Xarajatlar bashorati. Bo’lim ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini hisoblash bilan tugallanadi. Bo’limga ishlab chiqariladigan mahsulot kalkulyatsiyasi va ishlab chiqarish xarajatlari smetasining barcha muddatlari bo’yicha hisoblar ilova qilinadi. Moddiy resurslarga bo’lgan talabni jadval shaklida berish mumkin
Biznes-rejada material-xom ashyo va yoqilg’i-energetika resurslarini sotib olish shartlari, etkazib beriladigan resurslarning nomenklaturasi, muddatlari va bahosi nuqtai nazaridan ta’minotchilarning ishonchliligini ko’rsatib o’tiladi.
Mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari smetasi 7.4-jadval shaklida rasmiylashtirilishi mumkin.
Izoh: 1. Doimiy xarajatlaga quyidagilar kiradi: amortizatsiya, bino ijarasi, kreditlarbo’yicha foizlar, vaqtbay ish haqi va sug’urta to’lovlari, ma’muriy xarajatlar va x.k.
2. O’zgaruvchan xarajatlar - bu xom ashyo, materiallar, texnologik yoqilg’i, elektr energiyasi, ishbay ish haqi va x.k.