Reja: Kirish 2


Eritishning oksidlanish davri



Yüklə 351,35 Kb.
səhifə6/8
tarix20.11.2023
ölçüsü351,35 Kb.
#165994
1   2   3   4   5   6   7   8
2. Po’lat ishlab chiqarishda elektr pechlari

Eritishning oksidlanish davri.
Eritishning oksidlanish davridan maqsad:

  1. Metall tarkibidagi fosforni 0.015 % gacha tushirish

  2. Metal tarkibidagi vodorod va azotni kamaytirish.

  3. Metallni chiqarish xaroratidan yuqoriroq qilib ko’tarish.

Oksidlanish davri eritish davrida xosil bo’lgan 60-70 % shlakni pechdan quyib olish bilan boshlanadi. Shlakni to’kib olish tok o’chirilmasdan turib ishchi oyna tarafga 10-12 o qiyalikda qilib amalga oshiriladi. Shlakni pechdan to’kib olish shlakka o’tgan fosforni yo’qotish uchun amalga oshiriladi. Shlakni to’kib bo’lgandan so’ng pechga shlak xosil qiluvchi: 1-1.5 % oxak kerak bo’lganda plavik shpati yoki shamot boyi qo’shiladi. Shlak xosil qiluvchilar erib suyuq shlak xosil bo’lganda va metal xarorati 1500-1540 oC ga yetganda vannaga temir rudasi va oxak beriladi. Shlakni to’kish uchun pech ishchi oyna tarafga egiladi. Temir rudasi va oxakni porsiyalab yuklash oksidlanish davri tugaguncha amalga oshiriladi. Yuklanayotgan porsiyaning xar birida 10 kg temir rudasi va 5-7 kg oxak mavjud bo’ladi. Odatda oksidlanish davrida 0.3 dan 0.5 % gacha uglerod yonadi.Metallning jadal qaynashi natijasida vanna qiziydi va metall tarkibidagi gazlar metallmas qo’shimchalar shuningdek fosforning yo’qotilishi kuzatiladi.
Metalldan fosforni yo’qotilishi oksidlanish davrida to’laligicha boradi. Yuqorida takidlab o’tkanimizdek metalldan shlakka fosforni muvaffaqiyatli o’tkazish uchun shlakda temir zangi bo’lishi kerak. Bu sharoit pechga oxak va ruda qo’shilganida amalga oshadi. Bundan tashqari fosforni to’liq yo’qotish uchun shlak qayta qayta to’kib olinadi. Buning uchun shlak to’kilgandan so’ng yana yangi shlak xosil qiluvchilar qo’shiladi.Qaynab turgan vaqtda metal va shlakni aralshtirish xam fosforni yo’qotishga yordam beradi. Po’latni sifatini oshirish uchun qaynash davrida vodorod va azotni is gazi ( CO ) pufakchalari yordamida chiqarib yuborish katta axamiyatga ega. Bu jarayonni muxumligi yuqori xaroratli elektro yoyli pechlarida metall azot va vodorod bilan to’yinib borishi bilan tushuntiriladi. Elektroyoy zonasida azot va vodorod molekulalari dissotsiyalanadi.Bu esa suyuq metallda erishini tezlashtiradi. Shu sabab bilan odatda elektro po’lat tarkibida marten po’lati va elektro konverter po’latiga qaraganda azot miqdori ko’p bo’ladi. Amaliyot shuni ko’rsatdiki metallni qaynash vaqtida 0.3-0.4 % C yonadi. Soatiga esa bu ko’rsatkich 0.3-0.5 % dir. Oksidlanish davrining to’g’ri borishi po’latda vodorod miqdorini kamayishiga olib keladi. 100 gr metal uchun 5-8 dan 2-4 см3 gacha, azot esa 0.015-0.018 dan 0.007-0.008 %.
Vannani qaynashi metallni qizishida katta axamiyat kasb etadi. Vanna qaynamasa vannaning 350 mm chuqurligida xarorat 50-70 oC bo’ladi. Pechning poddinasida metall suyuq metall yuzasiga qaraganda sovuqroq bo’ladi. Uglerod oksidi ( CO ) pufakchalari bilan metal intensiv aralshtirilganda xarorat vanna bo’yicha muvozanatlanadi.
Oksidlanish davrida uglerodsizlantirish va fosforsizlantirish bilan bir qatorda marganes xam oksidlanadi. Bunda metallda marganes miqdori shlakda oksidlanish va bir vaqtda tiklanish jarayonida aniqlanadi. Metallda marganes miqdori va o’zini tutishi eritishning oksidlanish davri issiqlik rejimi to’g’ri tanlanganligini ko’rsatadi. Oksidlanish davri yuqori xaroratda borib vannani jadal qaynashi kuzatilganda marganesni tiklanishi kuchayadi va uning metalldagi miqdori 0.20-0.25 % da ushlab turiladi. Agar marganes miqdori 0.20 % dan tushib ketsa sovuq xaroratda eritish kuzatilayotgan bo’ladi. Bu esa marganesni jadal oksidlanishi va uglerodni kuchsiz oksidlanishi kuzatiladi.
Turli po’lat markalari uchun oksidlanish davri oxiridagi shlak tarkibi 1-jadvalda keltirilgan. Ko’rsatilayotgan malumotlarga qarab shuni aytish mumkunki po’latda uglerod miqdori qancha kam bo’lsa shlakda temir oksidi shuncha ortmoqda.

Yüklə 351,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin