Mavzu: Innovatsion iqtisodiyotda tuttgan o`rni va ahamiyati.
Reja:
1. Iqtisodiyotda innovatsiyaning tutgan o’rni
2. Ta’lim faoliyatida innovatsion texnologiyalar
3. Sun’iy intellekt – to’rtinchi sanoat inqilobining asosi
4. Dasturlash – innovatsion ta’lim klasteri
5. Xulosa
KIRISH “Innovatsion iqtisodiyot” fanining oliy ta’limi Iqtisodiyot yo’nailishi Davlat ta’lim standartlarining ko‘pgina yo‘nalish va mutaxassisliklari tarkibiga kiritilishini bugungi kunning talabi hisoblanadi. Mamlakatdagi keskin ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, bozor munosabatlariga o‘tish yangi turdagi mahsulot va texnologik jarayonlarini o‘zlashtirish, nomenklatura va assortiment bo’yich o‘zgarishi muammolarini vujudga keltirdi. Iqtisodiy o‘sishning an’anaviy resurslaridan foydalanish imkoniyatlarining torayib ketishi birinchi o‘ringa innovatsion jarayonlarni muhimligini, ular iqtisodiy o‘zgarishlarning ajralmas qismi va bo‘g‘ini bo‘lib qolmoqda. Innovatsion jarayonlarni ilmiy va samarali tashkil qilish masalalari ayniqsa dolzarbdir. “Innovatsion iqtisodiyot” fan sifatida boshqa iqtisodiy fanlar bilan, jumladan, “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Mikro va makroiqtisodiyot”, “Industrial iqtisodiyot”, “Korxona iqtisodiyoti” va iqtisodiyotga oid boshqa fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Darsikning maqsadi - innovatsion jarayonlarning milliy va jahon ilm-fani va amaliyoti yutuqlarini umumlashtirish, innovatsion iqtisodiyotni o‘rganishda talaba va aspirantlarga ko‘maklashish, innovatsion jarayonlarning nazariy asoslarini, innovatsion jarayonning ob’ekti sifatidagi xususiyatlarini, innovatsion mexanizm elementlarini, innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish prinsiplarini, innovatsiya shakllari va moliyalashtirish manbalarini o‘zlashtirishdir. Darsikda innovatsion faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilik va me’yoriy hujjatlardan foydalanishga katta e’tibor qaratilan. Bunda huquqiy jihatlar faqatgina innovatsiyalarni moliyalashtirish va rag‘batlantirishga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan cheklanib qolmay, balki innovatsion mexanizmining moliyaiqtisodiy, tashkiliy, boshqaruv, axborot va ma’naviy-psixologik elementlarini qamragan kengroq ma’noda ko‘rib chiqilan. Xorijiy tajriba sanoati rivojlangan mamlakatlarda innovatsion jarayonlar rivojlanishining umumiy tendensiyalarini aniqlash va Respublika 4 boshqaruv siyosatida innovatsion faoliyatning eng samarali shakllari va amalga oshirish metodlaridan foydalanish nuqtai nazaridan bayon etilgan. Innovatsion iqtisodiyotning ayrim masalalari qisqa va umumiy qilib berilgan, bu esa bir qator nashr qilingan o‘quv qo‘llanmalari mavjudligi bilan izohlanadiki, u erda ular etarlicha batafsil o‘rganilgan. Darslikda mavjud o‘quv-uslubiy materialni umumlashtirish, bir qator muzokarali masalalar bo‘yicha turli qarashlar tahlili va faktik (soha, hududiy va xorijiy) materialdan foydalanish asosida yozilgan. Kitob tayyorlash jarayonida muayyan qiyinchiliklar vujudga keldi. Ushbu qiyinchiliklar u yoki bu masalaning talqin etilishi, shuningdek, innovatsion iqtisodiyot tizimi oxirigacha shakllanib bo‘lmaganligi, uning ayrim bo‘g‘in va elementlari jiddiy o‘zaro aloqalarga ega emasligi bilan bog‘liq. Shu sababli muallif nazariy jihatdan umumlashtirishga urinmasdan faqat amaliyotda sinalgan yondashuv va ish shakllarini taqdim etadi. Darsikda masala yechimining turli variantlarini ko‘rib chiqish noto‘g‘ri bo‘lardi. Muallif asosan faoliyat ko‘rsatayotgan (yoki faoliyat ko‘rsata boshlayotgan) jarayonlarni ko‘rsatishga uringan, ba’zi hollardagina yangi yondashuv va yechimlar to‘g‘risidagi ilgari surilgan takliflarni tahlil qilgan. O‘quvchilar e’tiboriga taqdim etilayotgan darslik oliy ta’lim Iqtisodiyot yo’nailishi Davlat ta’lim standartlari 5230100 “Iqtisodiyot” (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishiga malaka talablariga muvofiq ravishda tayyorlangan. Muallif kitob mazmuni bo‘yicha qilingan fikr-mulohazalar uchun o‘quvchilardan minnatdor bo‘ladi.