III ~ Ishlab chiqarish chiqindilari – xom-ashyo qoldiklari, materiallar va yarimmahsulotlar (polufabrikatlar), sifat koʻrsatgichlarini qisman yoki toʻla yoʻqotgan va davlat andozalariga mos kelmaydigan chiqindilardir. Ularga dastlabki ishlov berilib, undan keyin ishlab chiqarish sohasida qoʻllash mumkin.
^ Iste’molga yaroqsiz chiqindilar – qoʻllash muddatini oʻtab boʻlgan materiallar, eskirgan buyumlar va ularning dastlabki xossalarini qayta tiklash iqtisodiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq boʻlmagan chiqindilar hisoblanadi. Masalan, plastmassadan tayyorlangan buyumlar, stol-stullar, quti va quvurlar va hokazo. Bunday chiqindilar xom-ashyo sifatida ham, boshqa materiallar uchun qoʻshimcha sifatida ham ishlatilishi mumkin. Ikkilamchi materiallar resurslari – bu ishlab chiqarish chiqindilari va iste’molga yaroqsiz chiqindilarning majmuasi boʻlib, ularni mahsulot ishlab chiqarishda asosiy yoki yordamchi material sifatida qoʻllash mumkin. Bundan tashqari, bu guruhga shartli ravishda qoʻshimcha yoki aloqador mahsulotlarni ham qoʻshish mumkin. Ular sanoat uchun materiallar resursining potensial rezervlari hisoblanadi. Hozirgi paytda bunday resurslardan toʻliq foydalanilmayapti.Ikkilamchi energetik resurslar – texnologik jarayonlar natijasida qurilmalarda paydo boʻladigan chiqindilar, qoʻshimcha va oraliq mahsulotlarning energetik potensiali boʻlib, ulardan korxonaning oʻzida yoki qoʻshni korxonalarni energiya bilan ta’minlashda qisman yoki toʻliq qoʻllash mumkin
Ikkilamchi energetik resurslarni 3 guruhga boʻlish mumkin:
1. Yonilgʻi ikkilamchi energetik resurslari.
2. Issiqlik ikkilamchi energetik resurslari.
3. Mexanik ikkilamchi energetik resurlari.
Yonilgʻi ikkilamchi energetik resurslari guruhiga texnologik oʻchoqlardan chiqadigan tutunli gazlarning fizik issiqliklari, materiallar oqimining issiqliklari, issiqlik almashinuvi qurilmalaridan keyin sovutuvchi suvlarning issiqliklari va boshqalar kiradi.Mexanik ikkilamchi energetik resurslari guruhiga texnologik jarayonlarda paydo boʻladigan yoki qoʻllaniladigan siqilgan gazlarning energiyasi kiradi.