Seriyali ishlab chiqarish, bu ishlab chiqarish turi donali va yalpi ishlab chiqarishning o‘rtasida bo"lib oraliq xarakterga ega bo‘ladi.
Seriyali ishlab chiqarish sharoitida detallar partiyalab yoki seriyalab tayyorlanadi. Bitta partiya (seriya) tarkibidagi detallar tuzilishining, o‘lchamlarining va materialining bir xilligi bilan ajralib turadi. Bir partiya yoki seriyadagi detallar birdaniga tayyorlab olinib keyin ikkinchisiga o‘tiladi.
«Partiya» so‘zi detallarga taalluqli bo‘lsa, «seriya» so‘zi esa mashinalarga taalluqlidir. Partiyadagi detallar soni va seriyadagi mashirtalar soni turlicha bo‘lishi mumkin.
Seriyali ishlab chiqarish sharoitida yil davomida tayyorlanadigan seriyadagi mahsulot (detal) miqdoriga qarab may da kichik seriyali, o‘rta seriyali va ko‘p seriyali ishlab chiqarish bo'ladi.
Seriyali ishlab chiqarish sharoitida texnologik jarayonning amallari differensiallashgan bo‘ladi yoki texnologik jarayon amallarga bo‘lib yuboriladi.
Bu ishlab chiqarish sharoitida turli xil dastgohlar qo‘lla- niladi: universal, maxsus, maxsuslashgan, avtomatlashtirilgan, agregat va shu kabilar. Dastgohlar tayyorlanayotgan mahsulotni turi o‘zgartirilganda ulami tayyorlash imkoniyatiga qarab maxsuslashtiril adi.
Universal dastgohlardan keng foydalanilgan holda max- suslashtirilgan, maxsus moslamalar, standart kesuvchi asboblar bilan bir qatorda maxsus kesuvchi asboblar ham qo‘llaniladi. Xuddi shuningdek, bu ishlab chiqarish sharoitida chegaraviy kalibriar, shablonlardan keng foydalaniladi. Barcha dastgohlar, moslamalar, kesuvchi va nazorat asboblari o"z tannarhini tez qoplay oladi. Buning asosiy sababi tayyorlanayotgan mahsulot miqdorining donali ishlab chiqarishga nisbatan ancha ko‘pligidir.
Seriyali ishlab chiqarish sharoiti keng tarqalgan bo‘lib, kompressorlar, presslar, dastgohlar, to‘qimachilik mashinalari, yog‘ochga ishlov berish sanoati, oziq-ovqat va o‘rmonchilik sanoati mashinalari, komunal xo‘jalik mashinalari tayyorlashda va shu kabilarda qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |