U “Turkiston viloyatining gazeti”da chop etilgan maqolasida bilimdon, andishali, insof va diyonatli insonlar, shariat tartiblarini yaxshi biladigan mullolar o‘rniga polojeniyelarda ko‘rsatilgan yеtti kundan ortiq hibsda bo‘lmagan, 30 so‘mdan ortiq jarima to‘lamagan, yoshi 25 dan oshmagan kishining qozi bo‘lishi mumkinligini rad etadi. I.Ibrat rus polojeniyesidagi bunday holatning mohiyatini anglab yеtgani holda “Andisha qiladurg‘on odamni odam ham hisob qilmaydurlar”, “Ularga kim va nima bo‘lishi ham darkor emas ekan” deya rus hukumatidan o‘z noroziligini yashirmaydi.
Huquq masalasi doirasida fikr yuritgan M.Behbudiy ham o‘zining “Qonuni Ovrupo”, “Haq olinur, berilmas”, “Qozi va biylar haqida loyiha”, “Loyiha” asarlarida Turkistondagi mavjud huquqiy holatlar haqida qimmatli fikrlarini bayon etgan. U ushbu asarlari orqali Turkistonning boshqarilishi garchi Rossiya ma’murlari qo‘lida bo‘lsa-da, ularning beparvoligi, qonunlarning qo‘pollik bilan buzilishi, mahalliy amaldorlarning haddidan oshib poraxo‘rlik bilan shug‘ullanishini keskin tanqid qiladi. Muallif, shuningdek, mahalliy sud ishlarining o‘lda-jo‘lda ekanligi, qozilar tomonidan mazlum xalqning shaxsiy huquqlari poymol etilayotganligi, mamlakatdagi saylov tizimining hech bir adolatga to‘g‘ri kelmasligi haqida kuyinchaklik bilan yozadi.