Reja: Iqtisodiyot va uning bosh masalasi Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va vazifalari Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar



Yüklə 25,89 Kb.
səhifə6/9
tarix21.10.2023
ölçüsü25,89 Kb.
#158438
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Iqtisodiyot fani vazifasining pre3dmeti

Avstriya iqtisodiyot maktabining namoyondasi Y. Shumpeter 1912 yilda yozgan “Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi” deb atalgan kitobida iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch – tadbirkorlik degan xulosaga kelgan.
Ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns o’zining “Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi”(1936) degan kitobida makroiqtisodiy ko’rsatkichlar: milliy daromad, kapital, xarajatlar, iste‘mol va jamg’arishning o’zaro bog’liqligini tahlil qilib, investitsiya va iste‘molning eng maqsadga muvofiq tarzda tashkil topishi - iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili deb ko’rsatadi. Keyns ta‘limoti, ya‘ni keynschilik maktabi ta‘sirida iqtisodiyotda makroiqtisodiy tahlil yo’lga qo’yildi. Keyns davlatning iqtisodiyotni boshqarishda faol qatnashishi zarurligini isbotlab bergan.
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining muhim yo’nalishlaridan biri monetarizm deb ataladi. Agar Keyns nazariyasining ishlab chiqilishda markaziy muammo ishsizlik bo’lgan bo’lsa, monetarizm nazariyasining asosiy muammosi ishlab chiqarish hajmining pasayib borish sharoitida inflyatsiyaning vujudga kelishidir. Ushbu holat stagflyatsiya degan nom olgan. Monetarizm maktabining asoschisi Milton Fridmen bo’lib, uning iqtisodiyot nazariyasiga qo’shgan qissasi pul nazariyasini yangi mazmun bilan boyitdi. Monetarizm pul-kredit dastaklari yordamida tiqtisodiyotni tartibga solishda o’ziga xos yondshuvni vujudga keltirgan nazariya hisoblanadi.
Hozirgi paytda marjinalizm, monetarizm, keynschilik yo’nalishidagi iqtisodiy nazariyalar yig’indisi “Ekonomiks” nomli kitobda mujassamlashgan bo’lib, bu AQSH, Angliya mamlakatlarda darslik sifatida o’tiladi.
Hozirgi paytda bu yo’nalishdagi fan o’zbekistonda, MDH mamlakatlarida “Iqtisodiyot nazariyasi” deb yuritiladi.


3-savol. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va vazifalari
Iqtisodiyot nazariyasi faning predmetiga turlicha ta‘riflar mavjud. Masalan, Aristotel bu fanni uy xo’jaligini boshqarish qonunlari to’g’risidagi fan deb ta‘rif bergan. Merkantilistlar, fiziokratlar va ingliz klassik iqtisodiy maktabi vakillari unga boylik to’g’risidagi, uning manbalari va ko’paytirish yo’llari, boylikni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste‘mol qilish to’g’risidagi fan deb ta‘rif berganlar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitining hozirgi rivojlanish bosqichlarida iqtisodiy munosabatlar barcha dastaklar bilan chambarchas bog’langan davrda iqtisodiyot nazariyasining predmeti – iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish yo’lida moddiy ne‘matlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste‘mol qilish borasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, xo’jaliknisamarali yuritish qonun-qoidalarini o’rganishdan iborat deyish mumkin.
Bu fan quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Bilish vazifasi – jamiyatda insonlarning tabiat ashyolari, boshqa moddiy ashyolar hamda o’zaro bir-birlari bilan aloqalarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabtlarni tadqiq etadi. Bu fan fundamental ahamiyatga egadir.
2. Amaliy vazifa – cheklangan resurslardan unumli foydalanib iqtisodiy o’sishni ta‘minlash va o’sib boruvchi ehtiyojlarni qondirishdan iborat.
3. Uslubiy vazifasi – bu fanning tahlili, qoida-qonunlari., xulosalari ijtimoiy va tarmoq fanlari uchun uslubiy asos bo’lib xizmat qiladi.
4. G’oyaviy-tarbiyaviy vazifasi – iqtisodiyot ilmini o’rganuvchilar, talabalar va mutaxassislarda ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi. Ya‘ni, milliy mahsulotni ko’paytirish, milliy pul qadrini oshirish, milliy tovarlarni jahon miqyosida bozorbop bo’lishini ta‘minlash, mamlakat aholisining turmush darajasini ko’tarish ruhida tarbiyalaydi.



Yüklə 25,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin