Iqtisodiy sotsiologiyaning ilmiy yo‘nalish sifatida shakllanishining asosiy bosqichlari.
Iqtisodiy sotsiologiyaning klassik bosqichi.
Iqtisodiy sotsiologiya ob’ekti va predmeti.
Sotsiologiya jamiyatni ichki tarkibi amal qilish tartibotlari va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadishan fan. Sotsiologiyada jamiyat doimiy rivojlanishdagi dinamik tizim tabitga aloqador va moddiy dunyo bilan bog‘liq ijtimoiy tizim sifatida ta’riflashadi. Ushbu ta’riflanishda uchta asosiy tayanch nuqta bor ya’ni jamiyatni dinamikligi, tabiatga aloqadorligi va moddiy dunyo bilan bog‘liqligi. Bu yerda jamiyatni dinamik xususiyatga egaligi va tabiatga aloqadorligi ijtimoiy-falsafiy nuqtai-nazardan uning dialektik va ontologik jihatlarini o‘zida aks ettirsa, uning moddiy dunyo bilan bog‘likligi insonlarni iqtisodiy farovonlikka intilishlari natijasida jamiyatni rivojalanishi ko’zda tutiladi.
Iqtisodiy sotsiologiya sotsiologiya va iqtisodiyot fanlarini umumiy o‘rganish maydoni bo‘lib, ikki fan hamkorligida o‘rganiladigan masalalar tizimidan iborat. Bugungi kunda fanlar tizimida (epistimologiya) o‘rganish sohalariga ko‘ra yangi-yangi fanlar paydo bo‘lmoqdaki ular asosan ikki yoki undan ko‘p fanlarning birgalikdagi o‘rganish ob’ektlarini qamrab olmoqda. Aslida bilimlar sohasida iqtisodiy sotsiologiya yangi fan deb bo‘lmaydi, uni ilmiy yunalish sifatida shakllanishining asosiy bosqichlari XIX-asrga to‘g‘ri keladi.
Iqtisodiy sotsiologiya XX asrning 50-yillarning o‘rtalarida AQShda fan sifatida shakllanib dastlab tor doiradagi olimlarning qiziqtirgan bo‘lsa, endilikda bu fan juda taraqqiy etgan va uning muammolari tadqiqoti bilan ko‘pgina mamlakatlar olimlari jiddiy shug‘ullanadilar. "Iqtisodiy sotsiologiya" atamasini birinchi bo'lib kiritilgan Uilyam Stenli Jevons 1879 yilda ilmiy terminologiyada qo’lladi.
Iqtisodiy sotsiologiya iqtisodiy hodisalarni tahlil qilishda yangicha yondashuv sifatida vujudga keldi; ayniqsa, jamiyatda muxim rol o'ynaydigan iqtisodiy tuzilmalar va institutlarning roli ta'sirini ta'kidlash joiz. Bu boradagi dastlabki ishlar sirasiga Maxs Weberning Maks Veber"s Iqtisodiyot va jamiyat, Protestant axloqi va kapitalizm ruhi (1905) asarlari, Marksning “tarixiy materializmI”, Tokvilning Amerikada demokratiya (1835-40), Eski rejim va inqilob (1856) asarlari, Emil Dyurkxaymning Jamiyatda mehnat taqsimoti va Georg Zimmelning Pul falsafasi (1900) asarlarini kiritish mumkin.
Zamonaviy iqtisodiy sotsiologiya asosan iqtisodiy almashinuvning ijtimoiy oqibatlariga, ular ishtirok etadigan ijtimoiy ma'nolarga va ular yordam beradigan yoki to'sqinlik qiladigan ijtimoiy ta'sirlarga e'tibor qaratadi. Zamonaviy iqtisodiy sotsiologiyaning nufuzli tadqiqotchilariga quyidagilar kiradi Fred L. Blok, Jeyms S. Koulman, Paula Angliya, Mark Granovetter, Xarrison Uayt, Pol DiMaggio, Joel M. Podolny, Lynette Spillman, Richard Shvedberg va Viviana Zelizer.
Iqtisodiy sotsiologiya - sotsiologlarning sotsiologik nuqtai nazardan iqtisodchilar tomonidan an'anaviy ravishda ko'rib chiqilayotgan savollarni qayta aniqlashga urinishidir. Shuningdek, iqtisodchilarning urinishlariga javoban (masalan Gari Beker) iqtisodiy yondashuvlarni olib kelish - xususan kommunal xizmatlarni maksimal darajaga ko'tarish va o'yin nazariyasi - aniq ishlab chiqarish yoki savdo bilan bog'liq bo'lmagan ijtimoiy vaziyatlarni tahlil qilishdir.
Iqtisodiy sotsiologiya fan sifatida iqtisodiyotning rivojlanishi va harakatiga ijtimoiy hayotning sotsial sohalari ta’siri mexanizmini o‘rganadi. E’tibor markazida iqtisodiyot va unda yuz berayotgan jarayonlar yotmaydi, balki, insonlarning ehtiyoji va qiziqishlari, ularning qadriyatlari va motivlari, ularning faoliyatlari va mehnatga bo‘lgan munosabatlari joy oladi.
Yer maydonini uyni sotib olish iqtisodiyotning oldi-sotti sohasi sifatida ko‘rilmaydi, balki, shaxsning ma’lum qadriyatlari, uning axloqiy meyyorlari, o‘zining statusini, pristijini va boshqalarini oshirishga intilishlari sifatida namoyon bo‘ladi.
Iqtisodiy sotsiologiya – ijtimoiy fanlar tizimida maxsus tarmoq hisoblanib, iqtisodiy munosabatlar sistemasida guruhlarning hatti-harakatlari va faoliyatlarini o‘rgshanadi. Iqtisodiy sotsiologiyani asosiy predmeti tarkibida jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi, iqtisodiy hayot va sotsial struktura o‘rtasidagi o‘zaro aloqadan iborat. Iqtisodiy sotsiologiya fan sifatida sotsiologiya bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan. Uning shakillanish tarixida klassik davrniajratish mumkin, iqtisodiy sotsiologiya mustaqil yo‘nalish sifatida ajralib chiqqach zamonaviy asoslarini namoyon qiladi. Bugungi kunga kelib u sotsiologiyaning boshlang‘ich yo‘nalishlaridan hisoblanib u o‘zida mayda yo‘nalishchalar va ildizchalarini ajratib ko‘rsatadi: sanoat sotsiologiyasi va qishloq xo‘jaligi sotsiologiyasi, rivojlanish sotsiologiyasi va qashshoqlik sotsiologiyasi, tadbirkorlik sotsiologiyasi, menejment sotsiologiyasi, mexnat migratsiyasi va boshqalarinng sotsial tadqiqotlari va hokazolr.
Iqtisodiy sotsiologiyaning e’tibor markazida – inson harakati joy oladi uning iqtisodiyotdagi va rivojlanuvchi xo‘jalikdagi motivlvrining hatti-harakati modeli, aniq xo‘jalik yuritishdagi roli, insonning faoliyati namoyon bo‘ladigan strukturaviy chegaralardan iborat. U madaniy meyyorlarni tashuvchisi, xo‘jalik tashkilotlari a’zosi, ijtimoiy guruh namoyondasi sifatida namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy sotsiologiyaning ko‘lami juda keng. Iqtisodiy sotsiologiya yordamida hal qilinadigan savollar quyidagilardan iborat:
1. Iqtisodiyotning jamiyat hayotida roli qanday va u qanday ijtimoiy oqibaatlar, natijalar keltirib chiqaradi?
2. Iqtisodiy rivoji qanday ijtimoiy maqsadlardan iborat va ijtimoiy sotsial yo‘naltirilgan iqtisodiyot qanday tushinchani beradi?
3. Turli xil ijtimoiy- iqtisodiy sistemalarni qanday turlash mumkin va ularning kachiligi va ustunlik tomonlari?
4. Ma’lum iqtisodiy-ijtimoiy sistemada ijtimoiy guruhlar va shaxs qanday sotsial status va sotsial rolga ega bo‘lishi mumkin va u iqtisodiyotnig rivoji bilan u qanday o‘zgaradi?
5. Ushbu iqtisodiy sistema asosida qanday ijtimoiy qadriyatlar va meyyorlar yotadi?
6. Xususiylik munosabatlarida iqtisodiy sistemada o‘zgarishlar va texnologik jarayonlarni qanday ijtimoiy oqibatlar keltirib chiqaradi?
7. Noiqtisodiy, iqtisodiy bo‘lmagan omillar iqtisodiyotning rivojlanishiga qay yo‘sinda ta’sir qiladi?
Kuchli rivojlanmagan iqtisodiyot O‘zbekistogdagi ijtimoiy vazifalarni hal qilib bo‘lmaydi va jamiyatnig ijtimoiy maqsadlariga erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun o‘zbek davlatchiliginig taraqqiyotida rivojlangan iqtisodiyot birlamchi ahamiyatga egadir. Yana moliyaviy kredit sistemasining mustahkam va zamonaviy sanoatning paylhdo bo‘lishi va rivojlanishi ham bularsiz haqiyqiy progreyes ham ijtimoiy vazifalar bajarish yo‘llari bo‘lmaydi
Iqtisodiy sotsiologiyani ilmiy yunalish sifatida shakllanishining asosiy bosqichlari bir nechta. Birinchi boskichi klassik boskichi. Shu davrida iktisodiy sotsiologiyanii asosiy tushunchalari va metodologiyasi shakinlanadi. Shu bochkichini namoyendalari M.Veber. T Veblen va K.Marks.
Makc Veber (1864-1920) buyuk nemis sotsiologi. Uning ijtimoiy-siyosiy karashlari va nazariy pozitsiyalari kup jixatdan XIX asrning oxirgi choragida Germaniyadagi ijtimoiy-siyosiy xolat va vaziyatlar bilan bevosita boglik. Uning asarlari: «Urta asrlardagi savdo jamiyatlari tarixiga oid» (1989), «Rim agrar tarixi va uni davlat xususiy xukuk uchun axamiyati» (1891), «Protesgant etikasi va kapitalizm ruxi» (1905), «Din¸ dinlarining xujalik etikasi» (1919), «Xujalik va jamiyat» (1920) kabi asarlarida sotsiologik muomollarga bagishlangan. M.Veber Dilteyning antinaturalizmni yoklaydi. U insonning ongli mavjudod ekanligini» xech bir tarixchi ¸ sotsiolog, iktisodchi inkor eta olmasligini ta’killaydi.
M.Veber fikricha madaniyat, jamiyat va tarix xakidagi fanlar xuddi tabiiy fanlarga uxshab baxolash fikrlaridan xoli bulishi kerak. Lekin bu olimni uz baxo berish va kizikishlaridan voz kechishi kerak degan fikrni tugdirmasligi kerak. Fakatgina bu kizikish va baxo berish olimning ilmiy xulosalar doirasiga bostirib kirishi joiz emas. Bu doiradan tashkarida u kanchalik uz muloxazalarini bayon kilishini uzi belgilaydi, lekin endi olim sifatida emas, balki xususiy shaxs sifatida. M.Veber kadriyatni u yoki bu tarixiy davrning kursatmasi davrga xos bulgan manfaatning yunalishi deb talkin kiladi. Shunday kilib, kadriyatlar tarixdan yukori xolilikdan tarixiylikka utadilar. M.Veber kadriyatli xukmlar doim shaxsiy va sub’ektiv xususiyatga ega deb bilgan. Ular axlokiy, siyosiy yoki boshka karashlar bilan boglik, deb xisoblaydi.M.Veberda sotsial bilishning asosiy kuroli «ideal tip» xisoblanadi. Ideal tiplar - bu sotsial tarixiy reallikni takkoslash orkali bilish tugrisidagi tushuncha. Uningcha, barcha sotsial-ma’lumot sotsial tip bilan tushuntirilmogi lozim. Veber davlat tiplari va ratsionallik tiplari kabi sotsial faoliyat tipologiyasini ilgari suradi. «Kapitalizm», «byurokratizm», «din» va shu, kabi ideal tiplarga asoslanadi. Xulosa kilib aytadigan bulsak, ideal tip tushunchasi yordamida Veber tarix va sotsiologiyaning urtasidagi masofani kat’iyan kiskartirib, ularning ikkovining rolini anik belgilab beradi.
K.Marks (1818-1883) ning jamiyat tugrisidagi materialistik ta’limoti sotsiologiyaning klassik va noklassik tiplarning uziga xos sintezi sifatida vujudga keldi. Marksizmda sotsiologiya predmeti jamiyatning asosiy rivojlanish konuniyatlarini, uning ijtimoiy birliklari va institutlarini uz ichiga oladi. Jamiyat tarakkiyotini materialistik tushunishning asosiy tamoyillari kuyidagilardan iborat:
1) Tarixiy materializmning asosiy tamoyillaridan biri ijtimoiy rivojlanish konuniyatini e’tirof etish. Xakikatan xam K.Marks jamiyat tarixi rivojlanishining umumiy konuniyatini kashf etdi
2) K.Marks va F.Engels jamiyat xayotida amal kiladigan xilma-xil, kuplab ijtimoiy munosabatlarni, boshkalarning belgilovchisini aniklash zarur deb bildilar. Bu ijtimoiy munosabatlar - moddiy ne’matlarni ishlab chikarish usuli bulib, bu ishlab chikaruvchi kuchlar va ishlab chikarish munosabatlaridai iborat. «Kishilar uz turmushini ijtimoiy ishlab chikarishda ularning irodalariga boglik, bulmagan, muayyan, zarur munosabatlarga ishlab chikarish munosabatlariga kirishadilar, bu munosabatlar ularning moddiy ishlab chikaruvchi kuchlari rivojining muayyan boskichiga muvofik buladi.Moddiy xayotni ishlab chikarish usuli umuman sotsial, siyosiy va ma’naviy xayot jarayonlarini belgilaydi. Kishilarning ongi ularning borligini belgilamaydi, balki aksincha, ularning ijtimoiy borligi ularning ongini belgilaydi.
3) Jamiyat to’grisidagi materialistik ta’limotning yana bir muxim tamoyili jamiyat xayotining progressiv rivojlanib borishi xarakteriga ega ekanligi. Shu tamoyil asosida Marks va Engels ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya to’g’risidagi qonuniyatni ochdilar.
4) Tabiiy-tarixiy jarayonlar tabiatda ro’y beradigan jarayonlar singari qonuniyatli, zaruriyat orqali sodir bo’lib, uz moxiyatiga ko’ra ob’ektiv xarakterga ega. Ammo tabiat xodisalaridan fark kilib, jamiyat xodisalari stixiyali tarzda emas, balki unda yashovchi kishilarning ongli faoliyati natijasidan iboratdir. Jamiyat xayotida xech bir xodisa kishilar ongida aks etmay sodir bulmaydi.
5) M.Veber sotsiologik karashlaridan fark kilib, K.Marks vaF.Engels sotsiologik karashlarida empirik sotsiologik ma’lumotlar va nazariy xulosalar «tarixiy davr manfaatlari»ga - proletariat manfaatlariga karatilgan edi. Nomarksistik sotsiologiya rivojlanishida AKSh sotsiologlaridan T.Parsons, R.Merton, P.Sorokin, F.3nanetskiy, A.Chayld, Ch.R.Mills, V.Stark, P.Berger, T.Lukmansar, garb sotsiologlaridan S.Latur, T.Kun, S.Chepin, P.Forman, E.M.Malkey, M.Polani, E.Shilz, M.Sheler, K.Manxeymlarning roli katta buldi.
XX asrning 20-yillaridan boshlab, AKSh sotsiologiyasida mexnat munosabatlari, insoniy munosobatlarni urganish yangi ijtimoiy-iktisodiy munosabatlarga utish jarayonlarini tezlashtirdi. Masalan, 1927 -1932 yillarda E. Meyo raxbarligida mexnat va boshkaruv munosabatlarini urganishga karatilgan va Xotorn eksperimentlari nomi bilan mashxur bulgan sotsiologik tadkikotlar (bu tadkikotlar garbiy Yevropani larzaga solgan kuchli iktisodiy tanazzul davrida utkazilgan bulib, uning uz oldiga kuygan maksadi - ishlab chikarish samaradorligini oshirishning kushimcha omillarini kidirib topishdan iborat edi.), inson omili massalasini ochib berdi. Shu asosda 1943 yilda Abraxaam Maslou tomonidan ishlab chikarilgan «iste’molning iyerarxik nazariyasi» yaratildi va amaliyotda kullanildi. Keyinchalik, shu nazariya asosida, 1950 yili F. Xersberg tomonidan «motivatsiya nazariyasi» (mexnat sharoitlarining ichki va tashki omillari xakidagi nazariya) va 1957-yili D. Makgregor tomonidan «boshkaruv usullari nazariyasi» yaratildi (Bunda boshkarishning 3 asosiy usullari – avtoritar, demokratik va aralash tip xakida fikr yuritiladi). F.Xersberg nazariyasiga kura, fakat ichki omillar mexnat mazmunini, mexnatdan konikishni oshiradi. Mexnat sharoitlari: ish xaki, shaxslararo munosabatlar, korxona raxbariyatining tutgan siyosati, boshkaruv usuli va boshka shu kabilarga u tashki omillar sifatida karaydi.Bu omillar mexnatdan konikmaslik darajasini pasaytirib, kadrlarni, mutaxasislarning korxonaga boglanishini mustaxkamlaydi. Ammo, bu omillar mexnat unumdorligining oshishiga xal kiluvchi ta’sir kursatmaydi, bu bilan F. Xersberg kuyidagi uzaro bogliklikni asoslaydi: mexnatdan konikish xosil kilish mexnat mazmunining funksiyasidir. konikmaslik esa mexnat sharoitining funksiyasidir.
Har bir fan o‘z tarixiga ega. Iqtisodiy-sotsiologik bilimlarning birinchi elementlari o‘tgan asrlarda paydo bo‘lgan. Lekin nazariya xarakteriga ega sotsiologik bilimlar XVIII asrda amalga osha boshlagan. O‘sha vaqtning faylasuflari Sharl Lui Monteske, Klod Gelvetsiy, iqtisodchilar va faylasuflar Adam Smit, Tomas Robert Maltus, Jan Sharl de Sismondi, Sen-Simon, Sharl Furelarning g‘oyalari muhimroq edi. Ishlab chiqarish boshqaruvchilari, amaliyotchilarining iqtisodiy-sotsiologik bilimlarga murojaati o‘shanda paydo bo‘lgan. Bunga yaqqol misol - Robert Ouen ta’limotidir. XVIII asrda «falsafiy-iqtisodiy» davr tugab, «Iqtisodiy sotsiologiya» fanining rivojida «sotsiologik» davr boshlanadi.
Fransuz faylasufi va sotsiologi Ogyust Kontni (1798-1857y) ko‘pchilik tadqiqotchilar «Sotsiologiya» fanining rasmiy asoschisi deb hisoblashadi, chunki «sotsiologiya» atamasini u birinchilardan bo‘lib kiritgan, «Sotsiologiya»ning fan sifatidagi tizimi va konsepsiyasini tuzgan olimdir.
O.Kont birinchi bo‘lib «Siyosiy iqtisod» nazariyalarining cheklanganligini ta’kidlab o‘tgan. Bu nazariyalarga asosan inson omili e’tiborga olinmas va iqtisodiy hodisalar ijtimoiy muhitdan ajralgan holda berilar edi. O.Kont bu nazariyalarni abstrakt, metafizik deb belgilab, sotsiologlar va iqtisodchilar orasidagi nizoga chek qo‘ygan. U taraqqiyotning sotsiologik va iqtisodiy mezonlarini tenglashtirgan. O.Kont fikri bo‘yicha, industrial jamiyatning muhim yutuqlaridan biri shundaki, odamlarning jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘rni tug‘ilishi bo‘yicha emas, balki mehnati va qobiliyatiga qarab belgilanadi. O.Kont idealist deb hisoblanadi, chunki u hamma muammolarning yechimini industrial jamiyatning ilmiy tashkil etilishida deb bilar edi.
Lamber Adolf Jak Ketle (1796-1874yy.) – belgiyalik olim, ijtimoiy statistikaning klassiklaridan biri. U birinchilardan bo‘lib, «Sotsiologiya»ning aniq matematik fan sifatidagi ijtimoiy-iqtisodiy nazariyasi ilmiy farazlaridan matematik ta’riflashlarga va interpretatsiyalarga o‘tish g‘oyasini e’lon qilgan. «Ijtimoiy fizika» atamasini Lamber Ketle faol qo‘llagan.
Olim birinchi bo‘lib shaxs va aholining co‘poq metodikasini ishlab chiqdi. Ilmiy jamoalarda bu metodika katta aks-sadoga duch keldi, chunki undagi berilgan so‘roqlar juda ommabop edi.«Sotsiologiya» fanining aniqlashtirish g‘oyasi asosida ijtimoiy arifmetika, ijtimoiy gigiyena, ma’naviy statistika, sotsiografiya va boshqa shunga o‘xshash yo‘nalishlar paydo bo‘la boshladi.
Gerbert Spenser (1820-1903y) – ingliz faylasufi va sotsiolog olimi. U o‘z ishlarini ijtimoiy rivojlanish va ijtimoiy evolyutsiya masalalariga qaratgan. Gerbert Spenser ijtimoiy darvinizmning ochiq tashviqotchisidir. Ijtimoiy kurash va raqobatlashish to‘g‘risidagi g‘oyalari raqobatning «toza iqtisodiy» nazariyalari orqali hisobga olingan. Ijtimoiy kurash va raqobatlashish – bu, ham rivojlanishning, ham vayronalikning omillari. Ular jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy farqlanishning asosiy manbalari ham hisoblanadi. Spenser ta’limotiga muvofiq, g‘oliblar mulkdorlar sinfini tashkil etadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy tizim xususiyatlari va tarixiy bosqichlar tahlili natijasida G.Spenser qiziqarli g‘oyalarni ifoda etgan. Ijtimoiy ishlab chiqarishning tashkil etish xarakteriga va taqsimlanishiga ko‘ra, u «sanoatli» va «harbiy» jamiyat turlarini ajratgan va chuqur tahlil qilib chiqqan. Olimning muhim yutug‘i – ijtimoiy muammolarni maxsus va batafsil o‘rganishga asos solgan organik nazariyasidir. Masalan, olim tomonidan biologik organizmlar va insoniy jamoalar orasidagi birlik va farqlar, tashkil etishga ta’sir etadigan asosiy omillar, tashkilotda erkinlik muammosi va boshqalar o‘rganilgan.
Uning ijtimoiy tashkil etilgan tizimlarning bo‘linishi haqidagi metodologik jadvali alohida e’tiborga molik.
Karl Marks (1818-1883y) – nemis faylasufi va iqtisodchisi. Olim nazariyasining sotsiologik mazmuni shu jihatdan ahamiyatliki, XIX asrdagi ijtimoiy fikrlovchilar bu nazariyaga yondashar yoki marksizmga nisbatan oppozitsiyada bo‘lar edi. K.Marksning g‘oyalariga ko‘ra, odamlar o‘rtasida munosabat va xulq-atvorning ob’ektiv qonunlari bor. Odamlar bu qonunlarni o‘rganadi va qo‘llaydi. Ob’ektiv kuchlar sub’ektivlariga qaraganda kuchli, lekin sub’ektiv kuchlar ob’ektivlarni o‘zgartirishi mumkin. Iqtisodiyot – jamiyatning odamlar ruhiyatini va mafkurasini belgilaydigan jamiyat omili. Inson jamiyatsiz yashashi mumkin emas va ijtimoiy muammolarni asosiy yechish yo‘li – odamlar orasidagi munosabatlarni takomillashtirish.
Jamiyatda ikkita asosiy sinf mavjud – kapital egalari (burjuaziya va yollangan) ishchilar (proletariat). Qiziqishlari har xil bo‘lganligi uchun ular iqtisodiy tizimning parchalanib ketishiga sababchi bo‘ladi.Ijtimoiy ongning asosini, olimning fikri bo‘yicha, mafkura tashkil etadi. Mafkura har xil ijtimoiy va iqtisodiy sinflarning qiziqishlarini aks ettiradi.
K.Marks ob’ektiv qonunlarning fenomenini mutlaqlashtirgan, lekin insonning fenomenini yetarli darajada baholamagan. K.Marksning iqtisodiy ob’ektivizmini Z.Freydning ijtimoiy-ruhiy sub’ektivizmi bilan birlashtirsa, to‘g‘ri ijtimoiy-iqtisodiy nazariya kelib chiqadi («freydo-marksizm» g‘oyasi).
Per Jozef Prudon (1890-1865y.) – fransuz iqtisodchisi va sotsiologi, K.Marks davridagi antimarksizmning yaqqol namoyondasi. U.Godvinning anarxizm g‘oyalarini ilmiy nazariya darajasigacha rivojlantirdi. Prudonning fikricha, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning sub’ektlari qanchalik erkinroq bo‘lsa, shunchalik ijtimoiy-iqtisodiy ehtimolliroq bo‘ladi. Ziddiyatlarning manbaini, u xususiy mulkchilikda, odamlar iqtisodiy faoliyatining erkinligida emas, balki davlatning tugashida deb bilar edi.
Olim mayda xususiy mulkchilikni yirigiga qaraganda afzal ko‘rar edi. Uning fikricha, mayda xususiy mulkchilik iqtisodiy tarafdan samaraliroq va jamiyatdagi boylikning ijtimoiy muammosini yaxshiroq yechadi. Mayda ishlab chiqaruvchilar (tadbirkorlar) erkinroq, shuning uchun ularda nizo uchun sabablar ham bo‘ladi, deb hisoblar edi.
Prudon fikricha, mayda burjuaziya tuzumi mehnat prinsipiga, ya’ni odamlarning daromadlari faqat mehnatiga asosan bo‘lishi lozim.
Iqtisodiy-sotsiologik nuqtai nazardan Prudonning «yaxshi va yomon taraflar» reformistik nazariyasi juda qiziqarli. Prudon tanqidiy iqtisodchi va sotsiolog hamda ijtimoiy reformizmning tarafdori edi.
Emil Dyurkgeym (1858-1917y) – fransuz sotsiologi, mehnat taqsimoti sotsiologik nazariyasining muallifi. U tomonidan jamiyatning ijtimoiy-kasbiy tuzilishi, ijtimoiy differensiatsiya va mehnat taqsimoti orasidagi nisbati, ijtimoiy differensiatsiyaning asosiy mexanizmlari ishlab chiqilgan.
Xo‘jalikning va ishlab chiqarish rivojining muhim sharti – inson taraqqiyoti, uning madaniyati va bilimlari oshirilishi. Tarbiyasiz ijtimoiy-iqtisodiy jarayonning rivoji bo‘lishi mumkin emas. A. Dyurkgeym odam qobiliyatiga, ehtiyojiga, mehnat munosibligiga alohida ahamiyat bergan.Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda u asosiy rolni xususiy mulkchilik, raqobat, erkin tadbirkorlikka emas, balki odamlarning birdamligiga, uyushqoqligiga, jipslashganligiga, ijtimoiy munosabatlarning madaniyatiga, mikro - va makrodarajalardagi mehnatning ijtimoiy tashkil etilishiga qaratgan.
Torsteyn Veblen (1857-1929y) – amerikalik iqtisodchi va sotsiolog. U ta’kidlashicha iqtisodiyotning ijtimoiy-madaniy omillarini birinchi kuzatuvchiga ishlab chiqarish taraqqiyotining asosiy ziddiyati odamlarning ruhiyati va madaniyatini bugungi kunga javob beradigan texnikaning yangi shakllaridan orqada qolishi hisoblanadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimda ikkita asosiy ijtimoiy rypyh bor: sanoatchilar va biznesmenlar. Biznesmenlar – bu, ortiqcha odamlar va iqtisodiyotdagi butun hokimlikni sanoatchilarga, ishlab chiqarish tashkilotchilariga berish kerak, degan g‘oyani ilgari suradi. Torsteyn Veblen birinchi bo‘lib tadbirkorning batafsil ijtimoiy shaklini ishlab chiqqan. Olimning ijtimoiy-iqtisodiy nazariyasining xususiyati – ijtimoiy-iqtisodiy institutlarning tahlili, institutsionalizm usuli va g‘oyasining tashviqotchiligida. U «Iqtisodiy sotsiologiya» fanini iqtisodiyotdagi xulq-atvor, ong, insoniy munosabatlarning da’vati to‘g‘risidagi fan deb hisoblagan.
Djon R.Kommons (1862-1945y) — amerikalik iqtisodchi va sotsiolog, institutsionalizm tarafdori. O‘z sotsiologik tahlilini u «dav’at», «xulq-atvor», «munosabat», «ong» tushunchalarida tahlil qilgan.
Ijtimoiy-iqtisodiy dalillarni Kommons uchta tekislikda o‘rganishni tavsiya etgan: tadbirkorlik bitimi (bozor) - ma’muriyatchilik - taqsimot munosabatlari. Bu esa, «Iqtisodiy sitsiologiya»ning kelgusi rivoji uchun metodologik jadval bo‘lib qoldi.
Kommons ta’limotining xususiyati – inson va munosabatlarning guruhiy tahliliga asoslanganida. U iqtisodiy xulq-atvorning aniq ijtimoiy prinsiplarini ifodalab bergan, ya’ni umumiy ommabop tushunchalardan aniq tushunchalarga o‘tgan. Shuningdek, olimning AQSh ishchi sinfining tarixi, sanoat jamiyati bo‘yicha fundamental asarlari bor.
Georg Zimmel (1858-1918y) – nemis faylasufi, iqtisodchi, sotsiolog, rasmiy ravishda «Iqtisodiy sotsiologiya» fani bo‘yicha klassik deb hisoblanadi.
G.Zimmel iqtisodiy sotsiolog sifatida ishchi kuchi, aqliy va jismoniy mehnat orasidagi farqlar, iqtisodiy hayotda ijtimoiy guruh muammolarini o‘rgangan. U ayrim nazariyalarga qarshi bo‘lib, murakkab mehnatni jismoniy mehnatga qaraganda yuqoriroq baholagan. U bu g‘oyani hap tomonlama asoslab, jamiyatdagi ishchilar sinfi va boshqa sinflar orasidagi munosabatlarning yangi nazariyasini yaratdi.
G.Zimmelning asosiy asari – «Pul psixologiyasi» («Pul falsafasi») asarida inson va jamiyatning hayotida pul ahamiyatining chuqur ijtimoiy-psixologik tahlili, pulning shaxsga va insoniy munosabatlarga, ijtimoiy tartibga va madaniyatga bo‘lgan ta’siri o‘rganib chiqilgan.
Verner Zombart (1863-1941y) – nemis iqtisodchisi va sotsiologi, iqtisodiy fanda «tashkillangan kapitalizm» nazariyotchisi sifatida mashhur. V.Zombart iqtisodiy xulq-atvor psixologiyasini, jamiyatdagi asosiy sifatlarning hayot tarzini chuqur o‘rgangan. Ayniqsa, «Iqtisodiy sotsiologiya» fani uchun uning iqtisodiyot va sotsiologiya orasidagi munosabatlar muammosini yechish yo‘nalishlari muhimdir.
Maks Veber (1864-l920y) – nemis sotsiologi, XIX acp sotsiologiyasining obro‘li shaxslaridan biri (K.Marks bilan bir qatorda). Uning ilmiy ijodida ijtimoiy tashkilotlar nazariyasi alohida o‘rin olgan. Olim tashkilotlarning ratsional turini asoslab bergan, guruhlar va individlar faoliyatida va munosabatlarida rag‘bat va nazorat mexanizmlarini ko‘rsatgan. Bu g‘oya amaliy sotsiologiyaning kelgusi rivojida muhim metodologik asos bo‘ldi.
M.Veber xo‘jalik hayoti tahlilini «Sotsiologiya» fanining asosiy sharti deb hisoblar edi (eng yirik asari – «Xo‘jalik va jamiyat»).
Olimning iqtisodiy-sotsiologik nazariyasining xususiyati – ijtimoiy, madaniy omillarning ahamiyatini tan olish. U kapitalizm rivojida xristianlikning ahamiyatini va uning ta’sirida insonning ishchi, mulkdor sifatida rejali bo‘lish, tejab xarj qilish, mehnatsevarlik, halollik sifatlarining shakllanishini targ‘ib qilgan. M.Veberning muhim yutuqlaridan biri - iqtisodiyot nuqtai nazaridan ijtimoiy nizolarning tahlil qilganligi hisoblanadi. U iqtisodiy xulq-atvorga ijtimoiy xulq-atvorning ratsional turi sifatida qaragan. Olim sanoatning yirik empirik tadqiqotlarini o‘tkazgan va bunday tadqiqotlarning metodikasi rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan.
Moris Xalbvaks (1877-1945y). Sotsiologiyaning ko‘p amali va nazariy muammolari ustida ishlagan, industriya jarayonini chuqur o‘rgangan. U faol amaliyotchi va empirik sotsiologik tadqiqotlarning targ‘ibotchisi sifatida mashhur. Uning ilmiy ijodining asosiy yutug‘i – ijtimoiy-iqtisodiy guruhlarning, sinflarning, daromadlarning va mulkiy munosabatlarning tahlili hisoblanadi.
Elton Meyo (1880-1949y), Yozef A.Shumpeter (1883-1950y), Jorj Fridman (1902-1977y), Piter Draker (1909 yilda tug‘ilgan) ilmiy ijodi XX asrning birinchi yarmiga daxldor. Bu olimlar amaliy mehnat sotsiologiyasini va mehnat munosabatlarini o‘rganishga o‘z hissalarini qo‘shishgan. Amaliy sotsiologiyaning ommabopligi uning nazariy-iqtisodiy rivojini istisno qilmaydi. XX asrning o‘rtalarida «frankfurt maktabi» paydo bo‘ldi. Uning namoyondalari - Maks Xorkxaymer (1895-1973y), Gerbert Markuze (1898-1979y), Erix Fromm (1900-1980y). Ular fanning klassik davridagi ko‘p ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga «qaytdilar», lekin ularning tahlilida zamonaviy yondashishlar ko‘rinadi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin «Iqtisodiy sotsiologiya» fani sobiq sovet davlatida ham faol rivojlanadi. Olimlar ijtimoiy-iqtisodiy hayotning xususiy jihatlari bo‘yicha juda og‘ir sharoitlarda ko‘p qiziqarli tadqiqotlar o‘tkazishdi. Qiyinchilik-ta’lim tizimida tegishli fanlarning yo‘qligidan, har bir ijtimoiy ma’lumotning sobiq sovet davrida siyosiy yo‘naltirilganligi, ifodalanganligidan kelib chiqqan. Bu esa, o‘z navbatida, «Sotsiologiya» fani o‘z rivojida «tezligini yo‘qotishiga», fundamental nazariy dasturlar va asarlarning yetishmasligiga, mavjudlarining esa bugungi talablarga javob bermasligiga olib keldi.
«Sotsiologiya» fanining reabilitatsiyasi, rivojlanishi shuni ko‘rsatadiki, jamiyat oldinmi, baribir, lekin o‘z-o‘zini chuqur bilish bilan shug‘ullana boshlaydi, chunki usiz fan yashay olmaydi, shuningdek, o‘zining ichki va tashqi yo‘nalishlarida ma’lum bir yutuqlarga ham erisholmaydi.