Mavzu: Ishsizlik
REJA:
1. Ishsizlik haqida umumiy tushuncha
2. Ishsizlikga ta’sir etuvchi omillarni gretlda ishlash
3. Foydalanilgan adabiyotlar
Ishsizlik — bir qism iqtisodiy faol aholining oʻziga loyiq ish topa olmasdan qolishi va mehnat zaxirasiga aylanishi. Oʻzbekistonda Ishsizlik tushunchasi rasman 1992-yil "Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida"gi qonunining qabul qilinishi bilan meʼyoriy kuchga ega boʻldi (1998-yil 1 mayda ushbu qonunning yangi tahriri qabul qilindi).
Ishsizlik sababi har xil boʻlganidek uning shakllari ham turlicha. Ishsizlik ning asosiy shakllari: friksion Ishsizlik —turli sabablarga koʻra (yangi yashash joyiga oʻtish, kasbni oʻzgartirish, bola boqish, yangi ish tanlash) vaqt-vaqti bilan ishsiz qolish. Bu ixtiyoriy ishsizlik hisoblanadi. Tarkibiy Ishsizlik — ishlab chiqarish tuzilmasi oʻzgartirilgan sharoitda eski tarmoqlarda ishlab kelgan kishilarning yangi tarmoqlarga kerak kasbni hali oʻzlashtirmagan kezlarida yuz beradi. Siklli Ishsizlik — iqtisodiy tangliklar bilan bogʻliq boʻlib, ishlab chiqarishning pasayib ketishi natijasida yuzaga keladigan Ishsizlik Bu majburan ishsiz qolishdir. Mavsumiy Ishsizlik — mavsumiy ishda band boʻlganlarning mavsum tugagach, ishsiz qolishi. Yashirin Ishsizlik — rasman ish bilan band boʻlganlarning faqat qisman ishlashi. Unga qisqartirilgan ish kuni yoki ish haftasiga oʻtganlar, ish yoʻqligidan haqberilmaydigan taʼtilga chiqqanlar kiradi.
Ishsizlar safiga, odatda, nafaqat turli sabablarga koʻra ishdan boʻshatilganlar, balki oʻz ixtiyoriga koʻra ishdan ketganlar va yangi ish topishga harakat qilayotgan shaxslar ham kiritilishini qayd etish lozim. Ishsizliktarki-bi uning sabablariga kura ish kuchining 4 asosiy toifasini oʻz ichiga oladi: ishdan boʻshatilishi natijasida ish joyini yoʻqotganlar; ishdan ixtiyoriy ravishda boʻshaganlar; tanaffusdan soʻng ish qidirayotganlar; birinchi bora ish qidirayotganlar. Bu toifalarning oʻzaro nisbatlari iqtisodiy rivojlanish bosqichlariga bogʻliq.
Gretlda ishlash jarayoni
Ekonometrik model quyidagicha:
Ishsizlik t=a0+a1x1+a2x2+anxn
bu yerda, a0,a1,a2,an- baholanayitgan mustaqil o’zgaruvchilar koeffitsienti.
x1,x2,xn- yo’qolgan o’zgaruvchini yoki modelda qayd etilmagan omillarni ifodolovchi tasodifiy xatoligi yoki buzilish xatoligi .
Gipoteza
Quyida bizning asosiy farazlarimiz
H1:- O’zbekistonda ishsizlik investitsiya bilan bog’liqlikka ega
H2:- O’zbekistonda ishsizlik investitsiyaga ham aholi daromadi bilan ham bog’liqlikka ega
Regressiya tahlili usuli:
Ushbu tahlildan foydalanishni maqsadi model orqali bog’liq va mustaqil o’zgaruvchilar o’rtasidagi munosabatlarni tushuntirishdir. Bundan tashqari, namunaviy regressiya funksiyasini modellashtirish uchun oddiy eng kichik kvadratlar usuli tanlangan.
O’zgarishlar
Ehtimollik darajasi *
Investitsiya
0,0340
omillar
statistika
p-qiymat
ishsizlik
0.000
investitsiya
2.285
0.00644
H1 gipoteza bo’icha xulosa
Regressiya tenglamasi:ӯ=3.48+208193x1 Ishsizlik investitsiya bilan bog’liqlikka ega emas. Chunki modelda umuman yulduz yo’q.
Shundan so’ng omillarni korrelyatsion matritsaga qo’ydim. Omillarni test qilib ko’rdim. P-qiymat jadvalga ko’chirdim. Natijalarni yuqorida ko’rib turibsiz.
H2 gipoteza bo’yicha xulosa
Ӯ=1.79-958545x1+588759x2 Ishsizlik investitsiya bilan big’liq emas. Chunki modelda yulduzcha yo’q.
Keyin modelni korrelyatsion matritsaga qo’ydim. Ikkita gipoteza tahlili 2 xil bo’ldi. Matritsada pushti kataklar mavjud. Bundan ko’rinib turibdiki, ular orasida ozgina chiziqli bog’liqlik bor.
Ishsizlik bilan aholi daromadi kuchli bog’liqlikka ega. Chunki modelda 3 ta yulduzcha mavjud. Bu korrelyatsion matritsada ham o’z aksini topgan.
Keyingi jarayonda omillarni test qilib p-qiymatlarni jadvalga kiritdim. Natijalarni yuqorida ko’rib turibsiz.