Birinchi tibbiy yordam: 1.Atom bombasi portlab, radiatsion nurlanish xavfi tug`ilganda shu zonadagi zararlangan odamlarga protivogaz kiydirib, ular zararlanmagan joylarga olib o`tiladi.
2.Ularning kiyimlari almashtiriladi.Buning iloji bo`lmasa, kiyim cho`tkalanadi, qoqib tozalanadi. Qo`l - yuzlari toza suv bilan yuviladi.
3.Ochiq shikastlangan jarohatlari bo`lsa, og`riq qoldiruvchi dorilardan in`yeksiya qilinadi. Umumiy qoida bo`yicha qon to`xtatiladi, jarohat yod, spirt bilan tozalanib, bog`lam qo`yiladi.
4.Shifoxonaga yuboriladi.Shifoxonada nurlanishni davolash bo`yicha qon, qon zardobi quyiladi va boshqa davolash tadbirlari o`tkaziladi.
11.Kimyoviy va dori moddalar bilan zaharlanishda tibbiy yordam tartibi.
1.Tez yordam chaqiriladi.Telefonda iloji bo`lsa, qanday modda bilan zaharlanganini aytish kerak, chunki shifokor shu bo`yicha tayyorgarlik ko`rib keladi.
2.Tez yordam yetib kelgunicha, har bir minutni bekor ketgizmasdan, ya`ni zaharni qancha so`rilishini oldini olish uchun oila sharoitida quyidagi tartibda birinchi tibbiy yordam ko`rsatilishi maqsadga muvofiqdir.
2.1.Kuydiruvchi kimyoviy moddalar bilan zaharlanishda (sirka, nashatir spirti, hashorotlarga qarshi moddalar):
- bemorga tezlik bilan sut, xom tuxum, bular bo`lmasa sovuq suv ichiriladi. Kattalarga 400-600 ml, bolaga yoshiga qarab -50-100-200-300 ml.
O`simlik moyi -10-20-30-50 ml ichirish ham mumkin.
Bular kimyoviy moddaga aralashib, uning kuydiruvchi ta`sirini kamaytiradi.
2.2.Kuydiruvchi kislota, ishqor bilan zaharlanganda bemorni qusdirish, me`dani yuvish mumkin emas. Chunki, qusuq modda nafas yo`liga o`tishi tufayli, uni kuydiradi va nafas olishni qiyinlashtiradi.
- kofein, kordiamin, kamfora (bittasi)- katta odamga 1 ml, bolaga 0,2-0,3-0,5 ml teri ostiga;
- iloji bo`lsa sut, tuxum, suv ichirishdan ham oldin og`riq qoldiruvchi dorilar: analgin (baralgin) 1-2ml, 0,5 % novokain -2-3 ml birgalikda muskul orasiga.
2.3.Kuydirmaydigan kimyoviy moddalar va dorilar bilan zaharlanishda.
Agar bemor hushini yo`qotmagan bo`lsa:
- bemorga tezlik bilan vodoprovod suvi (yoki mineral suv) ichiriladi. Katta odamga 500 ml, bolaga yoshiga qarab 50-100-200-300 ml suv bilan sut, xom tuxum ichirish mumkin;
- so`ngra, bemorni stulga o`tqazib, orqasini stul suyanchig`iga tirab, tilini orqasini temir qoshiq dastasi bilan bosiladi (katta bola, katta odam o`zining ikki barmog`i bilan tilini orqasini bosishi mumkin);
- bemor qustiriladi. Bir-ikki minut dam oldirib, yana suv ichirib, qusdiriladi. Me`dani yuvish 3-4 marta takrorlanadi (me`dadan toza suv chiqqunicha);
- so`ngra, to`shakka yonbosh qilib yotqiziladi;
- oyoqlariga issiq grelka qo`yiladi, yoki ko`rpa (odeyal) bilan o`raladi;
- issiq shirin choy, issiq shirin sut ichiriladi;
- tomir urishi kuchsiz, ranggi oqargan bo`lsa, kofein, kordiamin, kamfora (bittasi) 1 ml teri ostiga (bolaga 0,2-0,3-0,5 ml);
2.4.Agar bemor hushini yo`qotgan bo`lsa, unga suv, sut, tuxum, yog` ichirishning iloji bo`lmaydi:
- bemor boshini baland qilib, yonbosh yotqiziladi.Yonbosh vaziyatda yotqizilsa, bemor qusgan paytda qusiq moddalarning nafas yo`liga kirishini oldi olingan bo`ladi;
- yurak-qon tomir ishini yaxshilash uchun kofein, kordiamin, kamfora (bittasi) - katta odamga 1-2 ml, bolaga yoshiga qarab teri ostiga yuboriladi.
Izoh: 1.Hushini yo`qotgan bemorning me`dasi rezina zondni burni orqali yuborib yuviladi.Buni tez yordam mashinasining shifokori bajaradi.
2.Yosh bolaning me`dasini shifokor burnidan rezina zond yuborib, yuvadi.
2.5.Me`da suv (sut, xom tuxum) ichirib yoki burun orqali rezina zond yordamida toza suv yuborib yuvilgach, me`da tozalanadi:
- ammo, me`dadan 12-barmoq ichakka va ingichka ichakka o`tib ulgurgan kimyoviy va dori moddani organizmdan najas bilan tezroq chiqarib yuborish uchun bemorga surgi ichirish kerak;
- buning uchun magneziy sulfat 3 %-eritmasi (1 choy qoshiq poroshok 200 ml iliq suvga eritiladi) - katta odamga 200-400 ml, bolaga 50-100 ml ichiriladi;
- kuydiruvchi kimyoviy moddalar bilan zaharlanganda magneziy o`rniga almagel yoki vazelin moyi-katta odamga 70-80 ml, bolaga 20-30 ml.Bular bo`lmasa o`simlik moyi shu miqdorda ichiriladi;
- shu jarayonda karbolen 2-4 tabletka ichiriladi.Bu me`da-ichakdagi zaharli kimyoviy moddani o`ziga biriktirib, uni zararsizlantiradi va najas bilan chiqib ketadi.
2.6.Agar kuydiruvchi kimyoviy modda teriga tushsa (to`kilsa) tezgina suv bilan yuvish kerak.
2.7.Agar kimyoviy zaharli modda gaz sifatida nafas a`zolariga kirsa, bemorni tezda toza havoli joyga o`tkazish kerak.Uni qutqazuvchi odam protivogaz kiyishi, bu bo`lmasa og`iz-burniga 4 qavatli doka bo`glashi kerak.
2.8.Agar zaharli modda bilib-bilmasdan in`yeksiya qilingan bo`lsa, yoki kuchli ta`sir qiluvchi dori katta dozada in`yeksiya qilingan bo`lsa, bu modda ta`sirini kuchsizlantirish uchun:
- in`yeksiya qilingan joyga 6-8 soat davomida muz xaltacha yoki ro`molni sovuq suvga namlab qo`yiladi.Ro`molni har 30-40 minutda sovuq suvga qaytadan namlab turish kerak;
- zaharli modda yoki kuchli ta`sir qiluvchi dori katta dozada in`yeksiya qilingan joyga zudlik bilan adrenalin (noradrenalin) 0,1%-0,5-1 ml (bolaga 0,1-0,2-0,3 ml) zaharli yoki dori modda in`yeksiya qilingan joyga teri ostiga yoki muskul orasiga yuboriladi;
- zaharli dori in`yeksiya qilingan joyning yuqori sohasi novokain bilan blokada qilinadi.Novokain 0,5 %-5-10 ml teri ostiga yoki muskul orasiga bir necha joyga yuboriladi (in`yeksiya oralig`i 1-2 sm);
- og`riqni kamaytirish uchun analgin (baralgin)-2 ml muskul orasiga yuboriladi;
- qonga so`rilgan zaharli moddani organizmdan siydik bilan chiqib ketishini tezlashtirish uchun siydik haydovchi dorilar qo`llanadi: Laziks-kattalarga 2 ml muskul orasiga (bolalarga 0,2-0,3-0,5 ml) yoki furosemid – kattalarga 1 tabletka (bolalarga ¼-1/3-1/2 tabletka). Bu dorilar berilganda tez-tez mineral suv ichirish kerak. Iloji bo`lsa natriy xlor 0,9 %, glyukoza 5 %, reopoliglyukin kabilar navbat bilan 100-200 ml vena tomiriga tomchi usulida yuboriladi;
- yurak faoliyati zaiflashgan va keksa bemorga siydik haydovchi dorilar qo`llanmagani ma`qul, chunki siydikni ko`p miqdorda chiqarish uchun qon aylanish kuchayib, yurakni zo`riqtirishi mumkin.
Kislota xususiyatiga ega bo`lgan dorilar, ya`ni aspirin, barbituratlar (barbamil, bromural va boshqalar) bilan zaharlanganda ishqorli suyuqlik yuboriladi, ya`ni 4 %-natriy bikarbonat kattalarga 300-500-700 ml (bolalarga 50-100-200 ml) vena tomiriga tomchi usulida.
Dostları ilə paylaş: |