9 Mavzu Psixik jarayonlar va miyaning o\'zaro aloqadorligi
Inson - biosotsial mavjudotdir. Uning birligi, bir tomondan, kishining psixik, tugma ravishda tashkil topgan -xususiyatlari (masalan, korish yoki eshitish sezgilarining, shuningdek, oliy nerv tuzilishining oziga xos xususiyatlari), ikkinchi tomondan esa faoliyatning ongli sub`ekti va ijtimoiy taraqqiyotning faol ishtirokchisi sifatada uning xulq-atvor (masalan, axloqiy odatlar) xususiyatlarida namoyon boladi.
Xosh, odam psixikasi va xatti-harakatlarida namoyon boladigan bu xususiyatlarni nimalar sirasiga kiritish mumkin? Inson psixikasining tabiati biologikmi yoki inqilobiy xarakterga egami?
Inson shaxsining tarkib topishi va psixik rivojlanishiga ta`sir etuvchi omillarning muammosi oz mohiyati jihatidan goyaviy xarakterga ega. Shu bois, bu masalani hal qilishda bir-biriga qarama-qarshi bolgan turli oqimlar, yonalishlar maydonga kelgan. Inson shaxsining tarkib topishini tushuntirishda maydonga kelgan birinchi oqim biogenetk kontseptsiya, nazariya bolsa, ikkinchi oqim sotsiogenetik kontseptsiyadir. Inson shaxsining tarkib topishini tushuntirishga intiluvchi biogenetik oqim XIX acrning ikkinchi yarmida maydonga kelgan.
Bola psixik xususiyatlarining tugma tabiati haqidagi ta`limot shu vaqtga qadar aksariyat psixologiya maktablarining asosini tashkil etib kelmoqda. Mazkur ta`limot inson psixikasining barcha umumiy va individual xususiyatlari tabiat tomonidan belgilangan, uning biologik tuzilishiga tenglashtirilgandir, psixik rivojlanish esa, irsiy yol bilan azaldan belgilanib, inson organizmiga joylashtirilgan shu xususiyatlarning maromiga etilish jarayonidan iborat deb ta`kidlaydi, Ma`lumki, nasliy xususiyatlar tugma yol bilan nasldan naslga tayyor holda beriladi, biroq shunday bolishiga qaramay, bu oqim namoyandalari inson shaxsi va uning barcha xususiyatlari ichki qonunlar» asosida, ya`ni nasliy xususiyatlar negizida maydonga keladigan narsa, biologik omillarga bogliqdir, deb ta`kidlaydilar.
Biogenetik ta`limot inson qobiliyatlarining rivojlanish darajasi (chunonchi, imkoniyatlarning chegarasi, uning eng yuksak nuqtasi) taqdir tomonidan belgilanib quyilganligini, oquvchi imkoniyatlari va qobiliyatlarini maxsus testlar yordamida aniqlab, undan song ta`lim jarayonini uning irsiyat tomonidan belgilangan taraqqiyot darajasiga moslashtirish, ularning aqliy istetdod darajalariga qarab turli mavqedagi maktablarda tahsil olishi zarur deb ta`kidlashadi.
Chunonchi, bu yoinalish tarafdorlaridan, amerikalik psixolog E.Torndayk oquvchilarning «tabiiy kuchlari» va «tugma mayllar»ini psixik rivojlanishning etakchi omili qilib korsatib,muhitning, ta`lim-tarbiyaning ta`siri - ikkinchi darajalidir, deb aytadi.
Avstraliyalik psixolog K.Byuler bolalarning faqat aqliy taraqqiyotigina emas, balki axloqiy rivojlanishi ham nasliy tomondan belgilangandir, deb ta`kidlaydi.
Amerikalik pedagog va psixolog Dj Dyui - inson tabiatini ozgartirib bolmaydi, odam irsiyat vositasida hosil qilgan ehtiyojlari va psixik xususiyatlari bilan tugiladi. Bu ehtiyojlar va psixik xususiyatlar tarbiya jarayonida namoyon bolib, ba`zida ozgarishi, tarbiyaning esa miqdorini belgilab beruvchi mezondir, deb hisoblaydi.
Venalik vrach-psixolog Z.Freyd mazkur oqim namoyandasi sifatida shaxsning faolligini, uni harakatga keltiruvchi kuchlarni quyidagi tarzda tushuntirishga intiladi. Odam ozining qadimiy hayvon tariqasidagi avlodajdodlaridan nasliy yol bilan otgan instinktiv mayllarning namoyon bolishi tufayli faoldir. Z.Freydning fikriga kora, instinktiv mayllar asosan jinsiy instinktlar shaklida namoyon boladi. Z.Freyd, shaxsning faolligini dastavval jinsiy mayllar bilan boglaydi. Biroq instinktiv mayllar jamiyatda xuddi hayvonot olamidagidek erkin namoyon bolavermaydi, jamiyatdagi jamoa hayoti odamni, undagi mavjud instinktiv mayllarni (ya`ni, jinsiy mayllarni) juda kop jihatdan cheklab qoyadi. Oqibatda odam ozining kop instinktlari va mayllarini bosishga, tormozlashga majbur boladi. Uning ta`limotiga kora, tormozlangan instinkt va mayllar yoqolib ketmaydi, balki bizga noma`lum bolgan ongsizlik darajasiga otkazilib yuboriladi.
Ongsizlik darajasidagi bunday instinktlar va mayllar har turli komplekslar»ta birlashadilar, giyo inson shaxsi faolligining haqiqiy sababi ayni shu «komplekslar» ning namoyon bolishidir. Z. Freydning ta`limotidan, uning ochiqdan-ochiq biologizatorlik targibotchisi ekanligini, inson shaxsining faolligini jinsiy mayllardan iborat ekanligi haqidagi nazariyasi ilmiy asosga ega emasligini e`tirof etish mumkin.
Bunday ta`limotlardan, xususan din homiylari keng foydalanib, insonning taqdiri ana shu ilmlar bilan chambarchas bogliqdir, deb ta`kidlashadi.