Firmalarning investitsion siyosati.
Reja:
Investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funksiyasi
Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi foiz stavkasidan boshqa omillar
Asosiy fondlarga investitsiyalar
Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan investitsion siyosat
Investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funksiyasi. Investitsiyalar yoki kapital qoʻyilmalar – bu, hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qoʻyilgan kapitaldir. Oʻzining moliyaviy shakliga koʻra, ular foyda olish maqsadida xoʻjalik faoliyatiga qoʻyilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy mohiyatiga koʻra investitsiyalar yangi korxonalar qurish, uzoq muddat xizmat koʻrsatuvchi mashina va asbob-uskunalarni yakuniy sotib olishga hamda shu bilan bogʻliq boʻlgan aylanma kapitalning oʻzgarishiga ketgan xarajatlardir. Shuningdek, investitsiyalar tarkibiga uy-joy qurilishiga ketgan xarajatlar ham kiritiladi. Investitsiyalarni turlicha guruhlash mumkin. Makroiqtisodiy tahlilda eng koʻp duch kelinadigan guruhlashda investitsiyalar investitsiyalash obyektiga koʻra uch turga boʻlinadi: 1. Ishlab chiqarish investitsiyalari; 2. Tovar-moddiy zaxiralariga investitsiya; 3. Uy-joy qurilishiga investitsiya.
Avtonom investitsiyalar grafigi
Makroiqtisodiy tahlilda investitsiyalar dinamikasini belgilovchi omil sifatida real foiz stavkasi qaraladi. Real foiz stavkasi ortishi bilan investitsiyalar hajmi kamayishini kuzatishimiz mumkin. Chunki investorlar uchun qarz bahosi ortib, ular koʻrsatadigan foyda normasini pasaytirib qoʻyadi. Avtonom investitsiyalarning grafigi investitsiyalar hajmi foiz stavkasi dinamikasiga teskari proporsional tarzda oʻzgarishini koʻrsatadi. Avtonom investitsiya funksiyasi quyidagi koʻrinishga ega:
I = e - dR
Bu yerda:
I – avtonom investitsiya xarajatlari;
e – foiz stavkasi 0 ga teng toʻlgandagi investitsiya xarajatlarining maksimal hajmi. U tashqi iqtisodiy omillar, resurs imkoniyatldari, yer, foydali qazilma boyliklari va boshqalar bilan belgilanadi;
R – real foiz stavkasi;
d – investitsiyalarning real foiz stavkasi dinamikasi oʻzgarishga ta’sirchanligini miqdoriy belgilovchi empirik koeffitsiyent.
Grafikdan e – nuqtasi shuni bildiradiki, banklar nolga teng foiz stavkasi bilan kredit berganlarida hamda ularning kredit resurslari cheksiz koʻp boʻlganda ham mamlakatdagi boshqa resurslari miqdorining cheklanganligi tufayli investitsiya xarajatlari ma’lum miqdor bilan chegaralanadi.
Dostları ilə paylaş: |