YOrug‘lik manbai va yoritish asboblarini yorug‘lik xarakteristikalarini, hamda xonalar (binolar) va ochiq maydonlarni yoritish sharoiti xarakteristikalarini o‘lchash ko‘rishga oid va fizikaviy usullar bilan amalga oshirilishi mumkin.
Bu usulda odam ko‘zi indikator hisoblanadi.
Ko‘zga oid (sub’ektiv) fotometriya ko‘zning ikkita optik yaqin va qiyoslash maydoni rang bo‘yicha yaqin bo‘lgan ravshanliklar tengligini etarli darajadagi aniqlikda baholash qobiliyatiga asoslangan.
Rasm. CHiziqli fotometrning sxemasi.
1-Yorug‘lik kuchi (I et) ma’lum bo‘lgan yorug‘lik manbai (etalon).
2-Yorug‘lik kuchi (I sin) aniqlanishi kerak bo‘lgan yorug‘lik manbai (singdirilgan).
3-Qorishik-taraluvchi materiallardan (gips) tayyorlanadigan uchqirrali prizma (fotometrik qalpoqcha, boshcha).
Fotometrik qalpoqchani joyini o‘zgartirib ravshanliklar tengligiga, demak prizma qirralarining yoritilganligiga, erishish mumkin va I sin aniqlanishi mumkin.
Bunda, o‘lchov aniqligi quyidagi talablarni bajarilishiga bog‘liq:
1. Kuzatuvchi ko‘zning spsktrial sezgirligi yorug‘likning nisbiy spektrial samarali nurlanishining normallashtirilgan funksiyasiga to‘g‘ri kelishi;
2. Qiyoslash maydoni ravshanligi 5-10 kd/m2 dan kichik va 30-50 kd/m2 dan katta bo‘lmasligi;
3. Bunday asboblarning qurish maydonining burchak o‘lchamlari 3-5° ichida chegaralanishi;
4. Solishtirilayotgan nurlanishlar rangi bir xil bo‘lishi kerak.
1. Kuzatuvchi organizmining indvidual xususiyatlariga bog‘liqligi (fizik charchov va boshqalar).
2. Tashqi sharoitlarga bog‘likligi (harorat, fon ravshanligi va boshqalar).
3. O’lchash jarayonini uzoqligi: