Reja: Kimyo o'qitish metodikasi ilmiy va o'quv fani ekanligi, fanning maqsad va vazifalari



Yüklə 8,24 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü8,24 Kb.
#195710
1-Маьруза


1-MA’RUZA:
KIRISH. KIMYO O'QITISH METODIKASI FANI VA O'QUV FANI EKANLIGI. FANNING MAQSAD VA VAZIFALARI. “KIMYO O‘QITISH METODIKASI” FANINING RIVOJLANISH TARIXI.
REJA:
1. Kimyo o'qitish metodikasi ilmiy va o'quv fani ekanligi, fanning maqsad va vazifalari.
2. Kimyo va uni o'qitish metodikasi fanining boshqa fanlar bilan bog'liqligi.
3. Kimyo o'qituvchisi oldidagi mas'uliyat va vazifalari.
4. Kimyo o'qitish metodikasi fanining rivojlanish tarixi.
Kimyo o'qitish metodikasi pedagogikaning tarkibiy qismi bo'lib, didaktika bilan pedagogikaning o'qitish nazariyalarini yaratuvchi qismi bilan chambarchas bog'langan.
Umumiy o'rta ta'lim maktabining ta'lim-tarbiyaviy vazifalarini kimyo o'qitish metodikasi kimyoviy materiallar asosida hal qiladi. Bundan, kimyo o'qitish metodikasi oʻziga xos xususiyatlarga ega, degan xulosa chiqadi. Kimyo o'qitish metodikasi, boshqa o'quv fanlari o'qitish metodikasi kabi, asli mohiyati bilan uchta asosiy masalani:

  1. Ta'lim-tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalarini;

  2. Ishning mazmunini;

  3. O'quvchilarni ma'lumotli qilish va tarbiyalash jarayonining xarakterlarini hal qilib beradi.

Pedagogika fani boʻlgan kimyo o'qitish metodikasi tekshirishning umumpedagogik metodlaridan:
kuzatish, ta'lim-tarbiya muassasalarining xujjatlarini o'rganish, toʻplangan dalillarni taxlil qilish, ish gipotezasi, pedagogik tajriba, ta'lim-tarbiyaviy jarayonning qonuniyatlarini topish kabi metodlardan foydalanadi
Umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi kimyo ta'limi pedagogik jarayonining ajralmas tarkibiy qismi boʻlib, ta'limning umumiy maqsadlariga muvofiq o'quvchi shaxsini tarbiyalashga xizmat qiladi.
Muhim kashfiyotlarni amalga oshirishda, fan oldiga qo'yilgan muammoni tez hal qilishda ishni bajarish metodikasi (usuli) muhim ahamiyatga ega. To'g'ri usul bilan bajarilgan ilmiy tekshirishlar olimlaring buyuk kashfiyotlariga sabab boʻlgan. Masalan, spektral analiz usulining kashf etilishi tabiatdagi ko'p elementlarning ochili- shiga olib keldi. Elektrokimyoviy tekshirish usullarining yaratilishi fan va sanoatdagi rnuhim muammolarni tez hal qilish imkoniyatini tug'dirdi.
Shunga koʻra kimyo fani asoslarini o'quvchilar tomonidan tez o'zlashtirilib olinishi o'qitish usuliga bog'liq. Metodist olimlar tomonidan fanlarni o'qitishdagi darslar samaradorligini oshirishning turli metodlari ishlab chiqilgan. Ulardan kimyoni o'qitish jarayonida foydalaniladi.
Kimyo fanining pedagogik funksiyasi, o'quvchini umumiy ta'lim olishdagi asosiy vazifalarini aniqlashdagi xususiyatlari bilan aniqlanadi. Bular:

  1. Ilmiy dunyoqarash asosini tashkil qilish.

  2. Maktab o'quvchisi fikrini rivojlantirish.

  3. Maktab o'quvchilarini amaliy faoliyatga, mehnatga nisbatan boʻlgan ta'limini davom ettirishga

Yüklə 8,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin