1 Diskontlangan qoplanish muddatini aniqlash
.-rasm. Investitsiya loyihasi samaradorligini baholash1. Taqdim etilayotgan ob’ektni investitsiyalashda moliyaviy baholash (yoki moliyaviy asoslanganlik bahosi) investitsiya jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Investor moliyaviy holati noma’lum bo’lgan yuridik yoki jismoniy shaxslar bilan hech qanday munosabatlar olib bormaydi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, korxonalar moliyaviy hisobotlarini ommaviy-axborot vositalari orqali yoki har xil to’plamlar holatida chop etilib, e’lon qilish normal holat hisoblanadi. Bu to’plamlar orqali kompaniyalarning moliyaviy holati to’g’risida ma’lumotlar olish mumkin. Yuqoridagi 8.1.- rasmda har bir mezon bo’yicha asosiy aniqlash usullari keltirilgan.
Jahon amaliyotida investitsiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini baholashning bir qancha usullari ishlab chiqilgan bo’lib, ularni shartli ravishda ikki katta guruhga bo’lish mumkin:
Oddiy (yoki statistik) baholash usullari;
diskontlashga asoslangan baholash usullari.
Birinchi guruhga quyidagilar kiradi:
investitsiya qoplash muddati (Payback Period , PP);
investitsiya samaradorligi koeffitsienti (Accounting Rate of Return, ARR).
Ikkinchi guruhga quyidagilar kiradi:
sof joriy qiymatni aniqlash usuli (Net Present Value, NPV);
foydaning ichki me’yorini hisoblash usuli (Internal Rate of Return, IRR);
investitsiyalarning rentabelligini hisoblash usuli (Profitability Index, PI);
diskontlashning qoplash muddatini hisoblash usuli (Discount Payback Period, DPP).
2.Investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholashning oddiy (an’anaviy) usullari. Investitsiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini baholashda qo’llaniladigan qoplash muddati va rentabellik darajasi usullari ham avvaldan ma’lum bo’lib, ular milliy va chet el amaliyotida to pul tushumlarining diskontlanishiga asoslangan usullarning keng qo’llanilishiga qadar asosiy ko’rsatkichlar sifatida amal qilib kelgan. Ushbu usullarning soddaligi va tushunarliligi va maxsus iqtisodiy bilimga, ko’nikmaga, malakaga, tayyorgarlikka va tajribaga ega bo’lmagan xodimlar o’rtasida ham qo’llanilishiga sabab bo’ladi. Hozirgi kunda tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari salohiyatli qarz oluvchilarga investitsion resurslarni taqsimlash shartlarini ma’lum qilishda, odatda, ushbu ikkita usuldan, ya’ni qoplash muddati va rentabellik darajasi ko’rsatkichlaridan foydalanmoqdalar.
Investitsiyalarning qoplash muddatini hisoblash usuli pul oqimlarini diskontlashga asoslangan usullardan farqli ravishda investitsiyalarning nominal miqdorda qaytarilishi mumkin bo’lgan davrni aniqlashga xizmat qiladi. Shunga ko’ra, bu usul investitsiya loyihasini amalga oshirishdan olinadigan daromadlar hisobiga qilingan investitsiya sarflarini qoplash davrini aniqlashga asoslangan. Qoplash muddatini aniqroq tushunadigan bo’lsak, bu loyihani yakunlash davridagi yoki undan olingan daromad investitsiyalar summasiga teng bo’lgandagi davrga tengdir.
Uni hisoblash formulasi quyidagichadir:
,
bu yerda, I0 - boshlang’ich investitsiyalar; - investitsiya loyihasini amalga oshirishdan olingan yillik pul tushumi summasi. U sof foydani yoki yillik daromad (D) va harajat (X) o’rtasidagi (amortizatsiyasiz A) farqni ifodalaydi.
Misol-1. Faraz qilaylik, investitsiya loyihasi uchun 140 mln.so’m miqdorida investitsiyalash ko’zda tutilmoqda va loyihani amalga oshirish jarayonida olinadigan pul tushumlari miqdori yillar bo’yicha quyidagini: birinchi yilda – 37750 ming so’m, ikkinchi yilda – 42390 ming so’m, uchinchi yilda-47430 ming so’m, to’rtinchi yilda – 51140 ming so’m va beshinchi yilda 60030 ming so’mni tashkil etadi. Bunda qoplanish muddati (PP) necha yilga teng ekanligini aniqlang?
Bunda uch yillik pul tushumlari yig’indisi boshlang’ich investitsiyalar miqdoridan kichik, ya’ni yil 127570 ming so’mni tashkil etadi. To’rt yil bo’yicha katta (178710 ming so’m) ekanligini hisobga olsak, investitsiyalarning aniq qoplanish muddati investitsiya loyihasining to’rtinchi yilgi faoliyatiga bog’liqligini ko’ramiz. Uch yillik olingan daromadlarning (127570 ming so’m) boshlang’ich investitsiyalardan (140 mln so’m) farqi 12430 ming so’mni tashkil etishini hisobga olsak (140000 - 127570), ushbu qoldiq summaning to’rtinchi yilda olingan daromadlarga nisabti uning qoplanish muddatini ko’rsatadi, ya’ni 12430/51140=0,24 koeffitsientni, yil hisobida esa 2 oy-u 28 kunni (3 yil+2 oy-u 28 kun) tashkil etishini hosil qilamiz. Shunday qilib, investitsiya loyihasining qoplash muddati, ya’ni loyihani amalga oshirishdan olinadigan tushumlar qilingan harajatlarni qoplash vaqti hisoblanadi.
Qoplash muddatida ikkinchi yondashuv, bu investitsiyalarning boshlang’ich summasi yillik tushumlarning (o’rtacha yillik) miqdoriga bo’linadi. Bu ko’rsatkich pul tushumlari yillar bo’yicha teng bo’lgan hollarda qo’llaniladi.
Investitsiyalarning buxgalteriya rentabellik darajasi (ARR) yoki foydaning oddiy me’yori (ROI) buxgalteriya hisoboti ma’lumotlariga asoslangan holda aniqlanadigan o’rtacha daromadni investitsiyalarning o’rtacha yillik hajmiga bo’lish orqali aniqlanadi. Bunda hisob-kitob ishlari foizlarni va soliqlarni to’lamasdan avvalgi foyda miqdoriga asoslanib amalga oshirilishi mumkin yoki u soliqlarni to’lagandan keyingi, lekin foiz to’lovlarigacha bo’lgan daromadga asoslanadi. Eng yaxshisi soliq to’langandan keyingi sof foyda miqdori tanlab olinganligi afzalroqdir. Chunki u korxona ta’sischilari va investorlar oladigan haqiqiy foydani ifodalaydi. U quyidagi formula asosida hisoblanadi:
,
bu yerda, D - foiz va soliq to’lovlarigacha yoki soliq to’lanib, foizlar to’langungacha bo’lgan daromad; Ss - soliq to’lash stavkasi; Sab, Sa0 -aktivlarning ko’rib chiqilayotgan davriga bo’lgan boshlang’ich va oxirgi summasi, qiymati.
Misol-2. Faraz qilaylik, investitsiya loyihasi uchun 140 mln so’m harajat qilingan, loyihani amalga oshirish jarayonida olinadigan sof foyda miqdori yillar bo’yicha quyidagiga: birinchi yil – 3350 ming so’m, ikkinchi yil – 10990 ming so’m, uchinchi yil – 15480 ming so’ng, to’rtinchi yil – 21640 ming so’m va beshinchi yil – 22790 ming so’mni tashkil qilsa, u holda foydaning oddiy me’yori (ROI) qanday hisoblanadi?
Bu loyiha bo’yicha olinadigan sof foyda yillar bo’yicha o’zgaruvchan bo’lganligi sababli, avvalom bor o’rtacha yillik foydani hisoblab topamiz.
Rch=(3350+10990+15480+21640+22790) ming so’m : 5=
74250 ming so’m : 5=14850 ming so’m
Shundan so’ng foydaning oddiy me’yorini (ROI) hisoblaymiz:
ROI = 14850 ming so’m : 140.000 ming so’ng = 10,6 %.
Bu foyda me’yori investor talab qilgan me’yorni beradi. Shuning uchun bu loyihaning jalb etuvchanligi to’g’risida, ya’ni uni ma’qullash mumkin.
Bu usullar asosiy afzalliklari shuki, hisob-kitob ishlarining oddiyligi va qulayligidir. Kamchiliklari esa kelgusi pul tushumlarining qiymatini joriy vaqtga nisbatan hisobga olinmasligidadir.