Reja Iste’molchi ortiqchaligi 2 Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə8/11
tarix05.04.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#54763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
4 - mavzu. Iste’molchilar, ishlab chiqaruvchilar va bozorlar samaradorligi.

3.Bozor samaradorligi
Iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning ko`pligi bozordagi xaridor va sotivchi-ning ko`payishini o`rganishga asosiy manba bo`ladi. Bu manbalar bizga asosiy iqtisodiy savolga murojaat etishga yordam beradi: resurslarni joylashtirish erkin bozorni xohishi-ga asosan ta'minlanadimi?
Ko`ngilchan ijtimoiy rejalashtiruvchi
Bozorni baholash samarasida biz o`zimizning tahlillarimizni yangi, tahminiy xusu-siyatga ega bo`lgan ko`ngilchan ijtimoiy rejalashtiruvchi deb nomlangan atama bilan tanishtiramiz. Ko`ngilchan ijtimoiy rejalashtiruvchi bu taniqli, kuchli, aniq maqsadga ega bo`lgan diktatordir. Rejalashtiruvchi jamiyatdagi barchani iqtisodiy rivojlanishini oshirishni xohlaydi. Buning uchun rejalashtiruvchi nima qilishi kerak? U xaridor va so-tuvchini o`zlari kelishib olishlariga qo`yib berishi kerakmi? Yoki u bozor samaradorli-gini shunday yo`l bilan o`zgartirish orqali iqtisodiy rivojlanishni o`stira oladimi?
Bu savollarga javob berish uchun rejalashtiruvchi avvalo jamiyatning iqtisodiy ri-vojini qanday baholashini bilib olishi darkor. Ulardan biri iste'molchi va ishlab chiqa-ruvchi ortiqchaliklarining umumiy yigindisidir. Iste'molchi ortiqchaligi xaridorlarning bozordagi ishtirokidan kelib chiqadigan foydadir, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi bu so-tuvchinig qo`lga kiritgan foydasidir. Shunday ekan umumiy ortiqchalik jamiyat iqtiso-diy rivojlanishining ko`rsatkichi hisoblanadi.
Iqtisodiy rivojlanishning bu ko`rsatkichinii yaxshi tushunish uchun iste'molchi va ishlab chiqaruvchi oqtiqchaligini o`lchab ko`rish kerak. Biz iste'molchi ortiqchaligini shunday aniqlaymiz:
Iste'molchi ortiqchaligi = xaridorlar to`lamoqchi bo`lgan narx - xaridorlar tomo-nidan to`langan narx
Shunga o`xshab, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini ham aniqlab olamiz:

Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi = sotuvchilarning sotgan narxi - sotuvchilarning xara-jatlari
Agar biz iste'molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaliklarini birlashtirsak biz quyida-gilarga erishamiz:

Umumiy ortiqchalik = (xaridorlar to`lamoqchi bo`lgan narx - xaridorlar tomonidan to`langan narx) + (sotuvchilarning sotgan narxi - sotuvchilarning xarajatlari)
Xaridorlar tomondan to`langan narx sotuvchilarning sotgan narxi bilan tenglashadi, shuningdek ushbu iboradagi ikki atama o`chib ketadi va natijada umumiy ortiqchalikni yozishimiz mumkin:

Umumiy ortiqchalik = xaridorlar to`lamoqchi bo`lgan narx - sotuvchilarning
xarajatlari)
Bozordagi umumiy ortiqchalik bu xaridorlar tovarga o`zlarini xohishlari asosida to`-lamoqchi bo`lgan umumiy narxdan sotuvchilar bu tovarni ishlab chiqarish uchun qilgan umumiy xarajatlarni ayirish natijasidir.

Agar resurslar taqsimoti umumiy ortiqchalikni maksimallashtirsa, biz bu taqsimot samaradorlikni ko`rsatadi deb aytamiz. Agar taqsimot samarali bo`lmasa, unda sotuvchi va xaridorlar ichida ba’zilari savdodan keladigan imkoniyatli yutuqlardan mahrum bo`l-gan hisoblanadi. Misol uchun, agar sotuvchilar ishlab chiqarilgan mahsulotni eng past xarajatlardan ham past narxda sotsalar taqsimot samarasizdir. Bu holatda, yuqori xara-jatli ishlab chiqaruvchidan past xarajatli ishlab chiqaruvchiga o`zgarish sotuvchining umumiy xarajatlarini pasaytiradi va umumiy ortiqchalikni oshiradi. Shunga o`xshab, agar xaridorlar mahsulotni eng yuqori daromadlaridan yuqori qiymatda iste’mol qilsa ham taqsimot samarasiz bo`ladi. Bu holatda tovarlar iste'molida past daromadli xaridordan yuqori daromadli xaridorga o`zgarish umumiy ortiqchalikni o`sishiga sabab bo`ladi.


Samaradorlikka qo`shimcha qilib shuni aytish lozimki, ijtimoiy rejalashtiruvchi tenglik haqida ham, ya’ni bozordagi turli xil xaridor va sotuvchi iqtisodiy rivojlanishda bir xil darajada borishi haqida o`ylashi kerak.

Buning asl m’anosi esa bozor ishtirokchilarining bir pirokni teng bo`lib olishiga o`xshaydi.Samaradorlik degan savol esa iloji boricha o`sha pirokning katta bo`lishi ang-latadi. Tenglik tushunchasi esa o`sha pirok neha bo`lakka bo`lingani hamda ishtirok-chilar o`rtasida qanday bolinganinni angladi. Bu bobda biz samarali ijtimoiy rejalashti-rish maqsadlari haqida gaplashamiz .Shuni yodda tuting haqiqiy iqtisodiy siyosatchilar har doim tenglik bo`lishi haqida qayg’urishadi.

Tenglik-bu jamiyat a’zolari o`rtasida iqtisodiy resurslarning iqtisodiy o`sish uchun teng taqsimlanishidir.


Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin