2-rasm. Konstruksion po’latlar uchun eritishning elektrik rejimi: 1-eritish 17000 kvt*s; 2-oksidlanish davri 4600 kvt*s; 3-Shlakni chiqarish; 4- Eritishning tiklanish davri 4000 kvt*s;
Eritishning tiklanish davri. Asosli pechlarda eritishning tiklash davridan maqsad:
1-Metallni oksidsizlanishi.
2-Oltingugurtni yo’qotilishi.
3-Po’latning kimyoviy tarkibini berilgan ko’rsatkichga keltirish.
Bu xamma vazifalar tiklanish davrida bir vaqtda boradi. Tiklash davrida metallning oksidlanishi metall cho’kishi va diffuziyalanish yo’li bilan olib boriladi. Oksidlangan shlak chiqarilgandan so’ng pechga quyilayotgan po’lat uchun kerakli bo’lgan ferromarganes qo’shiladi. Shuningdek qanchadir miqdorda ferrosilisiy,alyuminiy yoki kompleks oksidsizlantiruvchilar qo’shiladi. Bir vaqtning o’zida ( zarur bo’lganda ) metallni uglerodga to’yintirish olib boriladi.
Agar oksidlanish davri yaxshi bormagan bo’lsa yoki boshqa sabablarga ko’ra uglerod miqdori tushib ketgan bo’lsa metall yuzasiga maydalangan koks yoki elektrod kukuni sepiladi. Uglerodga to’yintirish keraksiz jarayon xisoblanadi.Buning sababi uglerodga to’yintirish uchun suyuq metallning yuzasi ochilganda metal atmosferadagi gazni o’ziga oladi va xarorat tushadi. Shuning uchun eritishni shunday olib borish kerakki uglerodga to’yintirish jarayoni olib borilmaslik kerak.
Keyin pechga shlak xosil qiluvchi aralashma solinadi. Unda oxak,plavik shpati va shamotniy boy bo’ladi. Shlak xosil qiluvchilar miqdori metal massasining 2-4 % ni tashkil etadi.
Shlak xosil qiluvchilar erib suyuq shlak xosil bo’lgandan keyin vannani diffuzion oksidsizlantirish amalga oshiriladi. Shlakka oksidsizlantiruvchi aralashma beriladi.Uning tarkibi oxak,plavik shpati va oksidsizlantiruvchi komponentlar ( maydalangan koks va maydalangan ferrosilisiy ) qo’shiladi. Odatda tiklash davrining oxirida oksidsizlantiruvchi aralashma tarkibiga yanada kuchliroq oksidsizlantiruvchilar qo’shiladi. Bular: kukunsimon alyuminiy va maydalangan silikokalsiy. Oksidsizlantiruvchi maxsulotlar kukunsimon tarzda ishlatilishi bilan ularning zichligi katta bo’lmasligi bilan izoxlanadi. Ular juda sekinlik bilan shlak qatlamidan o’tib boradi. Shlakda quyidagi oksidsizlantirish reaksiyalari kechadi:
FeO+C= Fe+CO;
2FeO+Si=Fe+SiO3 va boshqalar.
Natijada kislorodni taqsimlanish qonuniga asosan metal tarkibidagi FeO shlakka o’tadi. Oksidsizlanishda shlakni rangi o’zgaradi,vaqt o’tishi bilan to’laligicha oqaradi. Oq rang shlak tarkibida FeO kamligini bildiradi.
Eritishning tiklanish davri oxirida oq shlak quyidagi tarkibda bo’ladi: 55-60 % CaO, 15-25 % SiO2, 7-15 % MgO, 5-8 % Al2O3, 7-10 % CaF2, 08-1.5 % CaS, < 0.5 % FeO, < 0.5 % MnO. Oksidsizlanish va sulfidsizlanishni to’liq taminlash maqsadida oq shlak bilan metal 0.5-1 soat ushlab turiladi.
Bazida tiklanish davri oq shlak bilan emas karbidli shlak bilan olib boriladi.
CaO+3C=CaC2 + CO.
XULOSA Insoniyatga birinchilardan bo’lib ma’lum bo’lgan metall bu temir hisoblanadi. Temir metali bilan butun bir tarixning rivojlanish bosqichi bog’liqligi ham bejiz emas, xususan insoniyat ilk rivojlanish davrining eng sivilizatsion davri ham temir asri deb ataladi. Bir so’z bilan aytganda temir metali inson hayotida beqiyos o’rin tutadi.
Sanoatda, texnikada, umuman metall bilan bog’liq bo’lgan har bir sohada toza metallning o’zi qo’llanilmaydi, aksincha uning boshqa elementlar bilan qotishmalari qo’llaniladi. Ikkilamchi metallurgiyaning asosiy qismini ham aynan temirning uglerod bilan hosil qilgan qotishmalari po’lat va cho’yan egallaydi. Bizga yaxshi ma’lumki sanoatning har bir tarmog’i alohida xossaga ega bo’lgan maxsus xossali metall va qotishmalarni talab qiladi. Sanoatda ko’p qo’llaniladigan, xususiyatlari jixatidan xech bir metall yoki qotishma tenglasha olmaydigan po’latning ham bir necha xil markalari bo’lib, har bir marka o’zining alohida maxsus xususiyatiga egadir. Ana shunday maxsus xossali po’latlarni olishda elektr yoy pechlari keng ko’lamdagi ishni bajaruvchi pechlar sirasiga kiradi. Bu pechlarning asosiy yutuqlari bu yoqilg’i sarflamasligi va istalgan markadagi maxsus xossali po’lat olish imkoniyatiga egaligidir. Elektr yoy pechlaridan foydalanishning yana bir qulay tarafi bu pechlarning turli o‘lchamlardagi turlari mavjudligi bo’lib bu narsa elektr yoy pechlaridan unchalik yuqori unumdorlikka ega bo’lmagan mini zavodlarda ham foydalanish imkoniyatini beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. I.A.Karimov. “O`zbekiston XXІ asr bo`sag`asida, xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlariva taraqqiyot kafolotlari” T., “O`zbekiston” 1997.
2. AlimxodjayevS.R. HoshimovaS.N. “Bitiruv ishini bajarish uchun metodik ko’rsatma ” Toshkent 2003
3. HoshimovaS.N. “Bitiruv ishining iqtisodiy qismini bajarish uchun uslubiy qo’lanma” Toshkent 2013.