Reja: Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari va ishlab chiqarishning baynalmillashuvi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari. Xalqaro savdoning mazmuni


Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlar



Yüklə 24,21 Kb.
səhifə4/4
tarix08.04.2023
ölçüsü24,21 Kb.
#95027
1   2   3   4
1-mavzu

Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlar
Hozirgi jahon xo’jaligining o’ziga xos xususiyatlarian biri tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi savdoning tezlik bilan o’sishida namoyon bo’lmoqda. Barcha mamlakatlar tashqi savdosi majmui xalqaro savdoni tashkil qiladi.
Xalqaro savdo - bu turli davlat milliy xo’jaliklari o’rtasidagi tovar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Masalan, tashqi savdo (xalqaro savdo) xamkorlikda ishlab chiqarish, ilmiy-texnika, kadrlar tayyorlash, turizm va haqoza.
Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo’lsada, faqat XIX asrga kelib, ya‘ni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi.
Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi.
Eksport - bu tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo’lib, bunda mazkur mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovar mamlakatdan tashqariga chiqariladi.
Eksportning iqtisodiy samaradorligi shu bilan aniqlanadiki, mazkur mamlakat ishlab chiqarishning milliy xarajatlari jahon xarajatlaridan past bo’lgan mahsulotlarni chetga chiqaradilar.
Xalqaro savdoda tovarlarning eksport tarkibi fan-texnika revolyutsiyasi va xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ta‘siri ostida o’zgaradi. Hozirgi davrda xalqaro savdoning eksport tarkibida qayta ishlovchi sanoat mahsulotlari yetakchi o’ringa ega bo’lib, uning hissasiga jahon tovar ayirboshlashning ¾ qismi to’g’ri keladi. Oziq-ovqat, xomashyo va yoqilg’i ulushi faqat ¼ qismini tashkil qiladi.
Xizmatlar eksporti tovarlar eksportidan farq qiladi. Chet ellik iste‘molchilarga xizmat ko’rsatish, chet el valyutalarini olish bilan bog’liq bo’lib, u milliy chegarada amalga oshiriladi (masalan chet el kompaniyasi vakillariga pochta, telegraf xizmati ko’rsatish, chet el fuqarolariga sayyohlik xizmati ko’rsatish va hakozo).
Kapital eksport qilish ham o’ziga xos xususiyatlariga ega bo’ladi. Kapital eksporti kredit berish yoki chet el korxonalari aktsiyalariga maqsadli qo’yilmalar kabi shakllarda amalga oshirilib, kapital chiqarilgan vaqtda eksport qiluvchi mamlakatdan mablag’lar oqimini taqazo qiladi va shu orqali tassarufida bo’lgan resurslar hajmini qisqartiradi. Boshqa tomondan, kapital eksport chet davlatlarning mazkur mamlakatdan bo’lgan qarzlarini ko’paytiradi. U jahon bozoriga tovarlarning keyingi eksporti uchun qo’lay sharoit yaratadi va chet el valyutasida foiz yoki divident shaklida barqaror daromad olish omili hisoblanadi.
Ko’plab mamlakatlar, cheklangan resurs bazasiga va tovar ichki bozorga bo’lib, o’zlarining ichki iste‘moli uchun zarur bo’lgan archa tovarlarni yetarli samaradorlik bilan ishlab chiqarish holatida bo’lmaydi. Bunday mamlakatlar uchun import kerakli tovarlarni olishning asosiy yo’li hisoblanadi.
Import eksportdan farq qilib chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni mamlakatga keltirishni bildiradi. Agar mamlakatni o’zida mahsulotlarni ishlab chiqarish xarajatlari tashqaridan sotib olinganidan qimmatga tushsa, usha tovarlar import qilinadi.
Eksport salohiyati (eksport imkoniyatlari) - bu mazkur mamlakat tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning o’z iqtisodiyoti manfaatlariga putur yetkazmagan holda jahon bozorida sotishi mumkin bo’lgan mahsulotlar miqdoridir. Masalan, O’zbekiston eksportga paxta tolasi, qimmatboho metallar, uran, mineral o’g’itlar chiqariladi. Asosan, bulardan tashqari avtomobillar, neft-kimyo va metall mahsulotlari, mineral o’g’itlar, ip-kalova va gazlama, trikotaj buyumlari, sim-kabel mahsulotlari, qurilish materiallari va boshqa mahsulotlarni eksport tovarlari hajmi va turlarini kupaytirish hisobiga erishilmoqda. Eksport hajmida tayyor mahsulotlar ulushi 38 foizdan tashkil etgani, paxta tolasining ulushi esa 16,8 foizgacha kamayganini ham ko’rsatib o’tish mumkin[1].
Tovarlar eksporti va import summasi tashqi savdo aylanmasi yoki tashqi tovar aylanmasini tashkil etadi.
Qandaydir mamlakat ishlab chiqaruchi mamlakatdan tovarni o’z iste‘moli uchun emas, balki uchinchi mamlakatga qayta sotish uchun olgan taqdirda reeksport ro’y beradi. Reeksport bilan reimport o’zviy bog’liq.. Reimport - iste‘molchi mamlakatdan reeksport tovarni sotib olishni bildiradi.
Yüklə 24,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin