4 - mavzu. Iste’molchilar, ishlab chiqaruvchilar va bozorlar samaradorligi.
Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini hisoblashda taklif chizig’idan foydalanish
Xuddi iste’molchi ortiqchaligi talab egri chizig’iga yaqindan bog’lik bo`lganidek, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi taklif egri chizig’iga bog’lik. Bu qanday sodir bo`lishini bilish uchun oldingi misolimizni davom ettiramiz. Buni biz 4ta bo`yoqchini xizmati uchun belgilagan narxni taklif jadvalini topishdan boshlaymiz. 4-rasmdagi jadvalda ko`ringa-nidek taklif egri chizig’i 2-jadvalni narxi bilan to`g’ri keladi. Agar narx 500 dan kam bo`lsa 4ta bo`yoqchining birortasi ham bu ishni qilishni xohlamaydi va taklif miqdori 0ga teng bo`ladi. Agar narx 500 bilan 600 o`rtasida bo`lsa faqat Grendma bu ishga rozi bo`ladi va taklif miqdori 1ga teng bo`ladi. Agar narx 600 bilan 800 o`rtasida bo`lsa Grendma va Jorjiya bu ishni qilishga roz iva taklif miqdori 2ga teng va xokazo. Natijada taklif darajasi 4 ta bo`yoqchining narxidan kelib chiqadi.
4- rasmdagi chizma taklif egri chizig’i taklif jadvali bilan mos kelishini ko`rsatadi. E’tibor bering taklif egri chizig’i sotuvchilarning narxiga bog’liq. Har qanday miqdorda taklif chizig’idagi narx cheklili sotuvchining, ya’ni narx to`g’ri kelmasa, bozorni birinchi tark etuvchi sotuvchini narxini ifodalaydi. 4 ta uy miqdorida esa taklif egri chizig’ining yuqorisi 900$ ga teng, bu Mariya xizmati uchun belgilagan narx. 3ta uy miqdorida taklif chizig’i 800$ ga teng. Bu Frida belgilagan narx. Taklif egri chizig’i sotuvchilarning narxida aks etishi sababli, biz buni ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini o`lchash uchun ishlatishimiz mumkin.
5-rasm taklif egri chizig’i bizning 2ta misolimizdagi ishlab chiqarish ortiqchaligini
hisoblash uchun ishlatiladi. (a) chizmada biz narx 600$ deb hisoblaymiz. Bu holda tak-lif miqdori 1ga teng. Narx va taklif egri chizig’i orasidagi maydon 100$ga teng. Biz bu-ni Grentmaning ishlab chiqarish ortiqchaligi sifatida hisoblagandik. 5- rasm (b) chizma-si $800 narxdagi ishlab chiqarish ortiqchaligini ko`rsatadi. Bu holatda narxning past va taklif egri chizig’ining yuqorisi 2ta burchakning umumiy maydoniga teng. Bu maydon $500ga teng. Ishlab chiqarish ortiqchaligi biz oldin hisoblaganimizdek Grendma va Jor-jiyani ikkita uyni bo`yaganida ko`rinadi. Bu misol taklif egri chizig’iga tegishli, past narx taklif egri chizig’ining yuqorisi bozordagi ishlab chiqarish ortiqchaligini o`lchaydi. Mazmun shundaki: taklif egri chizig’ining yuqorisi sotuvchilarning narxini ishlab chiqa-rish va narx o`rtasidagi farqni o`lchaydi. Bundan kelib chiqadiki, umumiy maydon bu barcha sotuvchilarni ishlab chiqarish ortiqchaligining yig’indisiga teng.