Reja: Jadid ma’rifatparvarlik harakatining siyosiylashuvi, jadidlar tomonidan ilgari surilgan siyosiy mustaqillik g‘oyasi

Yüklə 1,17 Mb.
səhifə7/8
tarix17.05.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#115410
1   2   3   4   5   6   7   8
JDHMI 8

Jadidlarning otashin kurashchi ekanligini sho‘rolar ham bilgan va har qanday usullarni qo‘llab bo‘lsa-da, jadid vatanparvarlarning shijoatini kesishga intildilar. Turli targ‘ibot va tashviqot, qo‘rqitish va hiyla-makr yo‘llari xalqni o‘z tarafiga og‘dirishning uddasidan chiqayotgan bolsheviklarning tuzog‘iga tushib qolgan jadid ma’rifatparvarlarini ham ayblab bo‘lmaydi. O‘tgan asrning 20-yillaridan keyin avj olib ketgan alg‘ov-dalg‘ov kunlari sovet hokimiyati qo‘ygan tuzoqqa ilinib qolmay yashashning o‘zi oson bo‘lmagan. Hatto o‘ta ziyrak, ming ehtiyotkor kishilar ham ba’zan sovetlar qo‘ygan “to‘r”ga tushib qolib, sodiqlik bilan xizmat qilsalar-da, jamiyatda ildiz otgan shaxsga sig‘inish siyosati tufayli moddiy va ma’naviy ozor chekishlariga, hatto yo‘qotishlarga uchradi.

Agar o‘sha davr hayotini chuqurroq mushohada etsak, tuhmatlar, bo‘htonlar, chaquvlar to‘lib-toshgan 30-yillarda inson hayoti, uning taqdiri birovni qiziqtirmas, zo‘r berib sotsializm qurish siyosati avj olgan bir paytda tinch va osuda yashashning, davrning aybdor va aybsiz insonlarini yamlamay yutayotgan qatag‘on mashinasi og‘ziga tushib qolmaslikning o‘zi bir baxt edi. Ma’lumot o‘rnida shuni aytish joizki, 1938-yilning oxirida sovet turmalari va lagerlarida to‘qqiz million atrofida odam hibsda bo‘lgan. 1938-yilning dekabr o‘rtasida yеtti million odam qamoqqa olingan. Ikki yil ichida bir millionga yaqin odam otilgan. 1937-1938-yillar mobaynida hibsda ikki million odam o‘lgan. 1938-1950-yillar davomida turmalar va lagerlarda o‘n ikki million odam halok bo‘lgan. Ularning yoniga yana kam deganda bir million otib tashlangan odamni qo‘shmoq kerak.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin