Reja: Kirish Adabiyotlar ro’yxati


Jamiyatni ajratib chiqarish



Yüklə 62,68 Kb.
səhifə10/10
tarix10.05.2023
ölçüsü62,68 Kb.
#110753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Aksiyadorlik jamiyatlari . Mustaqil ish

Jamiyatni ajratib chiqarish
Qayta tashkil etilayotgan jamiyatning faoliyatini tugatmagan holda, uning huquq va majburiyatlarining bir qismini o‘tkazgan holda bir yoki bir nechta yuridik shaxsni tashkil etish jamiyatni ajratib chiqarish deb e’tirof etiladi.
Ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyatni ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish, ajratib chiqarish tartibi va shartlari, yangi yuridik shaxsni tashkil etish, jamiyatning aksiyalarini ajralib chiqayotgan yuridik shaxsning aksiyalariga va (yoki) ulushiga ayirboshlash imkoniyatlari hamda bunday ayirboshlash tartibi, taqsimlash balansini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalarni aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hal qilishi uchun olib chiqadi.
Ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi jamiyatni ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish, ajratib chiqarish tartibi va shartlari, yangi yuridik shaxsni tashkil etish, jamiyatning aksiyalarini ajralib chiqayotgan yuridik shaxsning aksiyalariga va (yoki) ulushiga ayirboshlash imkoniyatlari hamda bunday ayirboshlash tartibi, taqsimlash balansini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Jamiyat tarkibidan bir yoki bir nechta yuridik shaxs ajralib chiqqanda ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilgan jamiyat huquq va majburiyatlarining bir qismi taqsimlash balansiga muvofiq ularning har biriga o‘tadi.
Jamiyatni tugatish
Jamiyatning tugatilishi huquq va majburiyatlarni huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga o‘tkazmagan holda jamiyat faoliyatini tugatishga sabab bo‘ladi.
Jamiyat ixtiyoriy ravishda tugatilgan taqdirda, tugatilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyatni tugatish va tugatuvchini yoki tugatish komissiyasini (bundan buyon matnda tugatuvchi deb yuritiladi) tayinlash to‘g‘risidagi masalani aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hal qilishi uchun olib chiqadi.
Ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi jamiyatni tugatish va tugatuvchini tayinlash haqida qaror qabul qiladi.
Tugatuvchi jamiyatning tugatilishi haqida ommaviy axborot vositalarida e’lon beradi. Jamiyatni ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risidagi e’lon ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan uning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

Xulosa
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida» gi qonunda asosoiy maqsad va vazifalari jamiyat a’zolarini huquqlarini himoya qilish va Aksiyadorlar majburiyatlarini ham Jamiyatning majburiyatlarini ham qonun doirasida belgilab qo’yishdan,
Jamiyatni tashkil etish va qayta tashkil etish normalari asosida ularni faoliyatini mustahkamlash, Divident, ustav kapitalini va boshqa moliyaviy va nomoliyaviy resurslarni me’yorlarga asosan taqsimlash va Jamiyat faoliyatini davlat ro’yxatidan o’tkazish. Aksiyadorlik jamiyatlarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi, shuningdek aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish.
Aksiyadorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlarini belgilash , kabilardan iboratdir.


Yüklə 62,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin