1-Bob. Mo'g'ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash
1.1. Mo‘g‘ul davlatining tashkil topishi.
1.2.Mug’ullar xujumi arafasida Xorazmshoxlar davlatidagi vaziyat.
2-Bob. Mo‘g ‘uIlar istilosidan keyingi siyosiy vaziyat
2.1. Chingizxon va Xorazmshoh munosabatlari.
2.2.Mug’ullarning Markaziy Osiyoga harbiy yurishlari.Jaloliddin Manguberdi jasorati.
Kirish
Markaziy Osiyo va O’rta sharq mamlakatlarining XII-XIII asrlardagi tarixiy davrni yoritishda ilmiy manba xizmatini o’taydigan talaygina tarixiy asarlarning mavjudligi tadqiqotchilarga allaqachon ma’lum.Ulardan biri Mirzo Ulug’bek qalamiga mansub,1425-yilda yozilgan «Tarix-i Arba’ Ulus» (To’rt ulus tarixi) asaridir. Asarda Markaziy Osiyo xalqlarining XII-XIII asrlardagi tarixi hamda Mug’ullar imperiyasining to’liq tarixi yoritilgan. Ushbu mavzuga oid yana bir muhim manba oliy nasab va toju taxt sohibi, yirik olim Abulgʼozixonning «Shajarayi turk» asaridir.Bu asar 1663-1664 yillarda yozilgan bo’lib, kirish va 9 bobdan iborat. Asarda Odam Atodan to turklarni qadimgi xonlaridan Mo’g’ul xongacha kechgan xodisalar zikri, Mo’g’ul xondan-Chingizxongacha bo’lgan tarix, Chingizxonning tug’ilganidan to vafotigacha tarixi va uning o’g’illri podsholik qilgan davr hamda Shayboniylar tarixi keng yoritilgan.Ulardan tashqari bu mavzuga oid yana bir muhim manba Herman Vamberining «Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi» asaridir. Asarning «Mug’ullar istilosi» Xijriyning 615-624 yillari (1218-1226) bo’limida Chingizxonning Movarounnahrga qilgan istilochilik harakatlari bayon etilgan. V.G.Yanning «Chingizxan» (Nukus, 1981), «Batыy» (Nukus, 1982) va M.Ivaninning «Ikki buyuk sarkarda. Chingizxon va Amir Temur» (Toshkent; fan, 1994 yil) asarlari bu mavzuni o’rganishda muhim manba bo’lib xizmat qiladi.Markaziy Osiyoda tashkil topgan Xorazmshoxlar davlati 1017 yilda Maxmud G’aznaviy boshchilik G’azniviylar davlatiga 1044 yildan Saljuqiylar davlatiga qaram bo’ldi.Xorazmning mustaqilligi uchun kurash XII asrning ikkinchi choragidan boshlandi.Bu harakat xorazmshox Otsiz (1127-1156) davrida boshlanib,Alouddin Takash (1172-1200) davrida nihoyasiga yetdi.Takash davrida Xorazm davlati mustaqillikga erishdi,mamlakat xududlari ikki baravar kengaydi. Natijada Old va O’rta Osiyoda yirik va qudratli feodal davlati tashkil topdi.Alouddin Takash vafotidan so’ng taxtga uning ug’li Sulton Muhammad (1200-1220) utirdi. Uning davrida mehnatkash aholining ahvoli og’irlashdi,maxalliy hukumdorlarning talon-tarojlar avjiga chiqdi, tuxtovsiz urushlar halq xo’jaligini xonavayron qildi, mamlakatda ichki ziddiyatlar keskinlashdi.Bu shubxasiz shahar va qishloq mehnatkashlarining xorazmshoxlarga qarshi noroziligini oshirdi.Natijada 1210 yilda O’trorda,1212 yil Samarqandda yirik halq harakatlari bo’lib o’tdi.Xorazmshoxlar davlatidagi bunday ichki ziddiyatlar,uning sharqdagi dushmani mo’ng’ullarga ayni muddat edi.Mo’ng’ullar XII asrda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda Markaziy Osiyoda eng qoloq aholi edi.Ular asosan chorvachilik bilan shug’ullanuvchi ko’chmanchi aholi edi.XII asrdan boshlab ularning hayotida urug’chilik munosabatlari yemirilib,sinfiy tabaqalanish boshlanadi.XII asrning oxiridan boshlab hozirgi Mug’iliston xududida bir-biri bilan kelisha olmaydigan tatar,nayman,merket kabi o’nlab qabilalar yashab kelishgan,ammo ular bilan hamjins bo’lgan turklar bir-necha asrlar mobaynida G’arbiy Osiyoning hayotiga kuchli ta’sir ko’rsatib kelgan.Chingizxon Xitoyni bosib olgach,o’z madaniyati,boyligi, buyukligi bilan shuxrat qozongan – Xorazmshoxlar davlatiga yo’l ochildi.Chingizxon 1218-1219 yillarda sharqiy Turkiston va Yettisuv viloyatlarini deyarli talofatsiz egalladi.Endi uning chegaralari Sulton Muxammad Xorazmshox saltanatini chegarasiga tutashib ketgan edi.Shraqning bu ikki buyuk davlati bir-birini kuch qudratini,harbiy ma’lumotlar to’plash uchun elchilik munosabatlarini yo’lga qo’ygan.Bunday ishni amalga oshirishda Chingizxon o’z huzuridagi musulmon savdogarlardan xususan Mahmud Yalovachdan,Sulton Muhammad esa Bohovuddin G’oziy boshchiliq elchilardan foydalangan.Ikki o’rtada elchilik munosabatlari qariyib ikki yil davom etgan.Elchilar har ikki tomondan ham yaxshi kutib olingan. Ularga va mamlakat hukumdorlariga qimmatbaho savdo salomlar berilgan.Bu orada ikki mamlakat bir-biri haqida qimmatli ma’lumotlarni to’plashga erishgan.Bu haqda XIII asr muallifi Nasaviy yozib qoldirgan. Xorazmshoxlar davlatidagi bunday og’ir siyosiy vaziyatdan Chingizxon xabardor edi. Ichki nizo boshboshdoqlik va aholining noroziligi kuchayib,mamlakat siyosiy hayoti inqirozga yuz tutgan bir paytda Xorazmshoxlar davlati ko’chmanchi Mo’g’ul qabilalarining bosqiniga duchor bo’ldi.Mo’ng’ullarga qarshi kurash olib borgan oxirgi Xorazmshoxlar vakili Jaloliddin Manguberdi edi.U Mo’ng’ullarga qarshi 11 marta jang olib borib mag’lubiyat nimaligini bilmagan buyuk vatanparvar edi.Mo’g’ul qo’shinining eng atoqli lashkarboshilari Jaloliddinga qarshi tura olmaydilar.U Parvona dashtidagi jangda mug’ul lashkarboshisi Shiki-Xutuhu No’yon boshliq 45000 qo’shinni mag’lub etadi.Jaloliddin jangda yangi harbiy taktikani qo’llaydi ya’ni dushman suvoriylariga qarshi ot yonida turib piyoda jang qilish uslubini.Mo’ng’ullarning bu mag’lubiyati ularni esankiratib qo’yadi.Chunki ular shu vaqtgacha mag’lubiyat nimaligini bilmagan.Bu mag’lubiyatdan keyin barcha harbiy harakatlarni endi Chingizxon o’z qo’liga olishga majbur bo’ladiParvona yaqinidagi jang Movarounnahr va Xuroson ahli uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Shu paytgacha mo‘g‘ullarning ilohiy, yengilmas kuch-qudratga egaliklari xususidagi gap so‘zlarga,afsonalarga chek qo‘yildi.Jaloliddinning g‘alabasidan Movaraunnahr va Xuroson xalqlarining ruhi ko‘tarildi,g‘alaba ta’sirida Saraxs, Marv, Hirot va boshqa Xuroson shaharlarida mo‘g‘ullarga qarshi xalq isyonlari boshlanib ketdi.Buxoroda bosh ko‘targan aholi esa mo‘g‘ullarni shahardan siqib chiqarishga muvaffaq bo‘ldi.Chingizxon Jaloliddinning kuchayib borishi, uning xalq ommasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanilishi mo‘g‘ullar bosib olgan yerlar uchun qanchalik xavf tug‘dirishini yaxshi anglab yetgan edi. Shu sababdan ham shaxsan o‘zi Jaloliddinni qanday qilib bo‘lmasin mag‘lub etish maqsadida shitob bilan katta qo‘shinga bosh bo‘lib,janub tomon yo‘l oldi .Afsuski bu vatanparvarning xalq oldidagi xizmati Sovet tarixshunosligida noto’g’ri talqin etilgan.Xatto M.Shayxzodaning «Jaloliddin Manguberdi» dramasidagi bosh qahramon obrazi nihoyatda ideallashtirilgan – deb ayb qo’yilib sahna yuzini ko’rmagan.O’zbekiston Mustaqilligi tufayli Jaloliddin Manguberdi siymosi qaytadan tiklandi Jaloliddin Manguberdi xotirasini abadiylashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 24 sentyabrda 408-sonli maxsus qaror qabul qilindi.Ushbu qarorga muvofiq buyuk sarkardaning tavalludi keng miqyosda nishonlanishi qayd qilib o’tildi.1999 yil noyabrda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi Xorazmda keng nishonlandi.Unda ishtirok etgan yurtboshimiz Jaloliddin Manguberdi faoliyatiga yuqori baho berdi: «G’anim oldida bosh egmagan, tiz cho’kmagan,Vatan deb halok bo’lgan» milliy qaxramonimizga halqimizning ehtiromi,muhabbati,ajdodlar xotirasini muqaddas saqlashi ramzi bo’lib qoldi.Jaloliddin Manguberdi (Mankburni) xotirasini abadiylashtirish va tarixiy adolatni qaror toptirish maqsadida.Yubiley munosabati bilan Urganchda sarkardaga ulkan memorial yodgorlik o‘rnatildi,O‘zbekiston Respublikasi FA Tarix va Sharqshunoslik institutlari,Xorazm Ma’mun akademiyasi,bir qator Oliy o‘quv yurtlari,turli jamg‘armalar mutaxassislari tomonidan ko‘plab risolalar chop etildi, mohir rassom T. Quryozov tomonidan sarkardaning portreti yaratildi, “Jaloliddin Manguberdi-Vatan, yurt himoyachisi” mavzuida xalqaro ilmiy anjuman o‘tkazildi va eng muhimi Prezident I. Karimov boshchiligidagi hukumat va parlament a’zolari, chet ellik mehmonlar,yurtimiz mehmonlari ishtirokida ulkan teatrlashtirilgan tamoshalar bo‘lib o‘tdi.
1-Bob. Mo'g'ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash
Mo'g'ullar haqida juda ko'plab ma’lumotlar mavjud bo'lib,ular menu(menva) nomi ostida Xitoyning Tan sulolasi (618-908) solnomasida ilk bora tilga olinadi.Mo'g'ul atamasi haligacha o'zining ilmiy isbotiga ega emas.Ular Oltoy va Janubiy Sibirdagi turkiy qabilalarga yaqin va qondosh bo'lganliklari ehtimoldan xoli emas.Bu xususda olimlar,turli fikrlarni bildiradilar.Mo‘g'ul etnogenezi ham murakkab masala bo'lib,har holda elat sifatida ular XIII asrda yuzaga kelgan bo'lishlari kerak. X-XI asrlarda esa asli Amur daryosi bo'ylarida yashagan 16 ta urug‘-aymoqlarga bo'lingan tatan (tatar)larning tarkibiy qismi sifatida ularning bir urug'idan alohida, moxe (mo'g'ul) qabilasi vujudga kelgan deyiladi.Bu qabila tezda kuchayib,1135-39 yillari Xitoyga qator yurishlarni amalga oshirishadi.Hatto Xitoy imperatorlari 1147 yili mo'g'ullar bilan ittifoq tuzishga ham majbur bo’lishadi.Xll asr o'rtalariga kelib Baykal ko'li atrofi,hozirgi Mo'g'uliston hududlarida yashovchi turkiy va tungus-manjur qabilalarining ko‘pchiligi mo'g'ullar rahnomasi Yesugay bahodir ta’siriga o‘ta boshlaydilar.Lekin unga qarshi turgan tatar,market qabilalarni bo‘ysundirish osonlik bilan kechmaydi.Yesugayni tatarlar ziyofat paytida xiyonatkorona o‘ldirishgandan so'ng,uning o‘g‘li bo’lmish Temuchinning ta’siri mo‘g‘ullar ichida ko‘tarila boshlaydi.Temuchin(1155-1227) (mo‘g‘ulcha,temir ustasi)-kuchli va tadbirkor,ayyor sarkarda bo'lib,parokanda qabilalarni turli yo’llar bilan o'z qo‘li ostida mustahkam birlashtirgan shaxs edi.1186 yilda u boshqa bir mo‘g‘ul sarkardasi Jamuxa yordamida o‘zining eski raqibi markitlami bo‘ysundiradi.Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra bu g‘alabadan so'ng mo‘g‘ul no'yon (harbiy boshliqlar)lari va navkarlari uni olqishlab,mo'g'ul hukmdori-xon deb e’lon qilishgan.XIII asr boshida esa yana bir boshqa kuchli qabila tatarlar ustidan ham g'alaba qozoniladi. Temuchin 1203 yili kerayitlarning xoni O'ngxonni mag'lub etib,qo'ng'irot va naymanlar ustidan o’z hukmronligini o'rnatdi.Mo’g’ullarni birlashtirish chog'ida Temuchin kuchli harbiy tuziImani tashkil etdi.Unga ko'ra mo‘g‘ul qabilalari mingliklarga bo‘lingan bo'lib,u butun bir boshli harbiy okrug vazifasiga to‘g‘ri kelar edi.Okruglar tepasiga sadoqatli kishiiar qo'yilar edi.Temuchin juda intizomli, sadoqatli va o‘ta jangovar harbiy tuzilmalarni yaratishga muvaffaq bo'ldi.Ularni boshqarishni esa avvalo, o'z o‘g'iilari-Jo‘chi, Chig‘atoy, O'gedey, Tuli, xotini Burte-fujen, safdoshlari Subutoy, Jebelarga topshirdi.O'z hokimiyatini to’liq mustahkamlab olgach Temuchin 1206-yili mo‘g‘ullarning umum qurultoyi (qurultoy xalq xohishi degan ma’noni anglatgan)ni chaqiradi.Qurultoyda u oliy mo‘g‘ul hukmdori-xon deb tantanali e'Ion qilinib,unga bosh shaman Teb-Tangriy “Chingizxon” degan faxriy nom beradi.Chingiz so‘zi tarixchi Rashididdinning yozishicha,kuchli,buyuk degan ma’noni anglatadi.