Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida marketingning mohiyati maqsad va vazifalari
Tadbirkorlik faoliyatida marketing tadqiqotlarining roli Marketing tadqiqotlarining asosiy maqsadi, uning vujudga kelish, shakllanish va rivojlanishning obyektiv sabablari, zarurati bilan belgilana di, hamda uning maqsadi nihoyatda keng va murakkab masalalarni hal qilishga qaratilgan. U ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib,
talab va taklifning muvozanatiga erishgan holda, uni tashkil etgan korxona, tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir. Bunga erishish uchun marketing quyidagi muhim vazifalarni hal etishi lozim:
xaridorlar (iste’molchilar) ehtiyojini o'rganish;
tovarlarga ichki va tashqi talablarni o'rganish;
korxona faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish;
talab va taklif to'g'risidagi olingan ma’lumotlar asosida bozorni o'rganish;
tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi korxona tadqiqotlarini amalga oshirish uchun ma’lumotlar to'plash va tahlil qilish;
tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to'g'risida ma’lumotlar olish;
to'ldiruvchi tovariar va o'rnini bosuvchi tovariar to'grisida axborotlaryig'ish.
Tovarlarga talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdaniborat.
G.L. Bagiyev va boshqalar "Zamonaviy marketing tadqiqotlari, tadbirkorlik tizimidagi axborot topish, to'plash, qayta ishlash va joriy hamda strategik qarorlar qabul qilish jarayoni"19 - deb ta’rif berganlar.
Marketing axborotlarini tizimli tahlil qilish, talab va taklifning taxminiy hisobini ishlab chiqishga imkon beradi. Busiz esa sotishning maqbul darajasini belgilash mumkin emas. Bunday darajada, odatda, minimum, maksimum oralig ida hisoblab chiqiladi. Marketing maqsadiga erishishda reklama ham muhimdir. Reklamaning vazifasi mavjud bozor segmentini mustahkamlash, yangi xaridorlarni jalb etish, yangi bozorlar tashkil qilishdir. Marketing tizimida reklamaning asosiy xususiyati uzluksiz ta’sir va doimiy yangilanishdir. Shu bilan birga xaridor psixologiyasi tovar va firma markasiga bog'lanib qolish xususiyati (imidj) gahamegadir.
Marketing tadqiqotlarining eng muhim bosqichlaridan biri tadqiqot rejasini ishlab chiqish hisoblanadi. Bunda tadqiqot uchun zarur ma’lumotlar va axborotlarni to'plash manbalari, uslublari, qurollari, tanlov o'tkazish tartiboti va rejalari tuziladi. Tadqiqot asoslanadigan ma’lumot va manbalardan bir necha marotaba tegishli sohalarda foydalanish, ularni qayta ishlash mumkin.
Marketing tadqiqotida kuzatish, eksperiment, so'rov, guruhli bahs eng ko'p qo'llaniladigan uslublar hisoblanadi. Har bir uslub tadqiqotning tegishli bosqichlarida samarali axborot to'plash, uni qayta ishlash, texnika vositalaridan samarali foydalanishni nazarda tutadi. Masalan, yuqorida keltirilgan radio telefonli va bort-kompyuterii avtomobilga boshlang ich talabni baholash tadqiqotini olib ko'raylik. Kuzatish uslubi vositasida xaridorlarning joriy davrda va avtomobilb bozoridagi munosabatlari, ko'nikmalarini baholash mumkin. So'rov uslubida esa aniq bir xaridorning «yangi jihozlarga» qiziqishlari, ularga qo'yadigan talab va istaklarni baholash mumkin. Eksperiment uslubida esa sinov tarzida avtomobillarning kichik partiyasini bozorda sotib, xaridorlar holatlarini kuzatish mumkin.