Reja: Jamiyatdagi iqtisodiy muammolarni idrok etishda "Mikroiqtisodiyot" fanining roli


Tanlash muammosi. Alternativ xarajatlar



Yüklə 20,17 Kb.
səhifə3/6
tarix28.11.2023
ölçüsü20,17 Kb.
#169492
1   2   3   4   5   6
Mikroiqtisodiyot” fanining predmeti, vazifalari va metodi

3. Tanlash muammosi. Alternativ xarajatlar
Iqtisodiy resurslarni cheklanganligi va insonlar ehtiyojlarining cheklanmaganligi fundamental iqtisodiy muammoni – tanlash muam­mosini keltirib chiqaradi. Turli xil talab va ehtiyojlarni qondirish uchun inson ulardan birini tanlashi va iqtisodiy resurslarni to‘g‘ri taq­simlashi zarur.
Resurslar – inson uchun kerakli bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan moddiy ne’matlar va xizmatlar yig‘in­disidir.
Ularni ikkiga bo‘lish mumkin : Erkin va iqtisodiy.
Erkin resurslar – cheklanmagan hajmda mavjud: masalan, havo, quyosh energiyasi, shamol energiyasi.
Iqtisodiy resurslar – qisman chegaralangan. Ulardan foydalan­gan­da xarajatlarni qoplash majburiyati mavjud.
Erkin va iqtisodiy resurslar bir – biriga aylanishi mumkin: masa­lan, suv. Bir vaqtning o‘zida erkin va iqtisodiy bo‘lishi mumkin. Qum (qurilishda yoki dengiz bo‘yida).
Shuning uchun bu resurslarni optimal ravishda taqsimlash va samarali foydalanish shart. Iqtisodiy resurslar (ishlab chiqarish omil­lari) – quyidagi tarkibiy qismlarga bo‘linadi :

  1. Mehnat resurslari, mehnat

  2. Investitsion resurslar, kapital

  3. Tabiiy resurslar, yer

  4. Tadbirkorlik iqtidori, qobilyati va salohiyati.

  5. Axborot resurslari

  6. Bilim, boshqaruvchanlik qobiliyati.

Mehnat – aqliy va jismoniy qobiliyat orqali iqtisodiy ne’matlarni yaratish bo‘yicha insonning faoliyati.
Investitsion resurslar - ilgari inson mehnati orqali yaratilgan ne’matlar.
Real kapital – iste’molchilar uchun xizmatlar ko‘rsatishda tovar­lar ishlab chiqarish va tashishda foydalaniladigan binolar, stanoklar, mashinalar, asbob – uskunalar, vositalar, inshoatlar va boshqalar.
Moliyaviy kapital – (ular, obligatsiyalar, bank depozitlari va pul­lari) ishlab chiqarish omillariga kirmaydi, chunki real ishlab chiqarish bilan bog‘liq emas, faqatgina real kapitalga erishishda foydalanila­digan bir vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 20,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin