Aksiyadorlik jamiyati bu daromad toppish maqsadida hissadorlik tamoyiliga binoan uyushgan sherikchilik jamiyati. Aksiyadorlik jamiyati boshqa sherikchilik korxonasidan farqliroq, muomalaga nominal qiymati ko’rsatilgan aksiyalar chiqarish va uni sotish yo’li bilan tarqatish bunday jamiyatnind negizini tashkil etadi. Aksiya egalari dividend shaklida daromad oladilar. Aksiyadorlik jamiyatlarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi, shuningdek aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Bank, investitsiya va sug‘urta faoliyati sohalarida, shuningdek davlat tashkilotlarini xususiylashtirishda aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etishning va ular huquqiy holatining o‘ziga xos xususiyatlari qonunchilik bilan belgilanadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.