O'rnatish amalning bir qismi bo‘lib detaining (dastgoh turiga qarab bir necha detaining) bir maria mahkamlaganda bajariladigan ishlar yig‘indisidan iborat. Dastgohga o‘matilgan yoki mahkamlangan xomashyo uning ishclii organalariga nisbatan stolini aylanishi yoki siljishi natijasida yangi holatni egallash mumkin.
Holat detaining bir marta mahkam lagan holatida dastgohning ishchi organlariga nisbatan egallagan holati. Holatni o'zgarishi dastgoh stolining aylanishi yoki siljishi natijasida bo‘ladi. Masaslan: ko‘p shpindelli ko’p holatli dastgohlarda.
Amal texnologik va yordamchi o‘tishlarga bo‘linadi. Texnologik o‘tish texnologik amalni tugallangan qismi bo‘lib detaining ishlov berilayotgan yuzasini, kesuvchi asbobning va kesish ma’romlarining doimiyligi bilan xarakterlanadi.
Yordamchi o‘tish texnologik amalning tugallangan qismi bo‘lib ishchining va (yoki) dastgohning harakatlari yigb'ndisidan iborat. Yordamchi o‘tish natijasida detalningng shakli, o‘lchamlari va xususiyatlari o‘zgarmaydi.
O‘tish o‘z navbatida ishchi va yordamchi yurishlardan iborat bo‘ladi. Ishchi yurish texnologik o‘tishning tugallangan qismi bo‘lib kesuvchi asbobni, ishlov berilayotgan yuzani doimiy saqlagan holda detaldan ma’lum qatlamni kesib olish bilan bog‘liq bo‘ladi
Yordamchi yurish texnologik o‘tishning tugallangan qismi bo‘lib kesuvchi asbobni ishlov berilayotgan detalga nisbatan metalni kesib olmagan holda bir marta siljishidan iborat. Bu o‘tish kesish jarayonini takroran amalga oshirish uchun kesuvchi asbobni kerakli holga qaytarish uchun zarur bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |