. Dunyoning 
mazkur talqiniga muvofiq birinchi o‘ringa 
Suqrot davridayoq falsafaning diqqat 
markazidan o‘rin olgan inson haqida mulohaza 
yuritish uchun ham tegishli zamin hozirlovchi 
dunyo va kosmos muammolari chiqadi.


Teotsentrizm falsafasini boshqa 
falsafiy nuqtai nazarlar – 
antropotsentrizm va kosmotsentrizm 
siqib chiqara boshlagan Uyg‘onish 
davrida insonga doir qarashlarda 
jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. 
O‘rta asrlarda inson u yoki bu korporatsiya vakili sifatida amal 
qilgan bo‘lsa, Uyg‘onish davrida u o‘zlikni anglash tuyg‘usi va 
ijtimoiy nuqtai nazari o‘sishi natijasida o‘z manfaatlarini ifoda 
eta boshladi. Inson shaxs sifatida kamol topdi. 


O‘sha davr falsafasida insonga bo‘lgan qiziqishning kuchayishi 
bilan bir qatorda tabiatga bo‘lgan qiziqish ham tiklandi. 
N.Kuzanskiy, J.Brunoning panteistik konsepsiyalari xristianlar 
Xudosini siqib chiqara boshladi.
Buyuk nemis faylasufi I.Kant (1724-
1804) insonni tushunish yo‘lida 
muhim qadam tashladi. U inson 
betakror mavjudot va u haqda alohida 
falsafiy mulohaza yuritish mumkin, 
deb hisoblar edi. 
U inson betakror mavjudot va u haqda alohida falsafiy mulohaza 
yuritish mumkin, deb hisoblar edi. 


I.Kantdan keyin nemis klassik falsafasida inson asosan madaniyat 
dunyosini yaratuvchi ma'naviy faoliyat sub'ekti sifatida, umumiy ideal 
asos – ruh, aql manbai sifatida tushunildi. L.Feyerbax (1804-1872) 
bu yondashuvga qarshi chiqdi. O‘sha davrda ob'ektiv idealizm 
falsafasida hukm surgan tushunchalar («g‘oya», «ruh»)ga zid 
o‘laroq, u «inson» kategoriyasini ilgari surdi. 


Yunoncha sophia – donishmandlik, anthropos – inson va logos – 
ta'limot so‘zlaridan kelib chiqqan «falsafiy antropologiya» 
atamasi etimologik jihatdan inson haqidagi falsafiy ta'limotni 
anglatadi.
Falsafiy antropologiya insonning 
alohida borliq manbai sifatida kelib 
chiqishi, tadrijiy rivojlanishi va 
mavjudligining o‘ziga xos 
xususiyatlariga doir falsafiy 
qarashlarni aks ettiradi.
Falsafiy antropologiya XX asrning 20-yillarida asosan M.Sheler, 
A.Gelen, X.Plesner asarlari ta'sirida uzil-kesil vujudga keldi. 
Xususan, M.Shelerning «Insonning kosmosdagi o‘rni» asarida 
inson haqida fundamental fan yaratish lozimligi qayd etiladi va 
uni falsafiy bilish dasturi taklif qilinadi.


Adabiyotlar:
 
1. Romanenko Y.M. Bitiye i yestestvo: Ontologiya i 
metafizika kak tipi filosofskogo znaniY. – M., 2003. 784 s. 
2. Falsafa asoslari. Nazarov Q tahriri ostida. –T.: Sharq, 
2005 
3. Shermuxamedova N.A. GnoseologiY. –T.O‘FMJ. 2007 
4. G‘arb falsafasi. Nazarov Q tahriri ostida. –T.: Sharq, 
2005. 
5. Nazarov Q.N. Bilish falsafasi. –T.: Universitet, 2005. 
6. Falsafa. Ahmedova M. Tahriri ostida –T.: OFMJ, 2006 
 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin