Birinchidan, kichik biznesni rivojlantirishga tadbirkorlarning bilim va tajribalari yetishmasligi, shuningdek, ularni axborot va maslaxat bilan ta’minlash tizimlari faoliyatining takomillashmaganligi to‘siq, bo‘lmoqda. Ko‘pincha, joylarda qishloq tadbirkorlariga zarur bo‘lgan tashkiliy-uslubiy yordamlar ko‘rsatilmayapti. Maslaxat markazlarining vazifalarini takomillashtirish, tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatish, ya’ni ta’sis xujjatlarini ishlab chiqish, biznes rejalar tuzish, kredit olishga arizalar berish, buxgalteriya xisobi va xisobotlarini tashkil etish, auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish va boshqa maslaxat xizmatlari ko‘rsatishda ko‘maklashishdir.
Ikkinchidan, kichik biznes sub’ektlarining moddiy-texnika resurslaridan, xom ashyo va materiallardan lizing, mayda ulgurji savdo va servis xizmati tarmog‘idan foydalana olish imkoniyatlarini kengaytirish
Uchinchidan,tashqi bozorga chiqishida, ya’ni eksport shartnomalarini tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida ro‘yxatdan o‘tkazish va bojxona organlarida hisobga olish, tovarlar va xizmatlarni chet elga sotishda yordam ko‘rsatish borasida bir qancha muammolar mavjud.
To‘rtinchidan, kichik biznes korxonalarining xom ashyo va materiallardan foydalanish, tayyor mahsulotlarni sotish imkoniyatlarini kengaytirish, tashkil qilish uchun mayda ulgurji bozorlar, yarmarkalar tizimini kengaytirish, ulgurji bozorlar qoshida moddiy-texnika ta’minoti, ijara, saqlash, transport xizmati ko‘rsatish bo‘limlarini tashkil etish yo’llari orqali savdo mexanizmlarini takomillashtirish zarurdir. Bu ishlarni amalga oshirish natijasida respublikamizda kichik biznesni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishga sezilarli darajada ta’sir etish mumkin.
Asosiy adabiyotlar
Shodibekova D. A. “Kichik biznesni boshqarish” (o‘quv qo‘llanma). – 2 –nashr, qayta ishlangan – T.: O’zbеkistan yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, 2010. 280 bet.
Болтабоев М.Р., Қосимова М.С.,Эргашходжаева Ш.Ж., Ғойипназаров Б.К.,Самадов А.Н., Ходжаев Р.С. Кичик бизнес ва тадбирокрлик. – Т.:ADIB NASHRIYOTI, 2011.- 264 б.
Ўз бизнесингизни яратинг. Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими муассасалари ўқувчиларини кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик соҳасига ўргатишҳамда уларнинг тадбиркорликка оидкўникмаларни шакллантиришга ёрдам беришга мўлжалланган Ўқув-услубий мажмуа.