Reja Issiqlik nurlanishi haqida



Yüklə 100,5 Kb.
səhifə3/3
tarix28.10.2022
ölçüsü100,5 Kb.
#66675
1   2   3
Absolyut qora jism

E=kT4
Bunda: T - harorat (kelvinda); k - Bolsman doimiysi.
Formuladan yaqqol ko‘rinib turibdiki, jismning harorati ortishi bilan, uning nur taratish yorqinligi shunchaki ortib bormasdan, balki nihoyatda jadal ko‘rsatkich bilan ortar ekan. Aytaylik, biror jism haroratini ikki karra orttirsangiz, uning nur taratish yorqinligi 16 barobar ortadi!
Ushbu qonunga ko‘ra xulosa qiladigan bo‘lsak, demak, mutlaq nol haroratdan balandroq haroratga ega bo‘lgan istalgan jism o‘zidan energiya chiqaradi (nurlatadi). Agar hamma jism o‘zidan energiya chiqarsa, demak, jismlarning energiya zahirasi allaqachon tugashi va o‘sha jism mutlaq nol haroratgacha sovishi kerak edi. Nimaga tabiatda bunday bo‘lmayapti? Nima sababdan, inson tanasiga xos bo‘lgan haroratga (36.6 °C yoki, boshqacha aytganda ≈300 K dan sal balandroq) muvofiq bo‘lgan infarqizil nurlanish taratuvchi bizning tanamiz, ushbu nurlanishni doimo tarata-tarata oxiri sovib qolmaydi?
Mazkur savolning javobi mohiyatan ikki qismda iborat bo‘ladi: Birinchidan, biz vaqti-vqati bilan ovqatlanish orqali tashqaridan energiya qabul qilamiz. Ovqatlarning organizmdagi metabolik o‘zlashtirilishi natijasida, undagi kaloriyalar organizmimizga qo‘shimcha issiqlik energiya sifatida kirib keladi va Stefan-Bolsman qonuniga muvofiq, tanadagi energiya sarfi o‘rnini to‘ldiradi. Jonsiz issiqqon hayvonlarning tanasi tezda atrof muhit haroratigacha sovib qoladi. Chunki, bunda tananing tashqi energiya ta'minoti to‘xtatiladi.
Bundan ham muhimi shuki, Stefan-Bolsman qonuni, harorati mutlaq nol darajadan balandroq bo‘lgan istalgan jism uchun o‘rinlidir. Shu sababli ham, o‘z issiqlik energiyasini tashqi muhitga berayotgan odam haqida so‘z yuritishda yana shuni e'tibordan chiqarmaslik kerakki, uni o‘rab turgan muhit, masalan, uydagi mebellar, devor, hattoki havo ham issiqlik energiya nurlatadi va ularning energiyasidan siz ham "bahramand" bo‘lasiz. Agar atrof muhit harorati, odam tanasi haroratida pastroq bo‘lsa, unda muhitning issiqlik nurlanishi odam tanasining issiqlik energiyasi sarfini faqat qisman to‘ldiradi xolos va bu holatda, tana sarflayotgan energiyaning o‘rnini ichik resusrslar evaziga qoplashga o‘ta boshlaydi. Agar, atrof-muhit harorati organizm haroratiga yaqin, teng yoki undan balandroq bo‘lsa, unda odam o‘z organizmidagi metabolizm jarayonlari natijasida ajralib chiqayotgan energiyaning ortiqcha miqdoridan, tana issiqligini nurlatish yo‘li bilan qutilish qiyinlashadi. Shu lahzada ikkinchi mexanizm ishga tushadi: tana terlay boshlaydi. Teridan ajralib chiqayotgan ter tomchilari timsolida, badandagi ortiqcha issiqlik miqdori chiqib ketadi.
Stefan-Bolsman qonuning yuqorida qayd etilgan ta'rifi, o‘z sirtiga kelib tushayotgan barcha nurlanishlarni yutadigan jism - mutalq qora jism uchun o‘rinlidir. Ma'lumingizkim, mutlaq qora jism tabiatda mavjud emas. Haqiqiy jismlar esa, nurlanish energiyasining faqat muayyan qisminigina yutadi xolos. Nurlanishning qolgan qismini esa jismlar o‘zidan akslantiradi. Biroq, ayni holatda ham, jismning sirtidan chiquvchi nurlanishning solishtirma quvvatining 4 ga proporsionalligi baribir saqlanadi. Lekin, bu holatda Bolsman doimiysining qiymatini, real fizik jismlarning xossasini namoyon qiluvchi boshqa bir koeffitsient bilan almashtirishga to‘g‘ri keladi. Bunday qiymatlar esa, odatda eksperimental usul bilan aniqlanadi.
Yüklə 100,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin