Qur’on 114 sura, suralar 6226ta oyatlardan iboratdir. Islom falsafasi markazida
so‘ngra Arsh uzra “mustaviy” bo‘lgan, kunga tunni qoplaydigan-uni (ya’ni kunni
20
tun) shitob bilan quvadi-quyosh, oy, yulduzlarni O‘z amriga musaxxar (mute) qilib
qo‘ygan Allohdir. Ogoh bo‘lingizki, yaratish va buyurish Unga xosdir.”
2
Osmon etti qavatdan iborat bo‘lib, xudoning taxti arshi a’loda etmish ming
parda bilan o‘ralgan. Alloh jannat va do‘zah ham yaratgan deyiladi.
Qur’on yakka xudolikni targ‘ib etadi. Islom ta’limoti bo‘yicha, inson Xudo
tomonidan yaratilgan va uning bandasidir. Alloh uni tuproqdan yaratgan. Odam
Atoning qobirg‘asidan esa Momo Havoni yaratgan. Odam shaytonning izmiga
kirib, ahdga shak keltirgan. Va oqibatdan jannatdan quvilgan.
Alloh jinlarni ham, farishtalarni ham yaratgan, xudoga yaqin bo‘lgan
farishtalar Jabroil, Mekoil, Isrofil va Azroildir.
Farishtalar Alloh amriga binoan inson oldida bosh egadilar ammo ulardan biri
Iblis bundan bosh tortadi. Shunda Alloh Iblisga la’natlar yog‘dirib, uni erga
yuboradi. Shuning uchun shayton Iblis odamlarni Alloh yo‘lidan ozdirishga
urinadi.
Islomda najot yo‘li Xudoga ishonch-imon yo‘li sifatida belgilab berilgan.
Islomda najot yo‘li bilish, ilmdan iboratdir. To‘la va tugal ilm faqat Allohga
tegishlidir. Islom xaqiqatni izlashni ta’qiqlamaydi. Oyatlarning xaqiqiy ma’nosini
tushunish uchun uning ustida chuqur o‘ylash kerak.
Islom madaniyatining nazariy asoslarini islom dinining muqaddas kitobi
Qur’on hamda hadislar tashkil etadi. Islom falsafasi markazida Allohning
yagonaligi haqidagi ta’limot yotadi. Qur’on yakkaxudolikni targ‘ib etadi.
Qur’onning eng asosiy ta’limotlaridan biri – Allohning o‘zigagina ibodat qilishdir.
Baqara surasi, 255-oyatda “Alloh – undan o‘zga iloh yo‘qdir. (U) hamisha
barhayot va abadiy Turuvchidir”,
1
- deyilgan.
Shuningdek, Islom Allohga bir surat yoki haykal vositasida sig‘inishni rad
etadi.
Makkadagi Ka’bada 360 sanam bo‘lganligi tarixdan ma’lum. Muhammad
SAV Makkani fath qilganidan so‘ng Iso va Bibi Maryam tasviridan boshqa
haykallar va suratlarni yo‘q qilishga buyurgan. Shuningdek, Qur’onning Soffot
surasi, 95-96-oyatlarda “O‘zlaringiz yo‘nib (yasab) olgan narsalarga ibodat
qilasizmi?! Holbuki, sizlarni ham, sig‘inayotgan butlaringizni ham Alloh
yaratganku?!”
2
deyilgan edi.
Baqara surasi. “115.
Mashriq ham, Mag‘rib ham Allohnikidir. Bas, qaysi
tarafga yuzingizni qaratsangiz, o‘sha tomonda Allohning “yuzi” mavjuddir.”
3
Dostları ilə paylaş: