Reja Investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funksiyasi (1)
Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan investitsion siyosat. Moliyalashtirish manbalari boʻyicha asosiy kapitalga investitsiyalar joriy davrda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 60 719,2 mlrd soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 107,1 %ni tashkil etdi. Moliyalashtirish manbalari boʻyicha tahlil qilinganda, joriy davrda oʻzlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning katta qismi jalb etilgan mablagʻlar hisobiga toʻgʻri keldi — 34 057,3 mlrd soʻm yoki jami oʻzlashtirilgan investitsiyalarning 56%i, korxona va aholining oʻz mablagʻlari hisobidan esa 26 673,5 mlrd soʻm yoki jami oʻzlashtirilgan investitsiyalarning 44 %i oʻzlashtirildi. Jalb etilgan mablagʻlar tarkibida toʻgʻridan-toʻgʻri va boshqa kafolatlanmagan xorijiy investitsiya va kreditlarning ulushi katta boʻldi. Toʻgʻridan-toʻgʻri va boshqa kafolatlanmagan xorijiy investitsiya va kreditlarning joriy davrda oʻzlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar jami hajmida 20,4 %ni, jalb etilgan mablagʻlar hisobidan oʻzlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida esa 36,4 %ni tashkil etdi. Asosiy kapitalga investitsiyalarning markazlashganlik darajasidan kelib chiqib tahlil qiladigan boʻlsak, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 14 975,1 mlrd soʻm yoki jami oʻzlashtirilgan investitsiyalarning 25%ini hamda markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 45 744, 2 mlrd soʻm yoki jami oʻzlashtirilgan investitsiyalarning 75%i oʻzlashtirildi. Markazlashgan moliyalashtirish manbalarining eng katta qismi — 35%ini Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobiga toʻgʻri keldi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy investitsiya va kreditlar 26%ni, Respublika byudjeti 22%ni, Davlat maqsadli jamgʻarmalari 16%ni va Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi 1%ni tashkil etdi. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari asosan iqtisodiyotning togʻ-kon sanoatida amalga oshirilmoqda. Bunday investitsiya loyihalariga Shoʻrtangaz kimyo majmuasida tozalangan metan asosida sintetik suyultirilgan yoqilgʻi ishlab chiqarishini tashkil etish, gazni desulfurizatsiyalovchi 3 ta yangi blok qurilishi, Yoshlik 1 metall konini oʻzlashtirish, qurilish sohasi uchun eng asosiy qurilish materiali hisoblangan sement zavodining qurilishi, ammiak va karbamid ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqa investitsiya loyihalarini sanab oʻtish mumkin. Qarshi-Termiz, Pop-Qoʻqon-Andijon temir yoʻl liniyalarini elektrlashtirish, 450 MVt quvvatga ega ikkita bugʻgaz qurilmasidan iborat umumiy quvvati 900 MVt boʻlgan yangi issiqlik elektrostansiyasi qurilishi, Polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish kompleksining qurilishi, A-373 “Toshkent-Oʻsh” magistralining “Qamchiq” dovoni orqali oʻtadigan 116-190 kmda joylashgan togʻlik hududlarida 58 km uzunlikdagi avtomobil yoʻlini rekonstruksiya qilish, yerusti raqamli uzatish tarmogʻini rivojlantirish kabi yirik investitsiya loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan amalga oshirilmoqda. Markazlashmagan moliyalashtirish manbalarining 39%ini korxona va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari tashkil etadi. Bu korxona va tashkilotlarning asosiy qismi oʻz faoliyatlarini kengaytirish hamda texnik va texnologik qayta qurollantirish maqsadidagi investitsiyalarini avvalambor oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirishlari bilan bogʻliq. Shuningdek, neft va gaz qazib chiqarish uchun imkoniyati bor barcha hududlarda ( Ustyurt, Buxoro-Xiva, Xisor, Surhondaryo va boshqa hududlarda) qidiruv burgʻulash ishlarining olib borilishi, gazni desulfurizatsiyalovchi 3 ta yangi blok qurilishi, Shoʻrtangaz kimyo kompleksi ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish, Gazli gaz konlarini kompleks ishlab chiqarishga tayyorlash va boshqa koʻplab gaz-kimyo sanoatini rivojlantirish va kengaytirishga yoʻnaltirilgan investitsiyalar ham boshqa moliyalashtirish manbalari bilan korxona va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari ishtirokida amalga oshirilmoqda. Toʻgʻridan-toʻgʻri va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan oʻzlashtirilayotgan investitsiyalar hajmi tobora ortib bormoqda. Joriy davrda ushbu moliyalashtirish manbai hisobidan investitsiyalar jami markazlashmagan moliyalashtirish manbalarining 27%ini tashkil etdi. Bunda quyidagi yirik investitsiya loyihalarining ulushi katta: Kandim konlar guruhini ishlab chiqarishga tayyorlash va gazni qayta ishlash zavodini qurish ishlari (1 bosqich), Xisor va Ustyurt investitsiya bloki hududida uglevodorod konlarida qazib chiqarishni yoʻlga qoʻyish, Qarshi tumanida tekstil kompleksini tashkil etish (2 bosqich), uyali aloqa tizimini kengaytirish, milliy uyali aloqa operatori tarmogʻini shakllantirish va boshqa investitsiya loyihalari. Hududlar kesimida Toshkent shahri hamon yetakchilik qilayotgan boʻlsada, Buxoro Surxondaryo va Qasqadaryo viloyatlaridagi investitsion faollik natijasida yuqori oʻsish surʼatlari qayd etilib, mos ravishda ularning Respublikadagi ulushi oshib bormoqda. Buxoro viloyatida Respublikadagi eng yirik investitsiya loyihasi – Kandim konlar guruhini ishlab chiqarishga tayyorlash va gazni qayta ishlash zavodini qurish ishlari amalga oshirilayotgan boʻlsa, Surxondaryo viloyatida sement zavodi qurilishi, Qarshi-Termiz temir yoʻli liniyasini elektrlashtirish, Qashqadaryo viloyatida esa Xisor investitsiya bloki hududida uglevodorod konlarida qazib chiqarishni yoʻlga qoʻyish, sintetik suyultirilgan yoqilgʻi ishlab chiqarishini taskil etish kabi yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida qurilish montaj ishlari boʻyicha 36 598,2 mlrd soʻm oʻzlashtirilgan boʻlsa, mashina, uskuna va inventarlarga investitsiyalar 19 161,8 mlrd soʻm va boshqa xarajatlarga 4 959,2 mlrd soʻm oʻzlashtirildi. Qurilish-montaj ishlariga investitsiyalar joriy yil boshidan biroz koʻpayish kuzatildi. Bu iqtisodiyotda, ayniqsa asosiy tarmoqlarda, xususan togʻ-kon sanoatida yaratilayotgan yangi yirik ishlab chiqarish quvvatlariga investitsiyalar bilan bogʻliq. Asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha tarkibida yuqorida taʼkidlab oʻtilganidek togʻ-kon sanoati yetakchilik qilmoqda. Ushbu tarmoqda jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 12 405,3 mlrd soʻm yoki jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 20,4 %i oʻzlashtirilgan. Shundan 10 895,0 mlrd soʻm yoki jami investitsiyalarning 17,9%i tabiiy gaz qazib chiqarish uchun yoʻnaltirilgan. Turar-joy qurilishiga investitsiyalar aholini namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan va arzonlashtirilgan uy-joylar qurilishi boʻyicha davlat dasturlarining amalga oshirilishi hamda aholi tomonidan yakka tartibdagi turar-joylar qurilishi hajmlari bilan bogʻliq. Ishlab chiqarish sanoatiga investitsiyalar hajmi 8 746,8 mlrd soʻmni va jami investitsiyalardagi ulushi 14,4%ni tashkil etdi. Ishlab chiqarish sanoati tarkibida eng koʻp investitsiya oʻzlashtirilgan 3 faoliyat turi quyidagilar: metallurgiya sanoati 1 305,6 mlrd soʻm (jami asosiy kapitalga investitsiyalardagi ulushi 2,2%), oziq-ovqat, ichimlik, tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishi 1.265,4 mlrd soʻm (2,1%), tekstil mahsulotlari ishlab chiqarishi 1 177,7 mlrd soʻm (1,9%). Joriy davrda 16 309,0 mlrd soʻm yoki asosiy kapitalga investitsiyalarning 26,9%i xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan amalga oshirildi. Joriy yil boshidan oladigan boʻlsak, yilning yanvar-sentyabr oylarida xorijiy investitsiya va kreditlarning oʻsish surʼati bir oz pasaygan boʻlsada, yil oxiriga kelib yuqori surʼatlarda oʻsish kuzatildi. Bu albatta yuqorida sanab oʻtilgan Buxoro viloyatidagi Kandim konlar guruhini ishlab chiqarishga tayyorlash va gazni qayta ishlash zavodini qurish ishlari boʻyicha investitsiyalarning oʻzlashtirilishi bilan bevosita bogʻliq. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari: Angren erkin iqtisodiy zonasida qishloq xoʻjaligi va avtomobil shinalarini konveyr usulida ishlab chiqarishni tashkil etish, kimyo sanoatida azot kislotasini ishlab chiqarishni tashkil etish, Buxoro va Samarqand viloyatlarida kanalizatsiya tizimini tozalash inshootlarini rekonstruksiya qilish, Buxoro viloyatining Olot va Qorakoʻl tumanlarini ichimlik suvi bilan taʼminlash tizimini yaxshilash, hududiy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish (2 va 3 bosqich), Toshkent shahri koʻchalarini yoritish tizimida energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish kabi loyihalar amalga oshirilmoqda. Hududlar kesimida asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlarning oʻzlashtirilishida Respublikaning 3 ta hududi Buxoro viloyati, Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyati Respublika boʻyicha jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 76% ini qamrab olgan. Bu yuqorida sanab oʻtilgan yirik investitsiya loyihalarini aynan shu hududlarda amalga oshirilayotganligi bilan izohlanadi. Joriy davrda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning yakuniy natijasi sifatida bir qator ishlab chiqarish quvvatlari va ijtimoiy soha obyektlari ishga tushirildi. Neft va gaz sohasida bir necha ekspluatatsiya uchun burgʻulangan gaz qudugʻi, koʻplab quduqni ishlab chiqarishga tayyorlash, avtomobil vositalariga gaz ballonlarini oʻrnatish va xizmat koʻrsatish markazi, yiliga 8 ming tonna polimer mahsuloti ishlab chiqaruvchi obyekt, yiliga 6 mlrd metr kub gazni deflyurizatsiya qiluvchi yangi 3 blok, yiliga 2,5 ming tonna plastik idishlar ishlab chiqaruvchi zavod va boshqa ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi. Energetika sohasida 53,9 km uzunlikdagi 0,4-6-10 kB elektr uzatish liniyasi yangi qurilgan boʻlsa, 495,8 km 0,4-6-10 kB elektr uzatish liniyasi rekonstruksiya qilindi. Shunungdek, 1,2,3 sonli gidrogeneratorlarning ishchi gʻildiraklarini almashtirish bilan Chorvoq GES gidrogeneratorlarini modernizatsiya qilish kabilar amalga oshirildi. Masalan, Togʻ-kon sanoati 57% Ishlab chiqarish sanoati 13% Axborot va aloqa 10% Tashish va saqlash 9% Sogʻliqni saqlash 3% Elektr, gaz bilan taʼminlash 2% Suv bilan taʼminlash, kanalizatsiya 2% boshqalar. Asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha tarkibida yuqorida ta`kidlab oʻtilganidek togʻ-kon sanoati yetakchilik qilmoqda. Ushbu tar-moqda jami moliyalashtirish manbalari hi-sobidan 12 405,3 mlrd.soʻm yoki jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar-ning 20,4 %i oʻzlashtirilgan. Shundan 10 895,0 mlrd.soʻm yoki jami investitsiya-larning 17,9%i tabiiy gaz qazib chiqarish uchun yoʻnaltirilgan. Turar joy qurilishiga investitsiyalar aholini namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan va arzonlashtirilgan uy-joylar qurilishi boʻyicha davlat dasturlari-ning amalga oshirirlishi hamda aholi tomonidan yakka tartibdagi turar-joylar qurilishi hajmlari bilan bogʻliq. Ishlab chiqarish sanoatiga investitsiyalar hajmi 8 746,8 mlrd.soʻmni va jami investitsiyalardagi ulushi 14,4%ni tashkil etdi. Ishlab chiqarish sanoati tarkibida eng koʻp investitsiya oʻzlashtirilgan 3 faoliyat turi quyidagilar: metallurgiya sanoati 1 305,6 mlrd.soʻm (jami asosiy kapitalga investitsiya-lardagi ulushi 2,2%), oziq-ovqat, ichimlik, tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishi 1.265,4 mlrd.soʻm (2,1%), tekstil mahsulotlari ishlab chiqarishi 1 177,7 mlrd.soʻm (1,9%). Joriy davrda 16 309,0 mlrd soʻm yoki asosiy kapitalga investitsiyalarning 26,9%i xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan amalga oshirildi. Joriy yil boshidan oladigan boʻlsak, yilning yanvar-sentabr oylarida xorijiy investitsiya va kreditlarning oʻsish surati bir oz pasaygan boʻlsada, yil ohiriga kelib yuqori suratlarda oʻsish kuzatildi. Bu albatta yuqorida sanab oʻtilgan Buxoro viloyatidagi Kandim konlar guruhini ishlab chiqarishga tay-yorlash va gazni qayta ishlash zavodini qurish ishlari boʻyicha investitsiyalarning oʻzlashtirilishi bilan bevosita bogʻliq. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan amalga oshirilayotga investitsiya loyihalari: Angren erkin iqtisodiy zonasida qishloq xoʻjaligi va avtomobil shinalarini konveyr usulida ishlab chiqarishni tashkil etish, kimyo sanoatida azot kislotasini ishlab chiqarishni tashkil etish, Buxoro va Samarqand viloyatlarida kanalizatsiya tizimini tozalash inshootlarini rekonstruksiya qilish, Buxoro viloyatining Olot va Qorakoʻl tumanlarini ichimlik suvi bilan taʼminlash tizimini yaxshilash, hududiy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish (2 va 3 bosqich), Toshkent shahri koʻchalarini yoritish tizimida energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish kabi loyihalar amalga oshirilmoqda. Hududlar kesimida asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlarning oʻzlashtirilishida Respublikaning 3 ta hududi Buxoro viloyati, Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyati Respublika boʻyicha jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 76%ini qamrab olgan. Bu yuqorida sanab oʻtilgan yirik investitsiya loyihalarini aynan shu hududlarda amalga oshirilayotganligi bilan izohlanadi. Joriy davrda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning yakuniy natijasi sifatida bir qator ishlab chiqarish quvvatlari va ijtimoiy soha obyektlari ishga tushirildi. Neft va gaz sohasida bir necha ekspluatatsiya uchun burgʻulangan gaz qudugʻi, koʻplab quduqni ishlab chiqarishga tayyorlash, avtomobil vositalariga gaz ballonlarini oʻrnatish va xizmat koʻrsatish markazi, yiliga 8 ming tonna polimer mahsuloti ishlab chiqaruvchi obyekt, yiliga 6 mlrd metr kub gazni deflyurizatsiya qiluvchi yangi 3 blok, yiliga 2,5 ming tonna plastik idishlar ishlab chiqaruvchi zavod va boshqa ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi. Energetika sohasida 53,9 km uzunlikdagi 0,4-6-10 kB elektr uzatish liniyasi yangi qurilgan boʻlsa, 495,8 km 0,4-6-10 kB elektr uzatish liniyasi rekonstruksiya qilindi. Shunungdek, 1,2,3 sonli gidrogeneratorlarning ishchi gʻildiraklarini almashtirish bilan Chorvoq GES gidrogeneratorlarini modernizatsiya qilish kabilar amalga oshirildi. Shu bilan birga, sekundiga 3,5 kub metr suv tortish quvvatiga ega “Raish-Xakent-2” nasos stansiyasi rekonstruksiyasi, 597 uyali aloqa bazaviy stansiyalari, 131 ta paxta xomashyosini oʻzaro hisob-kitob qilish va monitoringini yurgazish markazlari, 2 ta tezyurar yoʻlovchi tashuvchi Talgo-250 elektropoyezdlarini sotib olish, yiliga 65 ming tonna ruxlangan yoritish ustunlari va yoʻl toʻsiqlari ishlab chiqaruvchi zavod, koʻplab yogʻmoy ishlab chiqaruvchi sexlarni modernizatsiya qilish va texnik qayta qurollantirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini kompleks ishlab chiqarish, qayta ishlash saqlash va yetkazib berish obyekti va boshqa turli sohalarda yangi obyektlar ishga tushirildi. Ijtimoiy sohada joriy davrda jami 11293,2 ming kv.m, shu jumladan qishloq joylarda 7825,4 ming kv.m turar-joylar ishga tushirildi. Ulardan namunaviy loyihalar asosida qurilgan turar-joylar 1663,8 ming kv.m ni tashkil etdi. Sogʻliqni saqlash sohasiga oid obyektlar boʻyicha 4208 oʻrinli kasalhonalar, shu jumladan qishloq joylarda 235 oʻrin, 7655 qatnovga moʻljallangan poliklinikalar (qishloq vrachlik punktlarini qoʻshgan holda), shu jumladan qishloq joylarda 3675 qatnovli poliklinikalar ishga tushirildi. Taʼlim sohasida 94465 oʻquvchi oʻrinli umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablar yangi qurilib, rekonstruksiya qilingan boʻlsa, 152 umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablar kapital taʼmirdan chiqarildi. Shuningdek, 180 oʻquvchi oʻrniga ega kasb-hunar kollejlari va 28 ta bolalar sporti obyektlari ishga tushirildi. Turar-joylarning asosan qishloq joylarda qurilayotganligi namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi boʻyicha olib borilayotgan davlat dasturlarining bajarilishi hamda aholining oʻzi uchun yakka tartibda qurayotgan uylari bilan bogʻliq.